Reja: Kurs yaratish va uni sozlash




Download 1.06 Mb.
Sana08.10.2022
Hajmi1.06 Mb.
#26902
Bog'liq
5-amaliy PDV
bichish-tikishni orgatish metodikasi (2)

Mavzu: Moodle tizimining interfaol imkoniyatlari.
Reja:
1. Kurs yaratish va uni sozlash.
2. Kurs elementlari bilan ishlash.
3. Yaratilgan kursga talabalarni qo‘shish.
Tayanch tushunchalar: Moodle, LMS, ma’lumotlar ombori, seminar, so‘rov, topshiriq, papka, izoh, kitob, sahifa, fayl, URL.
Kurs yaratish va uni sozlash.
Kurs yaratish uchun tegishli kategoriya tanlanadi va Добавить курс tugmasi bosiladi. Natijada esa quyidagi rasmda keltirilgan sahifa namoyon bo‘ladi:

1-rasm. Добавить курс sahifasi.

Ko‘rib turganimizdek, Добавить курс sahifasi sakkizta bo‘limdan iborat bo‘lib, uning to‘ldirilishi zarur bo‘lgan asosiy maydonlari quyidagilar hisoblanadi:


1.Общее
–Полное название курса* - Kurs (fan)ning to‘liq nomi. Foydalanuvchilar mazkur nom bo‘yicha kursdan foydalanishadi;
–Краткое название курса* - Kurs (fan)ning qisqa nomi. Tizim mazkur nom bo‘yicha kursdan foydalanishadi;
–Категория курса - Kurs tegishli bo‘lgan kategoriya;
–Доступность - Agar bu maydon Ko‘rsatish qiymatiga teng bo‘lsa, mazkur kurs kurslar ro‘yxatida namoyon bo‘ladi. Aks holda esa, kurs yashirin holatga o‘tadi;
–Дата начала курса - mazkur maydonda ko‘rsatilgan sanadan boshlab kurs faollashadi. Berilgan sanagacha kursdan foydalanib bo‘lmaydi;
–Идентификационный номер курса - bu maydonga kursning ID raqami kiritiladi. ID raqam faqat butun sonli qiymatni qabul qiladi. ID raqami Moodle tizimining ichki funksionaligini oshirish uchun foydalaniladi.
2. Описание
–Описание курса - bu maydon kurs haqida qisqacha kirish so‘zlari bilan to‘ldiriladi;
–Файлы описания курса - bu maydonga kurs mazmuni bilan aloqador bo‘lgan fayllarni yuklash mumkin. Yuklangan fayllar asosida talabalar yaratilgan kurs haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
3. Формат курса
–Формат - Kurs formati maydoni yaratilayotgan kursning shaklini belgilab beradi. Kurslar bir elementli, haftalar bo‘yicha hamda mavzular bo‘yicha turkumlangan bo‘lib, bir kurs uchun ulardan faqat bittasini tanlash mumkin bo‘ladi. Odatda, kurs shakli mavzular bo‘yicha bo‘lingani tavsiya etiladi;
–Количество разделов - kurs mavzulari yoki haftalari soni bo‘lib, mazkur qiymat 0 va 52 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Mavzu yoki haftalar sonini kurs bilan ishlash, qo‘shish yoki o‘chirish mumkin;
–Отображение скрытых разделов - yashirin bo‘limlarning korinmasligini ta’minlash uchun ushbu maydondan Полностью невидимы qiymatini tanlash kerak;
–Представление курса - ushbu maydon o‘zida ikki xil qiymatni qamrab olgan bo‘lib, ular Показывать все разделы на одной странице va Показывать один раздел на странице. Birinchi qiymatni tanlash orqali kursning barcha mavzulari bir sahifada joylashadi. Ikkinchi qiymatini tanlash orqali esa har bir mavzu alohida sahifada aks etishini ta’minlashi mumkin.
4. Внешний вид bo‘limida kurs uchun foydalanuvchi til, sahifada yangiliklarning soni, talabalarning baholari ko‘rsatilishi kabi sozlash ishlari bajariladi.
5. Файлы и загрузки bo‘limida yuklanuvchi fayllarning maksimal hajmi belgilanadi.
6. Гостевой доступ bo‘limi kursga mehmonlarning kirishi uchun parol qo‘yish imkonini yaratadi. Bu bo‘limga parol qo‘yilganda, kursdan faqat parolga ega bo‘lgan talabalar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
7. Группы bo‘limi orqali mazkur kursdan qaysi guruh a’zolari foydalanishi mumkinligi belgilanadi.
8. Переименование ролей bo‘limi foydalanuvchi guruhlarining nomi faqat ushbu kursga moslab qayta nomlash imkonini yaratadi.
Yuqoridagi bo‘lim va maydonlardan * belgisi mavjudlarini to‘ldirish majburiy hisoblanadi. Qolgan bo‘lim va maydonlarni to‘ldirish kurs yaratuvchisining xohshiga bog‘liq bo‘ladi.
Maydonlar kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng Сохранить и вернуться tugmasini bosish orqali kurs yaratiladi va oldingi sahifaga qaytish mumkin bo‘ladi. Сохранить и показать tugmasini bosish orqali esa yaratilgan kurs sahifasiga o‘tish mumkin bo‘ladi. Kurs yaratishni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi.
Har qanday kurs yaratilganda uning tarkibida Новостной форум elementi mavjud bo‘ladi. Новостной форум elementi kursdagi yangliklar bo‘yicha kurs ishtirokchilari o‘rtasida muzokara qilish uchun xizmat qiladi.
Kursga kurs elementlari va kurs resurslarini qo‘shish orqali masofaviy ta’lim tizimini ishchi holatga keltirish mumkin.
Buning uchun kursni yaratgan professor-o‘qituvchi Режим редактирования tugmasini bosishi kerak. Natijada kurs sahifasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


