• Plank doimiysi
  • Reja: Kvant fizikasining paydo bo’lishi




    Download 141.54 Kb.
    bet1/5
    Sana17.12.2022
    Hajmi141.54 Kb.
    #35657
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kvant fizika
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), texnologiya 7 uzb, true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot

    Mavzu: Kvant fizikasi
    Reja:
    1.Kvant fizikasining paydo bo’lishi.
    2.Fotoeffekt hodisasi. Fotonlar.
    3.Fotonning impulsi. Yorug’lik bosimi.
    4.Fotoeffektning texnikada qo’llanilishi.

    1. XIX asrning oxirigacha yorug’lik hodisalari yorug’likning elektromagnit nazariyasi nuqtayi nazaridan tushuntirilib kelindi. Yorug’likning elektromagnit tabiati haqidagi tasavvurlar olimlarni elektromagnit to’lqin energiyasining uzluksiz tarqalishiga o’xshab yorug’lik energiyasi ham uzluksiz uzatiladi, degan fikrga olib keladi. Ammo XIX asrning oxirlarida klassik elektrodinamika asosida tushuntirib bo’lmaydigan hodisalar aniqlandi. Bu yangi holat fiziklarni yana yorug’likning korpuskulyar tabiatiga murojat etishga majbur qildi. Bular qanday hodisalar edi?


    Ma’lumki, yorug’lik hodisalari yorug’likning modda blan ta’sirlashishida namoyon bo’ladi. Bunday o’zaro ta’sirlar ham moddada, ham modda blan o’zaro ta’sirda bo’lgan yorug’likda kechuvchi ma’lum o’zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug’lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi.
    Yorug’likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o’zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanish, fotoelektrik effekt, atom va molekulalarning nurlanishi, rentgen nurlanishi vas hu kabilar kiradi.
    Istalgan temperaturada o’ziga tushayotgan elektromagnit to’lqinlar energiyasini, ularning chastotalaridan qat’iy nazar, butunlay yutadigan jismni absolyut qora jism deyiladi.
    Absolyut qora jism nurlanishi muammosini yechish 1890-yilda nemis fizigi M.Plankka nasib etdi. Yuzaga kelgan qarama-qarshiliklardan qutulish yo’lini izlagan Plank yorug’lik to’lqinlarining uzluksizligi haqidagi klassik tasavvurlar noto’g’ri
    deb hisobladi. U yorug’lik modda tomonidan uzluksiz emas, balki diskret, alohida porsiyalar tarzida nurlanadi,
    degan prinsipial yangi gipozeni ilgari surdi. Plank bu porsiyalarni energiya kvanti yoki kvantlar deb atadi.
    U har bir porsiyaning energiyasi nurlanish chastotasiga proporsional, deb taxmin qildi: E=hv
    Bunda h=6,62*10-34 J*s -nurlanish chastotasiga bog’liq bo’lmagan doimiy kattalik bo’lib, keyinroq olimning sharafiga Plank doimiysi deb ataladi.
    Albert Eynshteyn esa yorug'lik nafaqat kvantlar tarzida nurlanadi, balki kvantlar tarzida tarqaladi va kvantlar tarzida yutiladi degan g'oyani o'rtaga tashladi. Demak, Plank va Eynshteyn fikriga ko'ra yorug'lik dastasidagi energiya uzluksiz bo'lmasdan, balki bu energiya foton deb ataluvchi zarralardagina mujassam ekan.

    Download 141.54 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 141.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kvant fizikasining paydo bo’lishi

    Download 141.54 Kb.