Reja: O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi




Download 48.5 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi48.5 Kb.
#41338
  1   2
Bog'liq
O\'zbekiston olimlarining fizika taraqqiyotiga qo\'shgan hissalari
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari

O'zbekiston olimlarining fizika taraqqiyotiga qo'shgan hissalari
Reja:

  1. O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi

  2. O’zbekiston fiziklarining fizika taraqqiyotiga qo’shgan hissasi

  3. Yadro fizikasi institutining yangi rivojlanish davri

O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi - 1920 yilda O’rta Osiyo davlat universiteti tashkil etildi. Keyinroq viloyatlarda ham pedagogika institutlari, ilmiy tekshirish institutlari tashkil etildi. Umuman ilm-fanni tashviqot qilish, milliy kadrlar tayyorlash va yangi ilmiy tekshirish ishlarini yo’lga qo’yish uchun:

  • Maktablarda o’quv ta’limini olib borish uchun O’zbekiston ta’lim va maorif ishlar vazirligi;

  • Oliy va maxsus o’rta ta’lim vazirligi;

  • O’zbekiston fanlar akademiyasi tashkil etildi.

Zamonaviy fizika shartli ravishda bir necha bo’limlardan tashkil topgan. Uning rivojlanishida O’zbekiston fiziklarining qo’shgan hissasi nuqtai nazardan quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni aytib o’tish mumkin:

  • qattiq jism fizikasi,

  • elementar zarralar va kosmik nurlari fizikasi,

  • yadro fizikasi,

  • past temperatura fizikasi,

  • elektronika,

  • issiqlik fizikasi,

  • fizikaviy optika,

  • polimerlar fizikasi

  • va boshqa ayrim maxsus yo’nalishlar.

Ko’rsatib o’tgan sohalar bo’yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar 1943 yilida ta’sis etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zRFA)ning qator ilmiy tadqiqot institut (ITI) larida, mamlakatimizning oliy o’quv yurtlarining kafedralari va ilmiy texshirish laboratoriyalarida sobiq ittifoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan keskin hamkorlikda o’tkazilib kelgan. Bu tadqiqotlar natijasida respublikamizda fizika fani keng rivojlandi, katta bir ilmiy maktablar shakillandi va buyuk olimlar tayyorlandi. Ularning amaliy va nazariy natijalari tegishli ilmiy yutuqlarga erishishga asos berdi. Hozirga kelib fizika sohasi bo’yicha Mirzo Ulug`bek nomli O’zbekistton Milliy universitet qoshidagi Amaliy fizika Ilmiy tadqiqot instituti (AFITI), aksariyat oliy ta’lim muassasalarining fizika kafedralari hamda quyidagi O’zbekiston FA ning 6 ta ilmiy tadqiqot institutlari:

  • Fizika texnika instituti (FTI). “Quyosh” - ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi;

  • Issiqlik fizikasi bo’limi;

  • Yadro fizikasi instituti (YaFI);

  • Elektronika instituti;

  • Polimerlar fizikasi instituti;

  • Astronomiya instituti faoliyat olib bormoqda.