2-rasm. Kurs yaratish oynasi ko‘rinishi.

* - Piktogrammasini bosish orqali mazkur kursning bosh sahifasiga sarlavha hamda kurs haqida qisqa ma’lumotlarni joylashtirish imkonini beruvchi Описание для «Общее» sahifasi namoyon bo‘ladi.




3-rasm. Описание для «Общее» sahifasi.

Название раздела maydoniga kurs sarlavhasini, Описание maydoniga esa kurs haqida qisqa ma’lumotni kiritib, Сохранить tugmasi bosiladi. Ushbu sahifani tahrirlashni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi.


Har qanday kursni yaratishda Общее maydonidan so‘ng mazkur kurs ishtirokchilari uchun Форум yangiliklari nomi ostida Форум avtomatik ravishda yaratiladi. Agar ushbu форум kerak bo‘lmasa, форумni quyidagi usul orqali o‘chirib tashlash yoki yashirin holatga keltirish mumkin.

5-rasm. Форум modulini o‘chirish yoki yashirish.

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, Редактировать menyusida joylashgan Скрыть buyrug‘i yordamida modulni yashirish, Удалить buyrug‘i yordamida esa o‘chirish mumkin.


Modullarni sozlash ushun esa Редактировать настройки bo‘limidan foydalaniladi.
Mazkur menyuda Назначить роли buyrug‘i mavjud resurs va elementlar vazifasi e’tiborga olingan holda foydalanuvchilarni aniqlash mumkin.
Дублировать buyrug‘i orqali mazkur moduldan ushbu sohaga nusxasini ko‘paytirish mumkin.
Переместить вправо hamda Переместить влево buyruqlari esa mazkur modulni mos ravishda o‘ngga yoki chapga surish imkonini beradi.
Har qanday kursga yoki kurs bo‘limlariga qo‘shilgan barcha kurs resurlari va kurs elementlari ushbu usul yordamida tarirlanadi.

6-rasm. Foydalanuvchilarni tayinlash.

Foydalanuvchilarni biriktirish uchun qizil chiziq bilan belgilangan sohani bosish yetarli bo‘ladi.


Kursga yoki kurs mavzulariga resurs yoki element qo‘shish uchun kerakli bo‘limdan + Добавить элеллент или ресурс tugmasini bosib, zaruriy modul tanlanadi. Bir bo‘limga istalgancha element yoki resurs qo‘shish mumkin. Avval qo‘shilgan modulning ustida bajariladigan amallar yuqoridagi sahifada keltirilgan.
Kurs bo‘limlarini hamda kursga yoki kurs bo‘limlariga qo‘shilgan modullarni biridan-ikkinchisiga olib o‘tish uchun quyidagi rasmda qizil chiziq bilan belgilangan piktogrammalarni sichqoncha yordamida Drag&Drop usulidan foydalanib boshqa bo‘limlarga ko‘chirish mumkin. Kursga yoki kurs bo‘limlariga qo‘shilgan modullarning har biri ko‘k chiziq bilan belgilangan piktogrammaga ega bo‘ladi. Ushbu rasmcha modul nomini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. O‘ng tarafda joylashgan sariq chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo‘lim va uning tarkibidagi modullarni o‘chirish imkonini beradi. Yashil chiziq bilan belgilangan piktogramma mazkur bo‘lim va modullarini yashirin holatga keltiradi. Yuqorida joylashgan pushti chiziq bilan belgilangan piktogramma esa mazkur bo‘lim ustida ish olib borilayotganini bildiruvchi belgi qo‘yadi.

