Axborot–huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari




Download 81.5 Kb.
bet2/3
Sana15.04.2022
Hajmi81.5 Kb.
#19788
1   2   3
Bog'liq
Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari
ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, -Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
3. Axborot–huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari
Har qanday taraqqiy topgan jamiyatning normal faoliyati uchun huquqiy axborot zarurdir, shuning uchun ham bunday axborotni tarqatish va
ulardan keng ommani foydalanishiga imkon berishni ta`minlash davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Huquqiy axborotning an`anaviy manbai bo`lib doimiy nashrlar, kitoblar, broshyuralar, kurslar, ma`ruzalar, munozaralar va mutaxassislarning maslahatlari hisoblanadi.
Bunday axborotlar hajmining hozirgi sharoitda keskin ravishda o`sib
borishida ular o`z qiymatini saqlaydi, biroq ular huquqiy masalalarni tezkor yechish imkonini bermaydi. Kun sayin ko`plab yangi huquqiy normalarni o`rnatuvchi yoki avvalgilarini o`zgartiruvchi hukumat va idoraviy
normativ hujjatlar qabul qilinadi. Ayrim huquqiy hujjatlar ko`p marta
o`zgartiriladi, biroq matbuotda, odatda hujjatning o`zgartirilgan qismigina chop etiladi. Hozirda huquqiy axborotlashtirish muammosi kompyuterli huquqiy tizim ma`lumotnomasi (HTM) ishlab chiqilgani va ommaviy tarqatilgani tufayli muvaffaqiyatli hal etilgan. HTM hozirgi
sharoitda huquqiy axborot bilan ta`minlash darajasiga qo`yilgan qo`yidagi
asosiy talablarga javob beradi:
– to`liqlik;
– dolzarblik;
– hammabop;
– yangi axborotlarni tezkor olishlik;
– samarali qidirish imkoniyati.
Huquqiy tizim ma`lumotnomasi – bu qonunchilik bo`yicha to`liq, tizimlashtirilgan va tezkor yangilanuvchi axborot hamda ushbu axborotlardan foydalanish imkonini beruvchi kompyuter vositalaridir. O`zbekistonda ma`lum va keng tarqalgan «LexUz», «PRAVO» va «NORMA» huquqiy axborot tizimlari mavjud. Foydalanuvchi interfeysini tashkil etishdagi ayrim tafovutlarga qaramay, imkoniyatlari va qidirish tezligi bo`yicha, hajmi va yig`ilgan axborotlar sifati bo`yicha, barcha tizimlar o`xshash funksional tuzilishga ega.
O`ziga xos huquqiy axborot tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
– kontekst va rubrikator bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari;
– rekvizitlar bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari;
– gipermatn havolalar bo`yicha ma`lumotlar bazasidagi navigatsiya mexanizmi;
– hujjatning matn va ruyxatlari bilan ishlash modullari;
– ma`lumotlar bazasini yangilash mexanizmi.
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy
bazasining axborot qidirish tizimi (QHMMB AQT «LexUz», yoki «LexUZ»)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi
304-son «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy
axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida»gi
qarorini bajarish yuzasidan yaratilgan.
QHMMB AQT «LexUz»ning maqsadi – aholining huquqiy madaniyati
darajasini ko`tarish, normativ huquqiy hujjatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash, jamiyatni huquqiy axborotlashtirish tizimini takomillashtirish. LexUZ foydalanuvchilarga QHMMBda Internet orqali foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi va bunda:
- normativ-huquqiy hujjatlarni tarkibiy qismlari va rekvizitlari, shuningdek, yuridik tahlil kartochkalaridagi ma`lumotlari asosida, ya`ni:
– O`zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo`yicha;
– qonunchilikning mavzuli ma`lumotnomasi bo`yicha;
– tushuncha va terminlar ma`lumotnomasi bo`yicha;
– alfavit-predmetli ko`rsatgich bo`yicha ko`pmezonli, kengqamrovli qidirish imkonini beradi.
