• 2-rasm. Besh valli yanchish mashinasi VS-5
  • 3.MOYLI MAHSULOTNI QOVURISH TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
  • Besh valli yanchish mashinasi VS




    Download 0.49 Mb.
    bet13/15
    Sana13.05.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #59315
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
    4-mustaqil ish mavzulari, Документ Microsoft Word (2), metodika-astronomii-1947, tadbir ssenariy, Umumiy pedagogika fanidan 2 topshiriq sirtqilar uchun 1 (1) (4), 1, алгоритм, Hujjat (3), Mustaqil ish 1 (2), Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va o’qitish uslubiyati, Hisob varaqasi, Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org, Metodik referat, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli b
    Besh valli yanchish mashinasi VS-5ning asosiy ishchi organi I, II, III, IV,V vallar bo’lib, barcha vallar bir xil diametr (400mm) va uzunlikka (1250mm) ega (5.2-rasm). To’rtinchi va beshinchi vallar yuzasi ariqchali (rifelli) bo’lib, bu ariqchalar chuqurligi 1,5mm va qadami 3mm ga teng.
    Yanchish uchun kelayotgan chaqilma uskunaning ta’minlash bunkeriga tushadi. Bunkerdan ta’minlovchi val yordamida material 3-yo’naltiruvchi shitga, u yerdan to’rtinchi va beshinchi vallar oralig’iga kiradi, so’ng bu oraliqdan chiqayotgan material yana yo’naltiruvchi shitga tushadi. U yerdan uchinchi va to’rtinchi vallar oralig’iga yo’naladi va shu kabi qolgan shitlarda ham jarayon takrorlanadi.
    Yuqoridagi ikkita vallar yuzasidagi rifellar materialni vallar orasiga tortib olishni osonlashtiradi. Vallar bir biriga tayanib turadi va bu bilan yanchilayotgan materialga yuqoridagi vallar og’irligiga teng bo’lgan bosim bilan ta’sir qiladi.

    2-rasm. Besh valli yanchish mashinasi VS-5:

    1-val; 2-ta’minlovchi val; 3-yo’naltiruvchi shit; 4-elektrodvigatel; 5-pichoqlar


    Birinchi val faqat aylanma harakat qiladi, yuqoridagi to’rtta val esa vertikal yo’nalishda ham erkin siljishi mumkin. Shuning uchun vallar orasidagi masofa o’zgaruvchan bo’lib, bu ta’minlash bunkeridan kelayotgan material miqdoriga bog’liq bo’ladi. Agar mahsulotga begona predmet tushib qolsa vallar ko’tarilib, uni o’tkazib yuboradi. Bunday moslama vallarning buzilishini oldini oladi. Vallar yuzasi ish vaqtida maxsus pichoqlar bilan tozalanib turadi.


    3.MOYLI MAHSULOTNI QOVURISH TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
    Moy yanchilma (myatka) zarrachalarining ustki qismida yupqa parda, moy plyonkasi holida bo’ladi. Zaracha yuzasidagi moy pardasi moy va qattiq modda molekulalarining o’zaro tortishuv kuchi hisobiga ushlab turiladi. Shu kuchlarning ta’sirini pasaytirish uchun yanchilma namlanadi va mahsulot isitiladi. Yanchilma namlanganda va issiqlik bilan ishlov berilganda yanchilma gel qismi va undagi yog’ moddalarining fizik-kimyoviy xossalari o’zgaradi, natijada, bu o’zgarishlar oqibatida maksimal miqdorda moy olish imkoniyatlari paydo bo’ladi.
    Namlash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayoni muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar maxsus uskuna va agregatlarda amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda namlovchi-bug’lovchi shneklar, qasqonli qozonlar ishlatiladi. Namlash va bug’lash jarayonlaridan o’tkazilgan yanchilma qovurma (mezga) deb ataladi. Ishlab chiqarishda qovurish jarayoni ikki bosqichda bajariladi:
    1-bosqich. Yanchilmani talab darajasida namlash va bug’lash;
    2-bosqich. Namlangan va bug’langan yanchilmani aynan qovurish.
    Qovurishning 1-bosqichi namlovchi-bug’lovchi shnekda amalga oshiriladi.
    Bu bosqichda yanchilma suv-bug’ aralashmasi bilan namlanib, texnologik bug’ yordamida qizdiriladi. Qovurish jarayonining 2-bosqichida namlangan-bug’langan yanchilmani qizdirish davom ettiriladi, ya’ni mahsulot shunday holatga yetkaziladiki, uni namligi va harorati texnologiya talablari bo’yicha optimal qiymatlarga ega bo’lib, qovurma presslanishga tayyor bo’lishi kerak. Agar yanchilmani namlash-bug’lash va qovurish jarayonida, istalmagan holda, qo’shimcha ravishda ba’zi bir kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar yuz beradigan bo’lsa, u holda bunday moyli urug’lar
    Download 0.49 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0.49 Mb.