7-rasm. Kurs modullarini sozlash.

Kursni yaratish jarayonida kursning bo‘limlari ya’ni nechta mavzu yoki haftadan iborat ekanligi aniq ko‘rsatiladi. Bu esa yaratilgan kurs aniq qiymatda bo‘lingan bo‘ladi. Ba’zi hollarda kursga yangi mavzu qo‘shish yoki ortib qolganini o‘chirish zarur bo‘ladi. Ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha bo‘lim qo‘shish yoki ortganini olib tashlash uchun kurs sahifasining quyida joylashgan va tugmalardan mos holatda foydalanish mumkin.


Режим редактирования tugmasini bosish bilan nafaqat kurs bo‘limlarini sozlash va kursga zaruriry element yoki resurs qo‘shish, balki kursdan foydalanayotgan ishtirokchilar uchun qo‘shimcha bloklar qo‘shish va ularni tahrirlash ishlarini ham bajarish mumkin.
Kursga doir bo‘lgan bloklarning bir qancha turi bo‘lib, ularning umumiy ro‘yxati quyida keltirilgan:
–HTML
–Личные файлы
–Люди
–Закладки администратора
–Искатель сообщества
–Календарь
–Комментарии
–Курсы
–Обмен сообщениями
–Описание курса/сайта
–Пользователи на сайте
–Внешние RSS – ленты
–Подопечные
–Меню блога
–Мои последние значки
–Текущий пользователь
–Теги
–Теги блога
–Случайная запись из глоссария
–Самостоятельное отслеживание завершения
–Состояние завершения курса
–Свежие записи блога
–Ссылки на разделы
–Результаты элементов курса
–Элементы курса
Ushbu ro‘yxatda nomlari keltirilgan bloklarni kursga qo‘shish huquqi faqat kurs mualliflariga berilgan bo‘lib, mazkur bloklardan talabalar faqat foydalanishlari mumkin.

Kurs elementlari bilan ishlash.


Yuqorida kurs elementlari va kurs resurslari hamda ularning bajaradigan vazifalari bilan tanishib chiqdik. Quyida kurs elementlarini yaratish va ular bilan bajariladigan barcha amallarni o‘rganamiz.

8-rasm. Добавить oynasi.

Страница - modulini yaratish uchun kurs yoki kurs bo‘limlarida mavjud +Добавить элемент или pecypc tugmasi bosiladi. Natijada kurs elementi hamda kurs resurslarini tanlash oynasi aks etadi. Mazkur oynaning Страница modulini tanlab, Добавить tugmasini bosish orqali Добавить страница sahifasini ochish mumkin.




9 - rasm. Добавить страница sahifasi.

Ushbu sahifaning Название maydoniga sahifa nomi, Описание maydoniga sahifa haqida qisqacha ma’lumot, Содержание страницы maydoniga sahifa mazmunini aks etuvchi matn kiritiladi. Отображать название страницы hamda Показывать описание страницы maydonlariga belgi qo‘yish orqali sahifada ikkala mydonlarning ko‘rinib turishligini yoki ko‘rinmashgini ta’minlash mumkin. Ushbu ma’lumotlarni saqlash uchun esa Сохранить и вернуться к курсу tugmasi bosiladi. Bajarilgan ishlarni bekor qilib kursning bosh sahifasiga qaytish uchun esa Отменить tugmasini bosish mumkin.


Файл - modulini yaratish uchun ham +Добавить элемент или pecypc tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan oynadan Файл modulini tanlab, Добавить tugmasini bosish kifoya. Ushbu amallarni bajarish natijasida quyidagi sahifa namoyon bo‘ladi:

10 - rasm. Добавить файл sahifasi.

