• Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalardir. Komplementar juftlar.
  • Reja: Nuklein kislotalar kimyosi, ularning tuzilishi va ahamiyati




    Download 196.5 Kb.
    bet1/2
    Sana09.09.2022
    Hajmi196.5 Kb.
    #25728
      1   2
    Bog'liq
    titul farg\'ona tibbiyot instituti3 Nuklein kislotalar kimyosi
    XOR SINFI fan dastur


    Mavzu: Nuklein kislotalar tuzilishi va Ularning funktsiyalari. Nuklein kislotalarning birlamchi va fazoviy tuzilishlari. DNK qo’shspiral.
    Komplementar juftlar. DNKning uchlamchi tuzilishi. RNK turlari. Ribosomalar tuzilishi


    Reja:


    1. Nuklein kislotalar kimyosi, ularning tuzilishi va ahamiyati



    1. Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalardir.




    1. Komplementar juftlar.

    1.Nuklein kislotalar kimyosi, ularning tuzilishi va ahamiyati
    Tirik organizm tarkibiga kiruvchi molekulalar orasida organik moddalar ko’proq boladi. Organik birikmalarning molekulalari har xil bo’lib, ko’pchiligi juda murakkabdir. Ulardan biri tirik hujayra uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qilsa, boshqasi hujayrani funksional ishlashi uchun energiya bilan taminlaydi, uchinchisi esa hujayrada kechadigan reaksiyalarni boshqarishda muhim rol oynaydi.
    Juda murrakkab organik molekulalar qatoriga uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalarni kiritish mumkin. Bu molekulalar yirik makromolekulalar hisoblanadi. Bu makromolekulalarning har birining o’ziga xos tuzilish va funksiyalarga ega bo’ladilar. Karbonsuvlar va lipidlar hayotning barcha formalari uchun asosiy kimyoviy energiya manbai bolib xizmat qiladi. Oqsillar tirik hujayraning tuzilish elementlari bolib, yana ular katalizator sifatida va hujayralararo jarayonni boshqarishda katta ahamiyatga ega. Nuklein kislotalar nasliy axborotlarni saqlashda, uzatishda birlamchi rol oynaydi va maxsus oqsillar hamda boshqa moddalar sintezida juda keraklidir. Murakkab makromolekulalar juda ko’p sonli oddiy molekulalardan tuzilgan, nisbatan uncha katta bolmagan molekulalar qurilish materiallari bolib xizmat qiladi va bir-birlari bilan uzun zanjirlar orqali birikkan boladi. Oqsil nomi tuxum oqi nomidan kelib chiqqan sodda atama. Oqsillar haqida XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning birinchi choragida olingan malumotlar, asosan, gidroliz qilish yoli bilan ular tarkibiga kiradigan aminokislotalarni aniqlash va songra oqsil tarkibida peptid shaklida boglanishni belgilash bilan chegaralanadi. Oqsillar biologiyasi soxasidagi bu boshlangich malumotlarni olishda mashhur rus olimi A.Y. Danilevskiy (1838-1923), nemis olimi Emil Fisherning (1852 – 1919) tadqiqotlari katta axamiyatga ega boldi. Nuklein kislotalarni birinchi bo’lib, yangi biologik modda sifatida 1868-yilda shvetsariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf qilingan. U yiringlash jarayoni sababchisi bo’lgan qon elementi leykositlar yadrosidan ajratib olingan fosforga boy birikmaga ”nuklein’’, deb nom bergan. Nuklein kislotalar tarkibida fosfat kislota qoldig’i bo’lgani uchun kislota nomi berilgan. 1891-yilda nemis olimi Kossel nuklein kislotani gidrolizlab, uning 3 xil kompanentdan iborat ekanligini aniqladi. Тriplet Krik ifodasiga ko’ra kodon deb nomlangan.

    1953-yilda Gamov (AQSh) genetik kod 3 ta nukleotid to’plamdan (triplet koddan) tashkil topgan bo’lishi kerak, degan g’oyani ilgari surdi. Haqiqatdan ham, bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinatsiya hosil qilish mumkin. 1961-yil boshlarida ingliz olimi Krik genetik kod muammosining matematik analiziga asoslanib, kod haqiqatda ham tripletli xarakterga ega, degan xulosaga kelgan. ХХ asrning 2-yarmida ko’plab mamlakatlarda o’limga sababchi bo’lgan turli yuqumli kasalliklar (vabo, o’lat, chechak) yo’qotildi. Ammo keyingi vaqtda yuqumli kasalliklar kamaygan bo’lsa, rak, yurak-qon tomir sistemalarining jarohatlanishi, moddalar almashinuvi, ruhiy va nasliy (irsiy) kabi kasalliklar juda ham ko’payib bormoqda. Тirik sistemalarning strukturaviy tuzilishi, funksiyasi mukammal o’rganilgandagina, kasalliklarning tabiati to’g’ri aniqlanib, davolanadi hamda kasalliklarning oldini olish mumkin bo’ladi.



    Download 196.5 Kb.
      1   2




    Download 196.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Nuklein kislotalar kimyosi, ularning tuzilishi va ahamiyati

    Download 196.5 Kb.