- izlash natijalarini jadval qatorlari ko`rinishida aks ettiriladi
va ular bilan ishlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
– tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha saralash;
– tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha guruhlash;
– hujjatlar bilan ishlash uchun natijaviy jadvalda ularni tanlash;
– izlash natijasida tanlangan hujjatlarga oid barcha ma`lumotlarni olish;
– hujjatlarga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarning xronologik tarixini ko`rish;
– hujjat matnini alohida oynada ochish;
– hujjat matnining foydalanuvchi tanlagan sanadagi holatini ko`rsatish;
– «havolalar xaritasi» - tanlangan hujjatga nisbatan korrespondent / respondent hujjatlar ro`yxati;
– hujjat tarkibida rasmiy matn qatorida norasmiy axborotlarni (tushuntirish va izohlar kabi) aks ettirish;
– hujjat tarkibida matn, jadval, rasmlar va grafiklarni aks ettirish.
- foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini avtomatik tarzda tizimda saqlab qolish va bunda:
– tanlangan hujjatlar ro`yxatini saqlab qolish;
– izlash shartlarini saqlab qolish;
– foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini tizimda saqlash;
– foydalanuvchi ma`lumotlarini va interfeysini o`zbek va rus tillarida olib borish;
– bazaga kiritilgan hujjatlar haqida elektron pochta orqali xabar yo`llash.
«LexUZ» QHMMB AQTga 15500 dan ortiq hujjatlar, jumladan, Konstitutsiya, 15ta kodeks, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezitentining Farmon
va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, idoraviy
me`yoriy–huquqiy hujjatlar o`zbek va rus tillarida kiritilgan.
«NORMA» axborot-huquqiy tizimi «Norma-Hamkor» mas`uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida 1999 yil 1 noyabrda ro`yxatdan o`tkazilgan. U elektron davriy nashrlar va boshqa ma`lumotlar bazalarini, jumladan tushuntirish-uslubiy jihatdagi ma`lumotlarni o`zida jamlagan. Ma`lumotlar bazalarini takomillashtirish va dastur ta`minotini yaxshilash ishlari tinimsiz olib borilmokda.
«NORMA» axborot-huquqiy tizimi – bu zamonaviy texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan universal qobiqli, tarkibi bir nechta mavzuiy bazalardan iborat, o`zaro havolalar va kuchli qidiruv imkoniyatiga
ega bo`lgan ko`p funksiyali gipermatn muhitida ishlashni amalga oshiruvchi
ma`lumotlar bankidir.
«NORMA» – tizimi Windows muhiti imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga foydalanuvchi bilan do`stona muloqotni amalga oshirishga yo`naltirilgan. Ushbu tizimda atiga ikki-uch soat davomida ishlash natijasida foydalanuvchi tizim bilan ishlashning asosiy ko`nikmalariga ega bo`ladi. Hujjatlar bilan ishlash, qidiruvdan foydalanish, havolalar
hosil qilish va zamonaviy poligrafiya talablariga mos ravishda hujjatlarni chop etish uchun bu ko`nikmalar yetarli bo`ladi.
«NORMA» axborot-huquqiy tizimining asosiy ustunligi quyidagilar hisoblanadi:
– Windows 95 va undan keyingi operatsion tizimlar bilan ishlashga mo`ljallanganligi;
– ochiladigan hujjatlarning oyna o`lchamini moslash (avtoformat), bu esa ekranning ishchi sohasidan to`la foydalanish imkonini beradi;
– bazadagi hujjatlar jadvallarga (oddiy, murakkab, rangli va h.k.) ega bo`lishi mumkin;
– katta hajmdagi ma`lumotlar bazasida kerakli hujjatlarni tezkor topish imkonini beruvchi kuchli qidiruv vositalari ishlab chiqilgan;
– foydalanuvchi tomonidan muntazam ishlatiluvchi hujjatlarga ularni qidirishni yengillashtirish uchun belgilar qo`yish;
– bazadagi hujjatlar o`zaro kesishgan havolalar orqali bog`langan. Bu esa bir hujjatdan boshqasiga ularning ochilish tartibi bo`yicha navbat bilan o`tishda, bir oynada bir nechta hujjatlarni ko`rish va har biri bilan alohida ishlash imkonini beradi;
