YOg‘ochning materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarini bartaraf qilish




Download 1.47 Mb.
bet14/15
Sana26.10.2022
Hajmi1.47 Mb.
#28165
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Reja Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilis

YOg‘ochning materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarini bartaraf
qilish.
YOg‘och materiallarning asosiy nuqsonlari deb chirishiga va yonishiga aytiladi.
CHirish, bu yog‘ochning buzuvchi zamburug‘lar ta’sirida emirilishidir.
Zamburug‘lar esa ta’sir sharoitiga qarab o‘rmon, ombor va hokazoa turlarga
bo‘linadi. Zamburug‘lardan himoya qilish uchun ximiyaviy va konstruktiv
usullardan foydalaniladi.
Konstruktiv usul deb, har xil usullar bilan materiallarga ta’sir qilayotgan
namlikdan himoya qilishga aytiladi. Masalan, yog‘och ustunning poydevor bilan
birikishi qo‘yidagicha himoyalanadi.

4.5-rasm. Ustunning poydevorga o‘rnatilishi.
Tom yopmasidagi yog‘och materiallarning devor bilan birikishi esa quyidagicha
amalga oshiriladi.

4.5-rasm. To‘sinning devorga o‘rnatilishi
Bundan tashqari, chirishidan saqlash uchun materiallar yuqori haroratda qayta
ishlanishi kerak. Konstruktiv usuldan tashqari himoyada kimyoviy usul ham keng
qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘ochlar zaharli kimyo birikma antiseptiklar bilan
shimdiriladi. Antiseptiklar suvda eriydigan va yog‘li bo‘ladi. Suvda eriydigan
antiseptiklar rangsiz va hidsiz bo‘lib odamlar uchun zararsizdir. Masalan, ftorli
natriy va kremney ftorli natriy shular jumlasiga kiradi.
YOg‘lik antisepiklar esa ba’zi minerial yog‘li birikmalardir. Masalan, slansli,
antratsenli, toshko‘mir kreozit yog‘laridir. Bu birikmalar suvda erimaydi.
Zambururlar uchun zaharli va o‘tkir hidlidir. Bundan tashqari, insonlar salomatligi
uchun xam zaharli hisoblanadi. Bu turdagi birikmalar yog‘ochga oddiy usulda va
bosim bilan shimdiriladi. Ayniqsa 14 MPa bosimda yog‘ochga shimdirish katta
samara beradi, chunki birikma ashyolar ichkarisigacha singib ketadi.
Konstruksiyalar tayyorlashda oddiy vannalarda shimdirish kam xarajatli
hisoblanadi, Bundan tashqari, har xil daraxtni kemiruvchi qo‘ng‘izlar va
emiruvchilar ham yog‘ochni buzuvchilar hisoblanadi. Bu turdagi kemiruvchilar
yuqori chastotali quchlanish va yog‘ochni 80 0S dan yuqorigacha qizdirish
natijasida yo‘qatiladi.
YOnishdan himoya qilish uchun esa materiallar antiperenlar bilan shimdiriladi.
YOg‘ochga surtilgan bu turdagi birikmalar alangalanish jarayonida yog‘och bilan
kislorod orasida qobiq vazifasini bajaradi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Ayniqsa yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda. Ammo yog'och xomashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlashtirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor. 
O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. 
Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi.

Download 1.47 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOg‘ochning materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarini bartaraf qilish

Download 1.47 Mb.