Добавить файл sahifasining maydonlarini to‘ldirish Добавить Страница sahifasiga o‘xshash bo‘lib, u faqatgina quyidagi o‘zgarishlar bilan farqlanadi.


Ushbu modul turli tipdagi fayllar bilan ishlash qobiliyati mavjud bo‘lganligi uchun ham unga fayllarni yuklash talab etiluvchi maydoniga ega. Ushbu maydonga fayllarni yuklash ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usuli sichqoncha yordamida Drag&Drop usuli orqali, ikkinchisi esa maydondagi Добавить tugmasini bosish orqali.
Foydalanuvchilar yuklangan fayl qanday hajm va kengaytmaga ega ekanligini oldindan bilishlarini ta’minlash uchun maxsus Выводить размер hamda Выводить тип maydonlariga belgi qo‘yish tavsiya etiladi.
Kerak sozlash ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng Сохранить и вернуться к курсу tugmasini bosish mumkin.
Лекция - modulini yaratish uchun +Добавить элемент или pecypc tugmasi bosiladi. Oynadan Лекция modulini tanlab, Добавить tugmasini bosish natijasida Добавить лекция sahifa hosil bo‘ladi:

11-rasm. Добавить Лекция sahifasi.

Лекция moduli asosiy kurs elementlaridan biri hisoblanganligi uchun ham uning sahifalarini to‘ldirish qolgan modullarni to‘ldirishdan farq qiladi. Barcha modullar bilan ishlashda Общее, Общие настройки модуля va Ограничить доступ bo‘limlarini to‘ldirish qoidalari bir xil kechadi.


Лекция moduliga bog‘liq bo‘lgan maxsus bo‘limlarni to‘ldirish tartibi va maydonlar vazifalari bilan quyidagi rasmlardan foydalangan holda ko‘rib chiqamiz.

12-rasm. Внешний вид bo‘limi.

Внешний вид bo‘limining maydonlari quyidagi vazifalami bajaradi:


–Отображать индикатор выполнения - maydoni Да qiymatiga teng bo‘lsa, o‘zlashtirilgan Лекция darslariga o‘zlashtirilganlik haqida belgi qo‘yiladi. Отображать текущий балл - maydoni Да qiymatiga teng bo‘lsa, talaba faoliyati davomida jamlagan ballarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Aks holda esa talaba mazkur modulni yakunlagandan so‘ng natijalarini ko‘rishi mumkin.
–Показывать меню - ushbu parametr yoqilgan bo‘lsa, talabalar Лекция tarkibidagi sahifalar bo‘yicha harakatlanish imkonini beruvchi menyudan foydalanishga ega bo‘ladilar.
–Минимальная оценка для отображения меню лекции - talabalarga ma’ruza menyusi namoyon bo‘lib turishi uchun ushbu maydonga kiritilgan ballar miqdoriga ega bo‘lishlari kerak.
–Слайд-шоу - ushbu parametr ma’ruza modulini slayd-shou shaklida aks etishiga javob beradi.
–Максимальное количество ответов/переходов - ushbu maydonga kiritilgan miqdorda savollar uchun javob variantlarini tuzish mumkin bo‘ladi.
–Использовать комментарий по умолчанию - ushbu parametr yoniq bo‘lsa, berilgan javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida izoh aks etadi.
–Ссылка на следующий элемент курса - ushbu parametr kursning kerakli elementiga o‘tish imkonini beruvchi havola namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.

13-rasm. Доступность bo‘limi.

Доступность bo‘limining maydonlari quyidagi vazifalarni bajaradi:


–Лекция доступна с - mazkur parametr faollashtirilsa, ma’ruzadan belgilangan sana va vaqtdan boshlab foydalanish mumkin.
–Лимит времени - bu parametr ma’ruzadan foydalanishning oxirgi vaqtini belgilaydi.
–Защитить лекцию паролем - bu parametr faollashtirilsa, ma’ruzadan foydalanish uchun paroldan foydalanish mumkin. Parol professor-o‘qituvchi tomonidan o‘rnatiladi.
–Пароль - mazkur moduldan foydalanish uchun kiritilish zarur bo‘lgan maxfiy kod.

14-rasm. Контроль прохождения bo‘limi

Контроль прохождения bo‘limining maydonlari quyidagi vazifalarni bajaradi:


–Разрешить студентам повторное прохождение - ushbu maydon Да qiymatiga teng bo‘lsa, talabalar qayta o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
–Давать возможность повторно ответить на вопрос - bu parametr ma’ruza savollariga qaytadan javob berish imkonini yaratadi.
–Максимальное количество попыток - bu maydon qiymati savollarga javob berish uchun urinishlar sonini belgilaydi.