– foydalanuvchi ishlash uchun bir vaqtda bir nechta hujjat oynasini, har birini o`z oynasida, ochishi mumkin;
– hujjatlar katalogida foydalanuvchi o`zining shaxsiy hujjatlarini saqlashi va ular bilan ishlashi, shuningdek unda hujjatlar orasida havolaga ega bo`lgan o`zining xususiy bazasini hosil qilish imkoniyati mavjud;
– hujjatlar bilan ishlashda shriftlarning o`lchamlarini (kattalashtirish, kichiklashtirish) o`zgartirish imkoniyati nazarda tutilgan;
– o`zbek, rus, ingliz tillarida hujjatlar bilan ishlash;
– bir nechta ma`lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyati;
– almashish buferi orqali ma`lumotlar bazasi dasturida mavjud bo`lgan hujjatlar yoki ularning bo`laklaridan nusha olish va keyinchalik ulardan Windows ning boshqa ilovalarida (Word va boshqalar) ishlashda foydalanish;
– tizimning ma`lumotlar bazasida saqlanuvchi hujjatlar yoki ularning bo`laklarini chop etish;
– ma`lumotlar bazalari hujjatlarini RTF formatidagi fayllarda saqlash.
Foydalanuvchilarning axborot tizimlariga murojaati ko`p jihatdan
hujjatni faqat topishgagina emas, balki qo`yilgan topshiriq yoki muammoni
to`g`ri ifodalashga bog`liqligidan kelib chiqadi. Shuning uchun, juda tezkor va malakali qaror qabul qilish quroli bo`lib xizmat qiluvchi axborot tizimi mukammal hisoblanadi. Foydalanuvchi uchun huquqiy axborot tizimining muhim jixati bo`lib, tizimida joylashgan hujjatlar soni va
spektri, qidirish turlarining har xilligi, hujjatlar bilan tahliliy
ishlash imkoniyatlari va huquqiy axborot tizimlarining servis funksiyalari hisoblanadi.
Mutaxassisning ish unumdorligi uning ish vaqti qanchalik ratsional
sarflanishiga bog`liq, huquqiy axborot tizimidan foydalanish esa kerakli
huquqiy hujjatlarni qidirish uchun zarur bo`lgan vaqtni kamaytirishga hamda amallarni qisqartirishga imkon yaratadi. Kompyuter tizimi qanchalik ko`p axborot yetkazish imkoniyatiga ega bo`lsa, barcha kerakli hujjatlarning qo`l ostida bo`lishi ehtimoli shunchalik ko`p bo`ladi. Huquqiy
axborot tizimida saqlanadigan materiallar miqdori ma`lumotlarni qayta
ishlovchining axborot imkoniyatini va uning mahsulini ko`rsatadi. Shu bilan birgalikda foydalanuvchining qayday turdagi va ko`rinishdagi huquqiy axborot olishi mumkinligi ham juda muhim ahamiyatga ega. Kirish
mumkin bo`lgan axborot spektri qanchalik keng bo`lsa, huquqiy boshqaruvning
barcha qismlari va jihatlarini e`tiborga olgan holda, huquqiy muammolarni hal etishga shunchalik jiddiy va asosli yondashish kerak.


Xulosa
Ilmiy texnik taraqqiyotning inson faoliyati barcha sohalariga tasir qilishning asosiy omillaridan biri yangi axborot texnologiyalarini keng qo`llashdir.
Jamiyatni axborotlashtirish - jahon miqyosidagi muhim muammolardan biri, insoniyat taraqqiyotining, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining hayotiy zarur bo`lgan muammolari majmuasi demakdir. Bu soha turli xildagi axborotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, hisoblash texnikasining zamonaviy tizimlarini tashkil qilish va boshqa muhim ishlar bilan shug`ullanadi. Shu bilan birga, mazkur soha xalq xo`jaligining bir qator tarmoqlarini o`z ichiga oladi va axborotlashtirish industriyasining majmuasini tashkil qiladi. Unda axborot texnologiyasi- elektron-hisoblash mashinalari (EHM), shaxsiy kompyuterlar, protsessorlar, aloqa hamda elektron aloqa vositalari va tarmoqlarini ishlab chiqadigan korxonalar, birlashmalar markaziy o`rinni egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:






  1. Download 81.5 Kb.
1   2   3




Download 81.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot–huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari

Download 81.5 Kb.