Ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 0.51 Mb.
bet4/6
Sana24.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#43354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Kirish Polimer pardozlash materiallari
Реферат Основы техники безопасности. Охрана труда[1]
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Biz kundalik hayotimizda sezmaydigan bir qator keng tarqalgan polimerlar ma-
jud.



  • Polietilen .Namlikkka chidamlilik, agressiv muhitga qarshilik va dielektrik xarakteristikalar talab qilinadigan qadoqlash, quvurlar, izolyatsiyalash, va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

  • Fenol formaldegid.Bu plastmassa, laklar va yopishtiruvchi moddalarning asosidir.

  • Sintetik kauchuk.Tabiiydan ko’ra yaxshiroq kuch xususiyatlari va asima qarshilikka ega.Undan kauchuk va unga asoslangan turli xil materiallar tayyorlanadi.




  • Polimetil metakrilat- taniqli plexiglass.Elektr texnikasida, shuningdek, boshqa sanoat sohalarida konstruktiv material sifatida ishlatiladi.




  • Poliamil.U mato va ip yasash uchun ishlatiladi.Bu kapron neylon va boshqa sintetik materiallar.


  • Politetrafloroetilen, Teflon.U tibbiyot, oziq- ovqat sanoati va boshqa turli sohalarda qo’lllaniladi.




  • Polivinilxlorid, PVX.Ko’pincha simi izolyatsilasi, teri,deraza profillari,cho’zilgan shiftlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan kino shaklda topiladi.U juda keng foydalanish doirasiga ega.




  • Polistrol.U uy-ro’zg’or buyumlari va keng turdagi qurilish materiallarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.




  • Polipropilen.Ushbu polimerdan quvurlar, idishlar, to’qilmagan materiallar, uy-ro’zg’or buyumlari,qurilish yopishtiruvchi va mastikalar tayyorlanadi.

Kompozitsion polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi ularning tarkibi,


bog’lovchining turi va ishlatilish sohasi bilan belgilanadi.Polimer materiallar ish
lab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: Komponentlarni
tayyorlash va dozirovkalash, polimer kompozitsiyasini qorishtirish, issiqlik bilan
yoki kimyoviy radiatsion usulda qorishtirish va omborxonalarga joylashtirish.
Polimer buyumlarga ishlov berishning quyidagi asosiy usullari mavjud: presslash quyish, surkash, shimdirish, sepish va payvandlash yelimlash va boshqalar.
Polimer materiallar va buyumlar olish texnologiyasi nozik hisoblanib, jaryonlarni
borishi aniqlikda bo’lishi talab etiladi.Komponentlarni dozirovkalash, boshqa tur
dagi qurilish materiallarni ishlab chiqarishga nisbatan, 10-100 marta aniqlikni ta
lab etadi.
Valsovkalash usulida plastmassa bir biriga qarama qarshi aylanadigan valiklar
orasidagi tirqichdan siqillib o’tish hisobiga shakllanadi.Ishlov berilayotgan massa
ikki valiklar bir va uch orasidagi tirqichdan bir necha marta o’tkaziladi va yaxshi
lab aralashtiriladi, keyin bitta valikka o’tkaziladi va pichoq to’rt yordamida kesila
di
Valsovkalash sxemasi.




  1. massa quyish

b) valsovkalash
v) massani bir valikka o’tkazish
g) massani kesish

Uzluksiz valsovkalash jarayonida massa tirqich orasidan siqilib chiqishidan tash


qari valiklar bo’ylab yoyiladi. Shuning uchun jarayon oxirida ortiqcha massa ikki
tomondan pichoq yordamida kesilib olinadi.Bu usulda plastmassa kompanentlari
ezilish tufayli maydalanadi, polimer, kukun to’ldirgich va boshqa modifikatorlar
yanada mayin aralashadi, hosil bo’lgan harorat ta’sirida plastiklik ortadi.Plastmas
ma yuzasiga ishlov berishga oxirgi valik yuzasi silliqlangan va polirovkalangan
bo’lishi kerak. Plastmassalarga issiqlik bilan ishlov berilishi zarur bo’lsa, valiklar
bu yoki elakrt isitgich(tenlar) vositasida qizdiriladi.
Kalandrlash usulida plastmassa berilgan qalinlikda va kenglikda yumshatilgan po
limer qorishmani valiklar orasidagi tirqichdan to’xtovsiz o’tkazilib, lenta shaklida
tayyorlanadi.Valiklar soniga ko’ra kalandrlar ikki, to’rt va besh valikli bo’ladi.
Valiklar vertikal, gorizontal shaklida bo’lishi mumkin.To’rt valikli kalandrlashni
ishlash sxemasi quyida keltirilgan.

To’rt valikli kalandrning ishlash sxemasi






  1. Г- shaklidagi kalandr

  2. Z-shaklidagi kalandr

Ekstruziya usulidagi polimer materiallar qizdirilgan massani maxsus shakl beruv
chi teshik orqali siqib chiqarib shakl berib tayyorlanadi.
Ekstuziya usulidagi profilli uzun o’lchamli quvurlar, listlar, plyonkalar,linoleum,
va boshqa qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqariladi. Bu usulda diametri
5-20 mm quvurlar, eni 0,3-0,5 m li plyonka va listlar va boshqa o’lchamdagi bu
yumlar tayyorlash mumkin.Ekstruziya mashinalari ikki turga bo’linadi: shnekli
va bosim ostida ishlaydigan shprits ekstruderlar.
Shnekli yoki chervyakli ekstruderlar plastmassa ishlab chiqarishda keng tarqalgan
Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint yoki chervyakli bo’lib, plastik mas
sani sinchiklab aralashtiradi va vint harakati natijasida bosim ostida siqib chiqarib
shakl beradi. Plastmassa xom ashyosi ekstruderga granula, kukun ko’rinishida so
linadi va mashina ichiga o’rnatilgan maxsus isitkichlar yordamida qizdirib yum-
shatiladi.

