Reja: Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari




Download 1.47 Mb.
bet4/15
Sana26.10.2022
Hajmi1.47 Mb.
#28165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilis

2.BINO KONSTRUKSIYALARI
Binolarning to‘siq konstruksiyalarida (qavatlararo to‘shamalar, tom
yopmalari, devorlar par devorlarda) yog‘ochning issiqlikni kam o‘tkazishi,
sovuqqa chidamliligi, ustki solishtirma mustaxkamligi, ishlov berishning
osonligi, mavsumga bog‘lik emasligi kabi afzalliklaridan keng foydalaniladi.
Plastmassani to‘siq konstruksiyalarda ishlatishda uning, engilligi, suv va bug‘
o‘tkazmasligi, biologik turg‘unligi, kimyoviy muxitga chidamliligi, shaffofligi,
kayishkokligi (mato va plenkalar uchun) va boshka o‘ziga xos xususiyatlari
e’tiborga olinadi.
Binoning vazifasiga karab to‘siq konstruksiyalar issiklik saklovchi va
saklamaydigan qilib tayyorlanadi. Tom yopmalari joyida yo sanoat usulida
tayerlanishi mumkin. Joyida tayyorlanganda tom aloxida elementlardan (to‘sin,
vassatusin, taxta kalkon) yig‘iladi va ayrim xollarda tom uchun yig‘ma-kalkon
tayyorlanadi. Bunday uslub, albatta, qurilish ishlarining zamonaviy talabiga javob
bermaydi. Keyingi paytlarda sanoat usulida tayyorlangan katta o‘lchamli
to‘shamalardan foydalanish keng tarkalmokda.
To‘shamalarni joyiga o‘rnatib, maxkamlansa va choklar biriktirilsa, tayyor
tom to‘sini xosil buladi.
Isitgich katlamsiz tom konstruksiyasi eng oddiy bo‘lib, uning tarkibiy
kismiga to‘shama, vassatusin, panjara va tom to‘sini kiradi.
Tomni yopishda o‘ramli yumshok ashyolar (mumkg‘oz) qo‘llanilsa, unda
tomning nishabligi kichik (2,5% gacha) olindi;o‘ramli ashyoni yopishtirish qulay
bo‘lish uchun yaxlit to‘shama qo‘llanilishi talab qilinadi. Donali tom yopish
ashyolari (to‘lkinsimon asbest va shishaplastik buyumlar, cherepitsa, tunuka)
qo‘llanilsa, tom nishabi katta (25% dan ortik) olinib taxta yoki chorkirradan oralari
ochik asos tayyorlanadi.
Tom asosini yig‘ma-kalkonli qilib tayyorlash ishni tezlashtiradi, bunda
mexnatning asosiy qismi ustaxonada yoki zavodda bajariladi. Yig‘ma kalkonlar
uzra bir katlam mumkog‘oz (agar tom yumshok uramli ashyodan yopilsa) avvaldan
yopishtirib kuyilishi mumkin. Istigichsiz tomlar uchun, odatda, yaxlit to‘shamalar
ikki katlamli: ostkisi - yuk ko‘taruvchi, ustkisi - ximoyalovchi kilib yasaladi. Bu
tadbir uramli yumshok makteriallarni tom choklari bo‘ylab yirtilishdanasraydi.
Istitgich katlamli tomlar o‘zining belgilangan vazifasi bo‘yicha uch talabga
javob berishi: yog‘ingarchilikdan xosil bulgan namlikdan saklash, bino ichidagi
xaroratni ushlab turishni, isitgich katlamni bug‘lardan asrash kerak.
Tushamaning asosi yog‘och taxtalardan bir katlamli kilib yasalishi mumkin,
bu xolda isitgich katlam uramli ashyo choklarini yirtilishidan saklaydi.
Tushamaning isitgich katlami serg‘ovak plitalar yoki sochiluvchan
ashyolardan bo‘lishi mumkin. Bunda ximoya katlami (mumkog‘oz, pergamin,
bitum katlam) isitgich bilan to‘shama orasiga ko‘yiladi.

Download 1.47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish I bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari

Download 1.47 Mb.