15-rasm. Оценка bo‘limi.

Оценка bo‘limining maydonlari quyidagi vazifalarni bajaradi:


–Оценка - bu parametr baholash tizimi turini tanlash imkonini yaratadi.
1.Тип - ma’ruza modulini baholashning Отсутствует, Балл va Шкала turlarining biridan foydalanish mumkin.
a) Отсутствует turidan foydalanish orqali mazkur modulni o‘zlashtirilganlik uchun baho berilmaydi hamda Шкала va Максимальный балл maydonlari nofaol holatga o‘tadi;
b) Балл turidan foydalanish orqali esa modulni o‘zlashtirish uchun beriladigan eng yuqori ballni belgilash mumkin. Baholashning Балл turidan foydalanilganda, Шкала maydoni nofaol holatga o‘tadi;
d) Шкала turidan foydalanilganda esa mavjud shkala bo‘yicha baholanadi. Baholashning bu turidan foydalanilganda, Максимальньй балл nofaol holatga o‘tadi.
–Проходной балл - ushbu maydonga o‘tish balining minimal qiymati kiritiladi.
–Тренировочная лекция - ushbu parametrni faollashtirish orqali ma’ruzani sinov uchun faollashtirish mumkin. Ushbu turdagi ma’ruzada olingan natijalar baholar jurnaliga kiritilmaydi.
–Баллы за каждый вариант ответа - bu maydonga har bir javob variantlariga beriladigan ball miqdori kiritiladi.
–Разрешить повторное прохождение - bu parametr faollashtirilsa qayta o‘zlashtirish imkoni beriladi.
–Обработка результатов попыток - bu parametr urinishlar natijasida olingan ballarning maksimal yoki o‘rtacha qiymatini hisobga olishni tanlash imkonini beradi.
–Минимальное количество вопросов - bu maydonga ma’ruzada javob berilishi kerak bo‘lgan savollar soni kiritiladi.
Barcha bo‘limlarning maydonlari tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng, Сохранить и вернуться к курсу tugmasini bosish orqali ma’ruza mashg‘uloti yaratiladi.
Yaratilgan ma’ruzaga o‘quv materiallarni joylashtirishning bir qancha usuli bo‘lib, ulardan istalgancha hohlagan tartibda foydalanish mumkin. Ma’ruza elementi asosan axborot va savollar sahifalaridan iborat bo‘ladi. Ushbu elementga ma’lumot qo‘shishning quyidagi usullari mavjud:
1.Импортировать вопросы - Savollarni import qilish.
2.Добавить информационную страницу/оглавление раздела - Axborot sahifasini qo‘shish/bo‘lim sarlavhasi.
3.Добавить кластер - Klaster qo‘ shish.
4.Добавить страницу с вопросом - Savolga ega bo‘lgan sahifa qo‘ shish.

16-rasm. Добавить страницу sahifasi.

Bilamizki, barcha ta’lim tizimlarida talabalarni mavzu bo‘yicha materiallar bilan ta’minlash vazifasi ma’ruza mashg‘ulotiga biriktirilgan. O‘rganilayotgan element ham xuddi ushbu vazifani bajaradi. Ma’ruza elementining materiallar bilan ta’minlovchi qismi Добавить информационную страницу/оглавление раздела sahifasi hisoblanadi.



17-rasm. Добавить информационную страницу/оглавление раздела sahifasi.

Ushbu sahifa bo‘lim va maydonlari quyidagi vazifalami amalga oshiradi:


–Заголовок страницы - sahifa sarlavhasi.
–Содержание страницы - sahifa matni.
–Содержимое - Mundarijaning birinchi rejasi.
Описание - Birinchi reja sarlavhasi.
Переход - birinchi reja tugmasini bosgandan keyin aks etuvchi sahifa.
Ma’rnza mashg‘ulotining har bir sahifasida kamida bir dona, ko‘pi bilan to‘rt dona reja vazifasini bajaruvchi tugmalar joylashtiriladi.
Ma’rnza elementi uchun savollarni import qilishda Импортировать вопросы sahifasidan foydalaniladi. Moodle tizimi Cloze, Alken, Blackboard, Examview, Gift, Moodle XML, WebCT kabi bir qator fayllarni o‘ziga import qilish imkoniga ega. Savollami import qilish uchun savol formatlaridan birini tanlab, savol fayliniyuklash orqali amalga oshiriladi.

