Reja: Mashina detallariga ta’sir qiluvchi kuchlanishlar




Download 219 Kb.
bet1/2
Sana01.12.2023
Hajmi219 Kb.
#109158
  1   2
Bog'liq
Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishi


Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishi
Reja:
1. Mashina detallariga ta’sir qiluvchi kuchlanishlar.
2. Mustahkamlik zapasi koeffisiyentlari.
3. Birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar
Ruxsat etilgan kuchlanish deganda ma`lum nagruzka ta`siridagi detalning xavfli kesimida xosil bo`ladigan kuchlanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo`lgan va uning yetarli darajada mustaxkam bo`lishini xamda talab etilgan vaqt ichida benuqson ishlashini ta`minlaydigan eng katta qiymati tushuniladi.
Kuchlanishning bu qiymatini topish uchun chegaraviy kuchlanish xamda mustaxkamlik zapasi qiymatlari aniqlangan bo`lishi kerak . Ma`lum chegaraviy kuchlanishning qiymati materiallarning mexaniqaviy xossalariga boglik bo’lib, laboratoriya sharoitida shu materiallarning namunalarini sinash usuli bilan aniqlanadi. Masalan, plastik materiallarning statik cho`zilishini sinash natijasida 1-rasmda keltirilgan egri chiziq xosil bo`ladi. Bunda A nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish proportsionallik chegarasi deb, B nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish oquvchanlik chegarasi deb, D nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish esa mustaxkamlik chegarasi deb ataladi.
Ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini aniqlashda detalga ta`sir etuvchi kuchning va ishlatilgan materialning xiliga qarab, chegaraviy kuchlanish sifatida mustaxkamlik chegarasi (mo`rt materiallar uchun), oquvchanlik chegarasi (plastik materiallar uchun) yoki tolikish chegarasi (nagruzka uzgaruvchan sikl bilan ta`sir etadigan materiallar uchun) olinishi mumkin.

 proportsionallik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
 oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish .
 mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
Plastik materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish quyidagicha topiladi :
=
bu erda , - oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
n - mustaxkamlik zapasi koeffitsienti
Mo`rt materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish quyidagicha topiladi :

bu erda, - mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
Demak, mustaxkamlik zapasi chegaraviy kuchlanishni ruxsat etilgan kuchlanishga nisbatini ko’rsatadi. Uning qiymati ko’pgina faktorlarga, masalan : a) qabul qilingan xisoblash metodining va xisob sxemasining aniqligiga ;
b) detalga ta`sir etuvchi kuch va mo`lentlarning qanchalik to`g`ri hisobga olinganligiga ;
v) ishlatiladigan materialning bir jinslilik darajasiga va xossalarining qanchalik o’rganilganligiga ;
g) detalning shakli, o’lchamlari, sirtining xolati va sifatiga ;
d) detalning muximlik darajasiga bogliq.
Yuqorida keltirilganlar mustaxkamlik zapasining qiymatiga ta`sir qiluvchi faktorlarning asosiylari bo’lib, bundan tashqari, xisoblash yoki tajriba yo’li bilan aniqlanishi juda qiyin bo`lgan faktorlar xam bor.
Mustaxkamlik zapasi koeffitsientining qiymatini mumkin kadar aniq topish uchun differentsial usuldan foydalanish ma`qul bo`ladi. Bu usulga binoan , mustaxkamlik zapasi koeffitsienti uchta xususiy koeffitsientning ko`paytmasi sifatida topiladi.
Ya`ni :
bu erda,
detalga ta`sir qiluvchi kuch va mo`lentlarning xakikiy qiymatlari bilan xisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni xisobga oluvchi koeffitsient .
materiallarning bir jinsliligini , detal tayyorlash texnologiyasi buzilgan taqdirda material mexanikaviy xossalarining normativda ko’rsatilganidan farq qilinishini xisobiga oluvchi koeffitsient .
koeffitsient juda mustaxkam bo’lishni talab etiladigan muxim detallarning mustaxkamlik zapasini qo`shimcha ravishda oshirish maqsadida kiritiladi .
“Mashina detallari” kursida uchraydigan kuchlanishlar turlari bilan tanishamiz .
Normal kuchlanishlar: - siqilish kuchlanishi, - cho`zilish kuchlanishi, - egilish kuchlanishi.
O`rinma kuchlanishlar: - buralish kuchlanishi, - kesilish kuchlanishi.
Bundan tashqari kontakt yuzalarida paydo bo`ladigan kuchlanishlar xam mavjud . - ezilish kuchlanishi , - kontakt kuchlanishi . Masalan, -shponkali brikmalarda , tishli uzatmalarda xosil bo`ladi.
Kuchlanishlar o`zgarmas va uzgaruvchan bo`lishi mumkin. Mashina detallari asosan uch xil turdagi kuchlanishlar bo`yicha xisoblanadi .
Doimiy ( o`zgarmas) kuchlanish .




t
Kuchlanish pul’satsiyalanuvchi sikl bilan o’zgaradi .
Kuchlanish simmetrik sikl bilan o’zgaradi .
Assimmetriya koeffitsienti K quyidagicha topiladi

Detal materialiga asosan quyidagi talablar qo`yiladi .
Mustaxkamlik - materialning tashqi kuchlarga qarshilik ko’rsata olish xossasi . Mustaxkamlik bo`yicha baholanadi. Konstruktsion materilallar uchun
Deformatsiyalanuvchanlik - materiallarning shakl o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish xususiyati . Uni xarakterlaydigan kattaliklar elastik moduli - E va Puasson koeffitsienti - hisoblanadi. Po’lat materiallar uchun ,
Elastiklik - materiallarning shakl va xajmini tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng tiklay olish xossasi . U bo`yicha xarakterlanadi .
Plastiklik - materiallarning tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng sezilarli plastik (koldik) deformatsiyani saqlay olish xossasi .
Energiya to’plashi - elastik energiyani to’plashi xossasi . Bu xossa dinamik kuchlar ta`sirida ishlovchi detallar uchun zarurdir .
Chidamlilik - materialning «charchash»ga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati .
Qattiqlik - materialning indentor kirishiga qarshilik ko’rsata olish qobiliyati . Qattiqlikning aniqlashni bir necha usullari mavjud bo’lib, bu usullar Rokvell, Brinel’ va Vikkers presslarida amalga oshiriladi.
Abraziv ishqalanishga chidamlilik - materialning abraziv yemirilishiga karshi qarshilik ko’rsata olish qobiliyati

Download 219 Kb.
  1   2




Download 219 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Mashina detallariga ta’sir qiluvchi kuchlanishlar

Download 219 Kb.