• Harorat ta’sirida kengayishi.
  • Mexanik xossalari.
  • Reja: Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari




    Download 1.47 Mb.
    bet13/15
    Sana26.10.2022
    Hajmi1.47 Mb.
    #28165
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Reja Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilis
    test of basics of traffic safety2, Milliy g\'oya targ\'ibotida bobo va buvilarning o\'gitlari, Mavzu Golografiya va uning qo’llanilishi
    Issiq o‘tkazuvchanlik. Panjaralarning trubasimon tuzilishi yog‘ochni issiq
    o‘tkazuvchanligini yomonlashtiradi. O‘tkazuvchanlik tolalar bo‘ylab, tolalarga
    ko‘ndalang yo‘nalishdagi holatdan ham yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari,
    materiallarning zichligi va namligi qancha katta bo‘lsa o‘tkazuvchanlik ham mos
    ravishda yuqori bo‘ladi. YOg‘och materiallarni ko‘ndalang yo‘nalishda issiqni
    kam o‘tkazuvchanligi ulardan devorbop materiallar sifatida keng foydalanish
    imkonini beradi.
    Harorat ta’sirida kengayishi. YOg‘och materiallarning harorat ta’sirida
    kengayishi chiziqli kengayish koeffitsenti bilan xarakterlanadi. CHiziqli kengayish
    po‘latga qaraganda tolalar bo‘ylab 7-10 marta, ko‘ndalang yo‘nalishda esa 2-3
    marta kichiqdir. Bu holat, yog‘och sinchli imoratlarda harorat choklarini
    qo‘ymaslikni ta’minlaydi. YUqorida qayd qilinganidek, yog‘ochning chiziqli
    kengayish koeffitsienti =0,000005 mm/°S ga teng.
    Mexanik xossalari. Tashqi yuklar ta’sirida yog‘ochning mexanik xossalarni
    o‘rganuvchi fan reologiya deb ataladi. Ma’lumki, yog‘och materiallarining
    kuchlarning ta’sir muddatlariga qarab elastikligi va deformatsiyalanishi ham
    o‘zgaruvchan bo‘ladi. Uzoq muddatli yuk ta’sirida deformatsiya nisbatan oshadi.
    Doimiy yuk ta’sirida yog‘ochda bikirlik payda bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan elastik va
    qoldiq deformatsiyalar ko‘payadi. YOg‘och materiallari anizatorlik materialdir,
    shu sababli mustahkamlik ko‘rsatkichlari ham tolalar yo‘nalishiga mos ravishda
    turlicha bo‘ladi. Masalan, elastiklik moduli talalari bo‘ylab Eyo= 10000 MPa,
    bo‘lsa tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda E90= 400 MPa ga teng. Bundan tashqari,
    mustahkamlik ko‘rsatkichlari ham yuklarning ta’siriga mos ravishda
    o‘zgaruvchandir. Masalan, siqilishda s = 40-50 MPa, egilishda eg = 75-80 MPa,
    cho‘zilishda ch = 100 MPa, tolalari bo‘ylab yorilishda yo = 2,4 MPa, tolalariga
    ko‘ndalang yo‘nalishda yo90 =1,2 MPa ga tengdir. Bundan tashqari, puasson
    koeffitsenti ham yo‘nalishga mos ravishda 090=0,5 va 90,0= 0,02 ga teng.

    Download 1.47 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari

    Download 1.47 Mb.