1-rasm. Wi-Fi aloqa tarmog’i
Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning
o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish
nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni
eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi
esa Wi-
Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha
qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq
hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini
kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish
nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.
Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini
bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:
1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha
qurilmalar bilan
ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga
ega bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni
keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish
parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari
hamda telekommunikatsiya
sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan.
2-rasm. Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari