O’rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash




Download 1 Mb.
bet3/4
Sana06.01.2024
Hajmi1 Mb.
#131200
1   2   3   4
Bog'liq
7.Jumomurodov Ilyosbek

O’rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash

Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi taqsimlangan axborot boshqaruv tizimlarinini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Integral mikrosxemalarining rivojlanishi boshqaruv obyektlarining mikroprotsessorlarini (MP) ish jarayonini o’zgarishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar kiritish sharoitida mutaxassislar oldida texnologiya jarayonlarini o’rnatish tarkibiy qismlarining qo’llanilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti dolzarblashdi.
Xususan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo’ladi. Foydalanilayotgan platada asosiy modulli mikrokontroller ATmega128 bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, platada turli periferiya qurilmalari, kuchlanish stabilizatori va yordamchi qurilmalar mavjud.


4.1-rasm SN ATMega128A platasining umumiy ko’rinishi
Kontroller modul platasi to’g’irlagich va kuchlanish stabilizatori bilan jihozlangan. Kirish kuchlanishi 6-15 V. Plata manbaga ulanishi bilan mos svetodiodlar yonadi. Mikrokontrollerni ISP va JTAG interfeysi orqali dasturlash mumkin. MK chiqishlari multipleksorga ulangan bo’lib, uning vazifasi mikrokontrollerning chiqishlarini kerakli funksiyalar uchun ulashga kerak bo’ladi. Mikrokontroller ATmega128 ikkita ketma-ket interfeys bilan jihozlangan bo’lib, signallari RS-232 pog’onasiga MAX232 o’zgartirgich bilan o’zgartirilgan. Plataga qo’shimcha xotira - 4 Mb Atmel AT45DB041B Flash-xotira o’rnatilgan. Xotira mikrokontroller bilan SPI interfeys orqali ulangan va uni ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Qurilma modullarini boshqarish uchun mikrokontroller kiritish chiqarish portalirini moslashtirish kerak bo’ladi.

4.2-rasm kiritish chiqarish portlari
Plataning modullari sxemasida har bir modulning kiritish va chiqarish ulanish portlari ko’rsatilgan. Dasturlash jarayonida aynan keltirilgan portlar orqali murojaat
etiladi. Platada sozlash jarayonlarini amalga oshirishda bir qancha dasturlash muhitlari mavjuddir. Ushbu muhitlardan biri - AVR Studio 4 muhiti hisoblanadi.
AVR Studio 4 - bu ishlab chiqarish muhiti bo’lib, (IDE, Integrated Development Environment), AVR-operatsion tizimlar uchun juda ham qulay muhit hisoblanadi. Ushbu muhit 8 razryadli AVR RISC mikrokontrollerlari uchun dasturiy muhit hisoblanadi. Muhitda assembler va S (si) dasturlash tillaridan foydalaniladi.

4.3-rasm AVR Studio 4 muhiti oynasi
Hosil qilingan dastur .hex kengaytmali faylini mikrokontrollerga yuklab boshqaruv qurilmalarini ishga tushiramiz. Uning uchun maxsus dasturiy muhitlar mavjud bo’lib, ulardan AVRDUDE muhitidir.

4.4-rasm AVRDUDE oynasi
4. Drayver tushunchasi
Drayver bu - kompyuterdagi qurilmalarni (videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi. Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi). Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o’zi. Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak. Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz, hammasi oddiy.
Men bilishimcha, hozirda ko’p kompyuter do’konlari, notebook yoki statsionar kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo’shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni so’rang, uyalmang va qo’rqmang.Sotib olayotganda drayver diskini olmagan bo’lsa, nima qilish kerak?
Sizga kerak bo’ladigan drayverlarni topishning ko’p usullari bor, shulardan birini yozib o’taman.
Bu usul maxsus dastur-Driver Booster (https://t.me/planetaitsoft/100) orqali drayverlarni qidirish.

  1. Driver Booster dasturini o’rnatasiz. O»rnatish jarayonida internet talab qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o’rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib tashlab, ularni o’rnatmang.

  2. Dastur avtomat ishga tushadi, «Сканировать» bosiladi va dastur sizni kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun kompyuter internetga ulangan bo’lishi lozim.

  3. Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:

Drayver o’rnatilmagan qurilmalar. Drayver o’rnatilgan, lekin eski versiyasi. Drayverning oxirgi versiyasi o’rnatilgan.

  1. O’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarni belgilaysiz va «Обновить сейчас» tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.

  2. Dastur o’z bazasida mavjud bo’lgan va sizga mos keladiganlarini o’rnatib beradi.

  3. Kompyuterni qayta yuklash so’raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi. Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o’rnatilgan HP notebook’ka dastur o’rnatilib, shu orqali 140MB’ga yaqin drayver ko’chirib

olingandan so’ng, ko’k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.
Drayverlarni har doim Windows operatsion tizimi o’rnatilgandan so’ng, darhol o’rnating, shunda muammolar bo’lmaydi. Hamma dasturlarni qo’yib, so’ng drayver o’rnatsangiz, qandaydir muammo bo’lsa, yana qaytadan shu dasturlarni o’rnatish kerak bo’lib qoladi.Drayverlani bitta-bitta o’rnating, shunda qaysidir bittasida muammo bo’lsa, aynan qaysinda muammoligini bilib olasiz.


Xulosa

Men ushbu mustaqil ishimni tayyorlash davomida o’rnatilgan tizimlarning asosiy tushunchalari va drayverlari to’g’risida ko’plab malumotlarga ega bo’ldim va bu mavzuda bilimimni boyitib oldim. Misol uchun : o’rnatilgan tizim, shaxsiy kompьyuterlar, elektronik qurilma, GPS (Global Positioning Satellite, PDA (Personal digital assistant), raqamli televidinie, telefon kamera, router, xab, CPS (Cyber physical system), o’rnatilgan tarmoq tizimlari, o’rnatilgan tizimlarin loyihalashtirish va drayverlar o’rnatish to’grisida turli xil malumotlarga ega bo’ldim. Hamda o’rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash afzalliklaridan tashqari, yaratilgan dasturiy ta’minotni qurilmalarga yuklab, ish jarayonini vizual kuzatishda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun SN ATMega128A platasida sozlash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, keltirilgan dasturiy muhitlar foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay bo’lishi bilan birga, murakkab o’rnatilgan tizimlar uchun dasturni yaratish va jarayonining oddiyligi, mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning qurilmalarini ish jarayonini tarkibiy qismini ishlash imkoniyatining mavjudligi va boshqa imkoniyatlarga ega shuningdek O’rnatilgan tizimlarda qurilmalarning drayverlarining so’ngi versiyasini o’rnatish kerak ekanligi bildim.




Download 1 Mb.
1   2   3   4




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash

Download 1 Mb.