Ekstruziya masinasining ishlash sxemasi





1.solish bunkeri 5.massani tortuvchi moslama
2.shnek 6.dorn
3.golovka 7.filtr
4.kalibrlovchi moslama
Bosim ostida quyish usulida asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olinadi.
Bu usulda polimer yumshoq holatgacha quyish mashinasining qizdiriladigan
silindrida qizdiriladi va plunjer ochilib massa qolipga bosim ostida haydaladi.
Eritma 20 MPa gacha bosim ostida qoliplanishi mumkin, qoliplarni tez bo’shatish
maqsadida ular sovuq suv bilan sovutiladi. Bu usulda polietilen, polipropilen,po
listrol va shu kabi termoplastik polimerlar asosida buyumlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyilganda buyum ichki nuqsonlarsiz bo’ladi, zichligi va mustah
kamligi ortadi; texnologik jarayonni to’la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlash
tirish mumkin.

Bosim ostida quyish mashinasining ishlash sxemasi



  1. massani eritish va plastifikatsiyalash

  2. massani qolipga bosim ostida kiritish

v) qolipni ajratib buyumni chiqarib olish.




  1. Porshen.

  2. massa saqlanadigan bunker

  3. silindr isitgichlari

  4. silindr

  5. ochiladigan qolip

Qoliplash usulida listli, plyonkali, quvursimon zagatovkalardan (ayrim tayyor


mahsulotlardan) qayta ishlov berilib murakkab shakldagi buyumlar olinadi.Plast
massalarni qizdirib shakl berishning asosan uch uslubi keng qo’llaniladi: bular
shtamplash, pnevmoqoliplash va vakuum qoliplash.
Shtamplash uslubida listlardan zagatovka qirqib olinadi,qizdiriladi,press qolipning
matritsa va puanson orasiga qo’yiladi va MPa bosimda siqiladi.
Ushbu usulda viniplast, tekstrolit, organic shisha kabi listli materiallardan qurilish
buyum va konstruksiyalari tayyorlanadi. Pnevmo qoliplash usulida list matritsa
konturi bo’yicha maxkamlanadi va yumshaguncha qizdiriladi.Keyin zagatovka
7-8 MPa bosim ostida siqilgan qizdirilgan havo bilan list matritsa yuzasiga siqi
ladi. Pnevmo qoliplash usulida termoplastlar asosida idishlar, kimyoviy apparatu
ra qismlari va boshqa elementlar olinadi.
Vakuum qoliplash usulida list ichi bo’sh qolip konturi bo’yicha mahkamlanadi
va bo’shliq ichidagi havo siqib olinadi.Bunda atmosfera bosimi ostida list qolip
yuzasiga siqiladi va muayyan shaklga kiradi.Ushbu usulda polistrol, polimetilme
takrilatlar, vanilli polimerlar va boshqalar asosida sanitariya-texnika uskunalari
qismlari quyiladi.

Vakuum qoliplash sxemasi






  1. negative qolip v) puanson bilan zagatovkani xomaki tortish

  2. pozitov qolip g) pnevmativ usulda zagatovkani xomaki tortish;

I-III qoliplash pozitsiyalari; 1-zagatovka; 2-negativ qolip; 3-tayanch;4-siquvchi
rama; 5-puanson; 6- pozitiv qolip; 7- qoliplash kamerasi
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida turli xil detallardan buyumlardan ajralish birikmalar hosil qilish uchun yelimlash jarayonidan keng qo’llaniladi.Buning
uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan turli xil navdagi yelimlardan foydalaniladi.
Yelimlar- muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion materiallarni bir biriga mahkam yopishqoq materialdir. Xalq xo’jaligi va sanoat
ning turli tarmoqlarida ishlatiladigan yelimlar asosan hayvon, o’simlik va smola
yelimlariga bo’linadi. Hayvon yelimining asoslari organik moddalar oqsillardan
smola yelimlari esa sintetik moddalardan tashkil topgan. Hayvon yelimlariga kal
lagen yoki taxta yelimlar, shuningdek kazeinli va albuminli yelimlar, o’simlik ye
limlariga soya, smola yelimlariga B-3, KB-3 markali finolformaldegidli, MK-1,
M-2, KM-12, K-17 markali yelimlar va boshqalar kiradi.
Emal bo’yoqlar – asosan turli pigmentlarni loklarga qo’shish orqali hosil qilinadi
Emallar bilan qoplovchi parda hosil qilish tipiga qarab emalli bo’yoqlar, nitro-
emallar smolali, moyli va boshqako’rinishdagi bo’yoqlar hosil qilinadi.
Nitroemal juda tez quriydi. Introemal va introlaklarning GOST bo’yicha 507,
508, 907, 830 markalaridan yuk avtomobillarini, kabinalarini, kapotlarini bo’yash
uchun ishlatiladi, GOST bo’yicha 660 markali qora rangdagisidan esa ramalar va
transmissiyalarni bo’yashda foydalaniladi.
Nitroemalning GOST bo’yicha NTS -11 markalisi yengil mashinalarni bo’yash
uchun ishlatiladi.
Shpaklevka detal buyum sirtidagi turli yoriqlarni teshik-kovaklarni tirqichlarni
to’ldirib sirtning tekis bo’lishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi.

Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.51 Mb.