Quyida ularning ayrimlari xaqida batafsil tuhtalib o’tamiz.
O’zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ilk izlanishlar asrimizning 20 yillaridayoq boshlangan. Lekin 40 yillar oxiridan boshlab, akademik S.A.Azimov rahbarligida O’zbekiston fanlar akademyasi fizika texnika institituda (FTI), kosmik nurlar laboratoriyasi va o’rta osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O’zbekistton Milliy universiteti)da tashkil qilingan yadro fizikasi kafedrasida yadro fizika sohasi dagi ishlar muntazam o’tkazilib keldi.
1955 yilda amaliy yadro fizikasi bo’yicha keng ko’lamdagi ishlar boshlab yuborildi. Bunda U.O.Orifov tashabbus ko’rsatdi: FTIda kobalt-60, gamma-nurlatgich manbai bo’lgan qurilmada ipak qurti pillasining ishlovida gamma-nurlaridan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etila boshlandi. O’sha yilning avgust oyida FTIning direktori U.O.Orifov inistituti fizikaviy tadqiqotlar o’tkazish va radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan quvati 100 kvatt bo’lgan yadro reaktori qurilishi lozimligi asoslab berilgan xujjatni respublikamiz vazirlar kengashiga topshirdi. Shundan keyingi voqealar kutilgandan xam yaxshi bo’ldi.
Muso Mo’minov O’zbekistonda birinchi bo’lib suv, tproq, mevali daraxtlar, yovvoyi hamda madaniy ekinlarning radioaktivligini o’rganishni boshlab berdi. Bu tadqiqot mavzusi – tabiatni muhofaza qilish ishi bilan chanbarchas bog`liq bo’lib, olimning ilmiy qarashlari kengligi, voqealarni oldindan ko’ra olishga bo’lgan o’zidagi ishonchdir.
Muso Mo’minovning bu boradagi ishlari keng jamoatchilikka o’z davrining ko’plab ilmiy ommobop jurnallaridan e’lon qilingan va barchaga manzur bo’lgan. 1955 yilning oktyabr oyida akademik I.V.Kurchatov va uran bo’linishining zanjir reakstiyasi nazariyasi bo’yicha ishlar mualliflaridan biri Y.B.Xaritonlar O’zbekistonda o’tkaziloyotgan tadqiqot ishlarida radioaktiv izotoplarning qo’llanilishi bilan tanishadilar, o’sha vaqtda yagona bo’lgan fizika-texnika institutining laboratoriyalarida bo’lib, bu ishlar atom fizikasi va texnikasi yutuqlarini fan va texnikada keng qo’llash rejalarining bir qismi edi. 1956 yilning avgust oyida mazkur reja amalga amalga oshirilida ya’ni bunda turli xududlarda yadro reaktorlari va boshqa fizikaviy qurilmalar bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot markazlarini barpo etish ko’zda tutildi.
Toshkentda O’zbekiston fanlar akademiyasida yadro fizikasi institutini ochish va unga qarashli reaktor va siklotron qurish va yadro fizikasi sohasida keng miqyosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan laboratoriyalarni tashkil qilish va xodimlarni turar joy bilan ta’minlash rejasi tasdiqlandi. Institut oldiga yadro fizikasining asosiy masalalari bo’yicha, radioaktiv izotoplardan biologiya, ximiya, medistina va texnikada keng foydalanish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish vazifasi qo’yiladi.
Institut rahbariyatida taniqli olimlar, akademiklar U.O.Orifov, S.A.Azimov va S.V.Starodubstevlar mehnat qildilar. 1956 yilning ikkinchi yarimidayoq institut ob’ektlarini loyihalash va qurish ishlari bilan bir qtorda tadqiqotlaning asosiy yo’nalishlarishakllana boshladi, murakkab yadro fizikaviy qurilmalarni ishlatish va ularning yordamida fan, xalq xo’jaligi, texnika va sog`liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni bajarish uchun mutaxxasislar tayyorlana boshlandi.
1959 yil sentyabrda VVR-S yadro reaktori ishga tushirildi. Uning quvvati 2 megavattni tashkil etdi. Unda yadrospektroskopiyasi, radiastiya fizikasi va radiatsia materialshunosligi, aktivastiya tahlili bo’yicha tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Keyinroq kristallar strukturasini neytron grafik tahlili va yadroning bo’lininsh parchalarini masspektrometrik uslu asosida o’rganish bo’yicha ishlar boshlandi. Yana shu yili Toshkentda atom energiyasidan tichlik maqsadida foydalanish bo’yicha ilmiy konferenstiya bo’lib o’tdi. Unda yadro fizikasiga radioaktiv izotoplar , hamda yadronurlanishlarini turli sohalarda qo’llashga oid 200 dan ma’ruzalar tinglandi. Umuman olganda, mazkur konferenstiyaning o’sha davrda Toshkent shahrida o’tganligi respublikamizda yadro fizikasi fanintng rivojlanishad tarixiy ahamiyatga egadir.
