Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv




Download 59,18 Kb.
bet1/8
Sana15.11.2023
Hajmi59,18 Kb.
#99088
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyador-fayllar.org


Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv

Reja:
Kirish
1. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati
2. Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
3. Bankning aktiv, passiv va noan’anaviy operatsiyalari
4. Bankning daromad va xarajatlarining shakllanishi
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Ilovalar

Kirish
Hozirgi kunda insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki banklar xo‘jalik subyektlarini kredit mablag‘lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
“Savdogarbank” ATB halol raqobat tamoyillariga rioya qilgan tarzda moliya bozorida barqaror, ishonchli, doimiy sherik obro‘sini mustahkamlaydi, mijozlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda, hamda ular uchun afzal bo‘lgan shartlar asosida keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini ko‘rsatadi, bu bilan hamkorlar, investorlar va bank aksiyadorlarining bankka bo‘lgan ishonchi va qiziqishini orttiradi.
Bank strategik rivojlanish dasturiga muvofiq, Savdogarbank o‘z faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi va asosiy e’tiborini o‘z mablag‘larini rivojlanayotgan istiqbolli sohalarga yo‘naltirish, iqtisodiyotning real sektorini mablag‘ bilan ta’minlashda bank ishtirokini kengaytirish, mijozlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, raqobatli muhitni rivojlantirish va bank xizmatlarini yaxshilashga qaratadi.
Bankning maqsadi bank faoliyatini kengaytirish, takomillashtirish va har bir mijoz talablarini qondiruvchi moliyaviy qarorlar qabul qilishni yo‘lga qo‘yish, yangi bank xizmatlarini joriy etish bank rivojlanishining asosiy strategik yo‘nalishini tashkil etadi. Bankning investitsiyalarni jalb etuvchi jihatlarini kuchaytirishni ta’minlash hamda boshqarish va texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish yo‘li bilan moliya bozorida yuqori darajadagi mavqeni saqlab turish ham bankning asosiy maqsadlaridandir.
Bankning ustuvor vazifalari quyidagicha:
  • Mijozlar bazasini kengaytirish hamda undagi korporativ mijozlar hissasini ko‘paytirish;


  • Faoliyat turlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash;


  • Aktivlarni diversifikatsiya qilish;


  • Bank texnologiyalarini rivojlantirish, yuksak mehnat unumdorligiga erishish;


  • Bank xizmatlari hammabopligini rivojlantirish;


  • Daromadlarni va bank rentabelligini oshirish hisobiga barqaror rivojlanishni ta’minlash.


Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan bank tizimida barcha o‘tkazmalarni amalga oshirmoqda.


Bank faoliyatining an’anaviy standartlariga sodiqlik, oqilona moliya siyosatini olib borish, sifatli menejment va yangi texnologiyalardan foydalanish mijozlarning bankka nisbatan ishonchini mustahkamlash va bank nufuzining ortishiga xizmat qiladi. Kredit siyosatini takomillashtirish jarayonida bank kredit bilan bog‘liq tavakkallarning minimal darajada bo‘lishini ta’minlash va kreditlar sonini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratadi.


Download 59,18 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 59,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv

Download 59,18 Kb.