Reja: lms asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi




Download 0.59 Mb.
Sana20.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#42840
Bog'liq
Reja lms asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi
8-маруза, Усмонов Шоҳзодбек, Зубообрабатывающие станки, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 3-dars-Диодлар, mkkjjknnDk3ggmfhcyggdj, mkkjjknnDk3ggmfhcyggdjd, mkkjjknnDk3ggmfhcyggdjdd, Zamonaviy traktor va qishloq xo mustaqil ish 5555, Lingvistika, ma\'ruza-2, Norov Sherali Taqdimoti, Hojimqulov Erkin amaliy ish, Silabus MPA yangi - Sirtqi va OTM (12)

Ozoda Mahmudova
M1-A-21 guruh
3-Mavzu. О‘qitishdagi tizim dasturlari
REJA:
1. LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi
2. LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google classroom platformasi

DEMO versiya— platformaning belgilangan vaqt davomida ishlashi mumkin bo‘lgan nusxasi.


Ochiq kodli dasturiy ta’minot— dasturning kodi ochiqligi sababli tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud bo‘lgan dasturiy ta’minot


Moodle platformasi haqida tushuncha


Moodle— o‘quv materiallarini turli usullarda uzatish (15 turdagi interfaol vosita), bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish monitoringini yuritish uchun mo‘ljallangan platforma. Moodle platformasida o‘quvchilar mustaqil va erkin ravishda istagan bilimini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bevosita uning intellektual salohiyatiga bog‘liq bo‘lganligi bois, ular tomonidan ko‘rgazmalilikning keng imkoniyatlaridan foydalanish egallanayotgan bilim mohiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, bu tizim o‘zining ochiq kodliligi bilan har qanday dasturchiga istalgan ta’lim loyihasini o‘z ehtiyojlariga “moslash” hamda unga yangi xizmat turlarini qo‘shish imkonini beradi. Bu bepul tarqatiladigan platforma o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganish uchun oddiyligi va foydalanishda qulayligi bilan foydalanuvchilarning har qanday talabini qanoatlantira oladi.
Quyida Moodle platformasining DEMO versiyasi bilan ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Open Source ( Ochiq kodli dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus


Perens tomonidan kiritilgan. Ochiq kodli dasturiy ta’minot — dasturning kodi ochiq va undan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, zaruriy holatlarda unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud dasturiy ta’minot.

Moodle platformasida ta’lim olish


1. Moodlening rasmiy manzili (moodle.org) brauzerning manzil qatoriga kiritiladi. Asosiy menyu qatoridan DEMO, ochilgan sahifadan esa Mount Orange School, so‘ng Go to coursestugmachasi tanlanadi.
2. Kurslar ro‘yxatidan Art and Media, bo‘limlar ro‘yxatidan esa Digital Literacyo‘quv kursi tanlanadi.
3. Kirishorqali tizimda ro‘yxatdan o‘tish, agar ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, login va parol yordamida tizimga kirish mumkin (1) .
4. Tilbo‘limi orqali platformaning tilini o‘zgartirish mumkin (2) . Mazkur platforma bir necha tilga tarjima qilingan.
5. O‘quv kursi va uning modullari yordamida kerakli modulga o‘tish mumkin (3) .
6. Kalendarbo‘limi orqali topshiriq, tadbir va xabarlar haqida ma’lumot olish mumkin (4) .
7. K ursning birinchi modulida, asosan, e’lonlarni o‘qish va so‘rovnomalarga javob berish mumkin (5) .
8. Kursning keyingi modullarida matnli, audio, video, taqdimot, glossariy va boshqa turdagi o‘quv materiallarini sahifaning o‘zi orqali yoki yuklab olish yordamida o‘zlashtirish mumkin (6) .
9. T opshiriqlar modulida esa amaliy topshiriq, savol, krossvord, viki topshiriq va testlar beriladi (7) .



Moodleplatformasida har bir mavzu, unga ko‘ra tuzilgan o‘quv materiali va nazorat topshiriqlari alohida-alohida berilishi ham mumkin, chunki aksariyat hollarda o‘quv materiallari va nazorat topshiriqlari aralash holda beriladi. O‘quv materiallari va nazorat topshiriqlarining qay tartibda berilishi o‘qituvchi xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Google Classroom platformasi haqida tushuncha


Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya nomlaridan biri Google ta’limga oid vositalarni taklif etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan holda, Google for Education tashabbusi asosida Google Classroomni ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega foydalanuvchi platformadan bemalol foydalanishi mumkin. Google Classroom platformasida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni bajarishi, savollarga javob berishi, nazorat testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur platformadan xohlagan qurilma va brauzer yordamida foydalanish mumkin. Eng muhimi, Google Classroom — tekin!
Quyida Google Classroomplatformasining ishi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘lish
1. Googleakkaunti orqali tizimga kiriladi (1) .
2. Google Classroomplatformasiga o‘tish uchun Googlexizmatlaridan Classroomtanlanadi (2) .
3. Kursga bog‘lanish uchun (+) belgisi orqali Join Class tanlanadi va muloqotlar oynasida kursning kodi (kursga kirish uchun o‘qituvchi tomonidan beriladigan kod, masalan, 2ubiu5p ) kiritiladi (3) .
4. Tarkibidagi o‘quv materiallari bilan tanishish va topshiriqlarni bajarish uchun kurs tanlanadi (4) .

Google Classroom platformasida o‘quv kursi bilan tanishish
1. Streambo‘limida ijtimoiy tarmoqlar singari xabarlar, o‘quv kursiga kiritilgan materiallar ketma-ketligi
bilan tanishish mumkin (1) .
2. Peoplebo‘limida kurs o‘qituvchilari va kursda ta’lim olayotganlar haqida ma’lumot olish mumkin(3) .
3. Classworkbo‘limi orqali kurs materiallari bilan tanishish mumkin (2) .
4. All Topics— kurs bo‘yicha kiritilgan mavzularning ro‘yxati. Qandaydir mavzu tanlanganda, unga
mos o‘quv materialining ro‘yxati ochiladi (4) .
5. Mavzu bo‘yicha kiritilgan nazariy materiallar (5) , amaliy topshiriqlar (6) , savollar (7)va nazorat
te stlari bilan tanishish, ular tarkibidagi fayllarni ko‘rish mumkin.
6. Amaliy topshiriq, savol va nazorat testlari faollashgan rang shaklida bo‘ladi. O‘quvchilar ularni
tanlab, You work bo‘limi orqali o‘z javoblarini kiritishlari mumkin (8) .
7. Google Calendaryordamida topshiriqlar va turli e’lonlar haqida ma’lumot olish mumkin (9)


Download 0.59 Mb.




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: lms asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi

Download 0.59 Mb.