Yadro fizikasi bo’yicha atom reaktorlaridan foydalanish, yuqori saviyada o’tkazilgan dastlabki muntazam tadqiqot ishlarini R.Bekjonov boshlab berdi.uning rahbarligida neytronlar spektrometri yaratildi va reaktorning gorizontal kanalidagi neytronlar oqimining harakteristikalari o’rganildi. Isiiqlik neytronlarining ba’zi bir yadrolar bilan o’zaro ta’sir kesimlari ilk bor aniqlandi. Shuningdek R.Bekjonov tomonidan betta va konversiya elektronlarining spektrlari ham o’rganila boshlandi. Keyinchalik bu laboratoriyada atom yadrolarining uyg`ongan holatdagi hossalari turli uslular bilan kompleks ravishda tadqiq etila boshlandi. Ular respublikamizda yadro spektroskopiyasi bo’yicha o’tkaziladigan tarmoqlangan tadqiqotlar asosini tashkil etdilar. Mazkur laboratoriya u tashkil topgan kundanoq qator yirik ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlar boshlab yuborildi.
Shunday qilib 60 yillar o’rtalaridayoq institutda o’zining tadqiqot yo’nalishlari-yadro fizikasi, radiastiya fizikasi va materialshunosligi, aktivastiya tahlili va radioximiya shakllana boshladi.Mazkur sohalarda olingan qator ilmiy natijalar O’zbekiston FA Yadro fizikasi institutining Sobiq ittifoqning etakchi ilmiy markazi sifatidagi o’rnini aniq belgilab berdi. Yadro spektroskopiyasi va radiastiya materialshunosligi, qattiq jismlar fizikasi bo’yicha qilingan tadqiqotlar umumiy e’tirofga sozovor bo’ldi.
1963 yilda Toshkentda tadqiqotlar uchun mo’ljallangan yadro reaktorlaridagi ishlarni o’zaro muvofiqlashtirish bo’yicha Umumittifoq kengashi o’tayotgan vaqtda reaktorning quvvatini oshirib ta’minlash zaruriyati to’g`risida masala ko’tarilgan edi. Unda tajribalar o’tkazish va materiallarni nurlantirish imkoniyatlarining oshirilishi ko’zda tutilgan edi. 1971 yil reaktorning aktiv zonasinin loyihasi ishlab chiqildi. Bu zonada Uran-235 bilan juda ko’p boyiltirilgan yadro yoqilg`isi bo’lgan ko’p trubali issiqlik ajratuvchi IRT-M elementlarini ishlatish ko’zda tutildi. Montaj ishlari tugallanib, yangi aktiv zona 10 megavatt quvvatga chiqarilgan sharoitda sinashdan o’tkaziladi.
Yadro fizikasi institutining yangi rivojlanish davri 1978 yildan boshlandi. Shu vaqtdan to 1988 yilgacha bo’lgan yillarda institutdagi ishlar akademik Xabibulllaev rahbarligida davom ettirildi. U vaqtga kelib institut takibida radioaktiv izotoplar va ularning birikmalarini tayyorlashga mo’ljallangan xo’jalik hisobidagi tajriba – ishlab chiqarish korxonasi –“Radiopreparat” tashkil topgan edi, institut tarkibida tajriba zavodi bo’lgan radiastiya texnikasining maxsus konstruktorlik byurosini tashkil etish bo’yicha materiallar tayyorlangan edi. Institutdagi ishlarni jadallashtirish va ularni respublikamizning tog`-metallurgiya, elektron va kimyo sanoatining rivojlanishiga bog`liq bo’lgan muammolarini echishga yo’naltirish natijasida 1980 yilgacha yadro-fizika qurilmalarini mukammalashtirish, xo’jalik hisobidagi bo’linmalarni rivojlantirish, sanoat korxonalari bilan olaqalarning yangi shaklari, ular qoshida laboratoriyalar tashkil etish bo’yicha ishlar majmui bajarildi.
Keyingi 10 yilda institutni xalqaro ilmiy hamkorlik darajasida e’tirof etish va tadqiqot natijalarini respublikamiz xalq xujaligida yanada kengroq tadbiq etish boshlandi.
Yadro spektroskopiyasi va yadro reakstiyalari bo’yicha tadqiqotlar bilan bir qatorda 1972 yildan institutda U.G`.G`ulomov rahbarligida Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna) va AQSh hamda boshqa mamlakatlarning ilmiy markazlaridagi olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan relyativistik yadro yadro fizikasi rivojlana boshladi va boshqa yo’nalishdagi tadqiqot ishlari ham boshlab yuborildi.

Download 48.5 Kb.
  1   2




Download 48.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi

Download 48.5 Kb.