18-rasm. Импортировать вопросы sahifasi.

Ma’ruza elementida o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashda savollardan foydalaniladi. Savollar va uning javoblari test shaklida bo‘lib, uni tashkil etish quyidagi rasmda keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.


Sahifani yaratishdan avval quyidagi oynadan savol turini tanlashga kerak.

19-rasm. Выбрите тип вопроса sahifasi.

Множественный выбор - ushbu turdagi savolda bitta yoki bir nechta to‘g‘ri javoblar bo‘lishi mumkin, har bir savolga berilgan javobga ballar ma’ruza mashg‘ulotiga ajratilgan umumiy ball va undagi savollar soniga qarab belgilanadi. Har bir to‘g‘ ri va noto‘g‘ ri variantli javoblarga izohlar qo‘ shish mumkin.


Краткий ответ -bu turdagi savolga javob talaba tomonidan maxsus matn maydonini to‘ldirish orqali bajariladi. Savolning bu turi test shaklida emas, balki savol-javob shaklida olib boriladi.
Числовой - bu turdagi savolni tashkil etish Краткий ответ shakli bilan deyarli bir xil bo‘lib, faqat bunda javob faqat raqam va sonlardan iborat bo‘lishi kerak.

20-rasm. Добавить страницу с вопросом sahifasi.

Yaratilgan kursga talabalarni qo‘shish.


Mazkur ta’lim tizimida yaratilgan kursdan talabalar foydalanishlari uchun ularni kursga talaba sifatida kurs tarkibiga qo‘shish darkor. Buning uchun kursning Настройки blokidan quyidagi bo‘limga kirish kerak.

21-rasm. Настройки bloki.

Ushbu bo‘limga kirish natijasida quyidagi sahifa namoyon bo‘ladi:



22-rasm. Записанные на курс пользователи sahifasi.

Ushbu sahifada kursga a’zo bo‘lgan barcha foydalanuvchilar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Kursga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilarni Способы записи на курс, Роль, Группа, Статус kabi parametrlar bo‘yicha izlash va saralash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu funksiya turli parametrlar bo‘yicha zaruriry foydalanuvchilarni izlab topish va saralash uchun xizmat qiladi. Birinchi ustundagi Имя / Фамилия/ Индивидуальньш номер / Адрес электронной почтм / Телефон/ Мобильнмй телефон / Отдел / Учреждение (организация) parametrlar bo‘yicha foydalanuvchilarni saralash mumkin. Последний доступ к курсу ustunida foydalanuvchining oxirgi marta tizimga kirgan vaqti aks etadi. Роли ustunida esa foydalanuvchilar tegishli bo‘lgan guruhlar ro‘yxati namoyon bo‘ladi. Группы ustuni yordamida foydalanuvchini mavjud guruhlarga a’zo qilish mumkin. Способы записи на курс ustunida esa foydalanuvchilar kursga a’zo bo‘lgan usulining nomi va vaqti aks etadi hamda mazkur ustundagi * ikonkasi yordamida kursdan foydalanuvchi foydalanish mumkin bo‘lgan vaqt, x ikonkasi yordamida esa foydalanuvchini kurs tarkibidan o‘chirish imkonini beradi.


Kursga turli guruhlar bo‘yicha foydalanuvchilarni qo‘shish uchun Запись пользователей на курс tugmasini bosish kerak. Natija quyidagicha modul oynasi namoyon bo‘ladi:

23-rasm. Записать пользователей на курс oynasi.

Ushbu oynada tizimga a’zo bo‘lgan barcha foydalanuvchilar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Kursga foydalanuvchilarni qo‘shish uchun Назначить роли maydonidan tegishli guruh tanlanadi hamda foydalanuvchi nomi qarshisida joylashgan Записать tugmasini bosish kerak. Kursga qo‘shilishi kerak bo‘lgan foydalanuvchilarni oynaning pastki qismida joylashgan qidiruv maydoni orqali izlash mumkin. Foydalanuvchilarni qo‘shish jarayoni yakunlanganidan so‘ng Оканчание записи пользователей tugmasini yoki oynaning yuqori qismida joylashgan tugmasini bosish kerak.


