• Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim omili Xulosa Foydalanilgan resurslar
  • Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
  • Reja: Kirish Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari




    Download 43.78 Kb.
    bet1/13
    Sana23.01.2023
    Hajmi43.78 Kb.
    #39063
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    mustaqil ish
    1-sinf texnologiya exl, MB 1-maruza (1), Bozor,pul,foyda,zarar haqida , Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar , Sobirova Aziza kurs ishi oxiri....., Farg’ona viloyatining turistik salohiyati, Farg’ona viloyatining turistik salohiyati, 1534871623 72268, Makulaturani qayta ishlash va qog, Bozor talabi va xususiy talab, 3 DMTT, 1-2-ярим январ-декабр, Variant 14.-WPS Office, Ro`zmatova Ruxsora BMI





    1. MUSTAQIL ISHI
      Mavzu: O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari

    2023-yil
    Reja:


    Kirish

    1. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari

    2. Raqamlashtirish – yangi iqtisodiy texnologiyalarning yo‘ldoshi

    3. Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim omili

    Xulosa
    Foydalanilgan resurslar

    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari

    Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi.


    Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.

    Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
    Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
    «Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
    Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
    Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
    Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi.
    Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.

    Download 43.78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 43.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari

    Download 43.78 Kb.