• Kanakunjut urug’i
  • O’rta va ingichka tolali paxta chigiti




    Download 0.49 Mb.
    bet12/15
    Sana13.05.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #59315
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
    4-mustaqil ish mavzulari, Документ Microsoft Word (2), metodika-astronomii-1947, tadbir ssenariy, Umumiy pedagogika fanidan 2 topshiriq sirtqilar uchun 1 (1) (4), 1, алгоритм, Hujjat (3), Mustaqil ish 1 (2), Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va o’qitish uslubiyati, Hisob varaqasi, Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org, Metodik referat, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli b
    O’rta va ingichka tolali paxta chigiti mag’izi yanchish uchun berilayotganda, I – III nav urug’lardan olingan mag’izining namligi 8,5-9,5%, IV nav urug’ mag’izi uchun 9,5-10,5% bo’lishi va mag’iz tarkibidagi shulxa miqdori I – III navlar uchun 10%dan, IV nav uchun 15%dan oshmasligi lozim. Bu mag’izlar ham besh valli stanoklarda vallar orasidan to’rt marta o’tkazish orqali yanchiladi. Yanchilgan mag’iz maksimal darajada bir jinsli bo’lishi va teshiklar o’lchami 1mm bo’lgan elakdan o’tkazilganda, o’tuvchi fraksiya I – III navlar uchun 60%dan, IV nav uchun 50%dan kam bo’lmasligi kerak.
    Yanchib bo’lingan mag’izga, qovurish jarayonidan oldin shulxa qo’shib, yanchilma tarkibidagi mavjud shulxa miqdorini I–III navlar uchun 15%gacha va IV nav uchun 17%gacha yetkazish tavsiya etiladi.
    Soya urug’ining moyini olish bir martada ajratib olish sxemasi bo’yicha ishlanganda, xom ashyoni bargsimon mahsulot holida ekstraksiyalanadi. Bargsimon holdagi soya yanchilmasi yanchish-yassilash valsovkalarida olinib, soya oqushog’ining harorati 60-70°C, namligi esa 8,0-9,5% atrofida konditsiyalanadi. Bargsimon soya yanchilmasi 0,25-0,30 mm qalinlikka ega bo’lishi kerak.
    Kanakunjut urug’ining mag’izi sermoy bo’lgani uchun uni astoydil yanchilganda malhamsimon, qumaloq-sumaloq palaxsa loy kabi, deyarli trasportirovkalab bo’lmaydigan mahsulotga aylanadi. Bunday mahsulotda navbatdagi jarayonlarda (namlik-issiqlik ishlovi berishda) suv va haroratning bir maromda taqsimlanishi amaliy jihatdan yuz bermaydi.
    Kelajak jarayonda namlik yanchilmaning gel qismida bir me’yorda taqsimlanishi va uning transportirovkalanish xususiyatini saqlab qolish uchun kanakunjut mag’izi 7% namlikda bir juft valikli yanchish-yassilash mashinalarida dag’al yanchiladi. Vallar orasidagi oraliq masofa mag’izning o’rtacha o’lchamli fraksiyalaridan 1,0-2,0 mm kichik bo’lishi kerak.
    Moyni kanakunjut urug’idan ikki yoki uch martada ajratib olish sxemasida forpress kunjarasidan qaytadan moy ajratib olish uchun uni dastlab yanchiladi. Kunjarani yanchishdan maqsad uning zarrachalari o’lchamini keyingi texnologik jarayonlarga mos ravishda optimallashtirish, hamda xujayralar strukturasini, shu jumladan forpresslashda hosil bo’lgan ikkilamchi strukturani qo’shimcha ravishda buzishdan iborat.
    Forpress kunjarasi tugal presslashdan oldin, ketma-ket, maydalovchi shneklarda va diskli maydalagichlarda yoki bir juftli rifellangan valsovkada va besh valli stanokda to’rt marta o’tkazish yo’li bilan yanchiladi. Olingan kunjara yanchilmasi maksimal darajada bir jinsli bo’lishi va teshiklar o’lchami 1mm li elakdan o’tadigan miqdori kungaboqar va zig’ir urug’lari kunjaralari uchun 80%ni va paxta chigiti kunjarasi uchun 60-70%ni tashkil qilishi kerak.
    Yanchilgan kunjara zarrachalari 5.1-jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarga mos bo’lishi kerak.
    1- jadval

    Ko’rsatkichlar

    Kunga-
    boqar

    Kana-
    kunjut

    Zig’ir

    Paxta chigiti

    I-III nav, donador

    IV nav donador

    I-III nav, granula

    Zarracha (granula) diametri; mm, ko’p emas

    3,5

    10-12

    5-7

    10

    12

    6-7

    1mm elakdan o’tgan qismi; %, ko’p emas

    -

    5- 6

    -

    4

    10

    2

    Moyli urug’ va mag’izlarni yanchish uchun bir juft valli rifellangan va besh valikli VS-5 valsovkalar, oxirgi paytlarda to’rt valli B6-MVA stanogi keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bargsimon mahsulot olish uchun yanchish-yassilash stanoklaridan foydalaniladi. Kunjarani maydalash esa diskli va bolg’ali maydalagichlarda olib boriladi.



    Download 0.49 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta va ingichka tolali paxta chigiti

    Download 0.49 Mb.