Kursga oqim va guruhlar qo‘shish.
Mazkur ta’lim tizimini kurslarga a’zo bo‘lgan talabalarni akademik guruhlar va oqimlar bo‘yicha tartiblash imkoniyati ham mavjud bo‘lib, buning uchun kursning Настройки blokidagi Группы bo‘limga kirish kerak.

24-rasm. Группы bo‘limi.

Hosil bo‘lgan sahifa Группы (Guruhlar), Потоки (Oqimlar) va Обзор (Ko‘zdan kechirish) bandlaridan iborat bo‘lib, guruh yaratishdan oldin oqimlarni yaratish maqsadga muvofiqdir.



25-rasm. Потоки sahifasi.

Kurs tarkibida oqim yaratish uchun Создать поток tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi sahifa namoyon bo‘ladi:




26-rasm. Создать поток sahifasi

Yuqoridagi sahifadan ko‘rinib turibdiki, oqim yaratishda Название потока maydoniga oqim nomini, Описание потока maydoniga esa oqim haqida qisqacha izoh yozish yetarli bo‘ladi.



27-rasm. Группы sahifasi

Tizimda oqim yaratish jarayoni yakuniga yetgandan keyin esa guruh yaratish jarayonini boshlash mumkin (27-rasm). Guruh yaratishning uch xil usuli bo‘lib, ular Создать группу (guruh yaratish), автосоздание групп (guruhlarni avtomatik yaratish) va Импортировать группы (guruhlarni import qilish).


Guruh yaratishning oddiy usuli orqali bir paytning o‘zida faqat bir dona guruh yaratish mumkin. Bu usul orqali guruh yaratish uchun Название группы (Guruh nomi), Описание группы (Guruh haqida izoh), Новое изоброжение (Guruh tasviri) maydonlarini zaruriy ma’lumotlar bilan to‘ldirib, Сохранить (Saqlash) tugmasini bosish kerak (28- rasm).

28-rasm. Создать группу sahifasi.

Guruh yaratishning avtomatik usuli orqali bir paytning o‘zida bir nechta guruh yaratish mumkin. Bu usul orqali guruh yaratish uchun Шаблон название (Qolib nomi), Количество групп/участников (Guruhlar/foydalanuvchilar soni), Распределить участников (Foydalanuvchilarni taqsimlash) maydonlarini zaruriy ma’lumotlar bilan to‘ldirib, Отправить (Yuborish) tugmasini bosish kerak (29- rasm).



29-rasm. Автосоздание групп sahifasi.

Guruh yaratishning import qilish usuli orqali ham bir paytning o‘zida bir qancha guruh yaratish imkoniyati mavjud. Bu usulning avtomatik guruh yaratish usulidan farqi shuki, yaratilishi kerak bo‘lgan guruh ro‘yxati matnli fayllardan yuklanadi. Bu usul orqali guruh yaratish uchun Импорт (Import qilish) maydonini zaruriy ma’lumot bilan to‘ldirib, Импортировать групп (Guruhlarni import qilish) tugmasini bosish kerak (30- rasm).



30-rasm. Импортировать группы sahifasi.

Mazkur kurs uchun yaratilgan oqimlar va tashkil etilgan guruhlar hamda ularga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mazkur bo‘limning Обзор sahifasidan foydalanish mumkin (31-rasm). Bu sahifa oqimlar hamda guruhlar kesimida foydalanuvchilarni saralash va oqim tarkibiga kiritilmagan guruhlar haqida ham ma’lumot beradi.



31-rasm. Обзор sahifasi.

Nazorat savollari


1. MOODLE deganda nimani tushunasiz?
2. MOODLE so‘zining kengaytmasi nimani bildiradi?
3. MOODLE tizimida qanday kurs elementlari mavjud?
4. LMS deganda nimani tushunasiz?
5. Kurs yaratish deganda nimani tushunasiz?
6. Yaratilgan kursni qanday sozlanadi.
7. Yaratilgan kursda qanday elementlar mavjud bo‘ladi?
8. Yaratilgan kursga talabalarni qo‘shish qanday amalga oshiriladi?
9. Yaratilayotgan kursda Формат курса bo‘limi nimani belgilab beradi?
10. Yaratilayotgan kursda Количество разделов bo‘limi nimani belgilab beradi?
Download 1.06 Mb.




Download 1.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kurs yaratish va uni sozlash

Download 1.06 Mb.