• Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari
  • Reja: Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati Axborotlar yig’ish




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana26.10.2022
    Hajmi1.45 Mb.
    #28152
      1   2   3   4
    Bog'liq
    D5Bva0UOe7dAJxQyrEU8j1fakoDaD2NDO4th3QyV
    Истории государства и права зарубежных стран ОТВЕТ, 3, Reja-WPS Office, QUVIR TRANSPORTI, 4-амалий машғулот, Индустрия 4 рус, kitob, 169-8-113-Q 21, Amalyot, Biologiya, Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli, pdf 20221207 094347 0000, Avesto, 1-ma\'ruza


    Reja:
    1. Marketingda axborotlarning ahamiyati va
    ularning manbalari
    2. Marketing sohasining axborot tizimi sifatida 
    shakllanishi
    3. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning
    rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati
    4. Axborotlar yig’ish, qayta ishlash va boshqarish
    uchun tayyorlash


    Marketingda axborotlarning ahamiyati va
    ularning manbalari
    Mamlakatda iqtisodiyotni rivojIanishi boshqarish tlzimini mukam
    mallashtirish, axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy
    iqtisodiyotnlng barcha tarmoqIari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib
    vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va
    tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnlka
    taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi
    ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va
    murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar
    intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
    kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan
    axborotlaming miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon
    mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 
    mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab
    chiqarish talab qilinadi. Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to‘la
    foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki
    bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega
    bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1996-
    yilda mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, bu
    korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarini 92.5 foizi zarur
    axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.


    Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va
    marketing muammolarini yechish uchun har
    qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va
    haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini, 
    raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar
    to‘g‘risidagi ma’Iumotlarga ega bo‘lmasdan turib, 
    har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat
    qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur
    amerikalik marketologlardan biri shunday degan
    edi: «Biznesni boshqarish — bu uning kelajagini
    boshqarish, kelajagini boshqarish — axborotga
    egalik qilishdir». 


    bozor
    to‘g‘risidagi
    axborotning
    asosiy manbai
    korxona xo‘jaIik faoliyati va uning
    raqobatchilari to‘g‘risidagi
    ma’lumotlar
    mamlakat, rayon, tarmoq va
    boshqalarning umumiy ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojIanlsh ko‘rsatkichIari
    maxsus tadqiqot va
    kuzatish natijalari


    Korxona xo‘jaIik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichIari bilan
    xarakterlanadi:

    o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) 
    sotishning mutlaq va qiymat miqdori;

    xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish
    quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xomashyo, zaxiralar darajasi, 
    mehnat unumdorligi;

    sotishni tashkil qilish, tovar harakatlari yo‘nalishlari;

    savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, 
    baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;

    kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, 
    vazifalarning taqsimlanishi, yuqori lavozimlarning o‘rnini
    bosish imkoniyatlari, ishchi va xizmatchilarning soni;

    bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus
    kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol
    xususiyati; oxirgi va oraliq iste’molchilarning soni; 


    Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga
    ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar
    kiradi:

    demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;

    aholi va korxonalarning daromadi, xarajati iste’mol
    jamg‘armalarining tarkibi;

    baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;

    hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik
    faoliyatini rivoj- lantirish, nazorat qilish va tartibga
    solish shartlari;

    qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;

    raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 
    ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.



    Download 1.45 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati Axborotlar yig’ish

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish