Reja: Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash




Download 206.16 Kb.
bet1/3
Sana31.05.2022
Hajmi206.16 Kb.
#22481
  1   2   3
Bog'liq
Tiristorlar, Suv molekulasining tuzilishi,suvning kimyoviy xossalari.Tabiiy suv va uning tarkibi.Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari, Баскетбол, 2-топ 6 вар, 1-amaliy ish, 5-amaliy ish, Axborot xavfsizligi tushunchasi va vazifasi-hozir.org, tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)

Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash
 
 
 
Reja:
1. Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash.
2. Yoyning issiqlik harakteristikasi
3. Metallarni elektrik yoy yordamida dastaki usulda payvandlash
4. Payvandlashda ro’y beradigan metallurgik jarayolar
5. Payvand chokning tuzilishi

Elektrod bilan payvandlanadigan metall oralig‘idagi ionlashgan gaz va bug‘ muxitidan o‘tib turuvchi kuchli elektr razryadiga payvandlash yoyi deyiladi. YOyning tashqi ko‘rinishi uning yonish sharoiti bilan belgilanadi. . Payvandlash yoyining Agar elektr payvandlash yoyining sxemasiga nazar tashlasak, (3.1-rasm), yoy metall elektrod 1 bilan payvandlanayotgan metall 2 orasida yonib metall vannasi 3 ni hosil qilishini ko‘ramiz. YOy ustunida temperatura 60000 ga, anod va katod uyalarida esa 2000-30000 ga etadi. Yоy hosil qilish uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on qisqa tutashtirib 3-4 mm uzoqlashtirish kifoya. Bu protsessni tushunib olish uchun yoy hosil qilish ketma-ketligini kuzatamiz.


Ma’lumki, elektrodni metallga tekkizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi zichligi nihoyatda katta (20-
100 a/mm2) bo‘lgan tok ayrim-ayrim kontakt sxemasi.
nuqtalaridan o‘tib, ularni shu ondayoq suyuqlantirib 1-elektrod; 2-payvandlanadigan yuboradi. (3.2-rasm: a). Natijada elektrod bilan metall metall; 3-vanna.
orasida suyuq metallning yupqa pardasi hosil bo‘ladi. (3.2-rasm: б).
3.2-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoyini yondirish sxemasi.
a-elektrodning qisqa tutashuvi; б-yupqa suyuq metall pardasining hosil bo‘lishi; в-bo‘yin hosil bo‘lishi; г-elektr yoyning hosil bo‘lishi
Keyingi daqiqada, ya’ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishida suyuq metallda bo‘yin hosil bo‘ladi. (3.2-rasm: в). Bo‘yinda tok zichligi, binobarin, metall temperaturasi yanada ortadi, bu esa suyuq, metallning bug‘lanishiga olib keladi va natijada bo‘yin uziladi va oraliq gazlar bug‘larga to‘ladi.
Elektrod (katod)ning qizigan yuzasidan elektronlar (elektrik maydon ta’sirida) katta tezlikda uchib chiqib, asosiy metall (anod) tomon harakatida oraliqdagi gaz molekulalari (metall bug‘i atomlari) bilan urilib, ularni ionlashtiradi. Natijada, yoy oralig‘idagi muhit elektr o‘tkazgich muhit bo‘lib qoladi va u orqali elektr toki o‘taveradi (razryad mavjud bo‘ladi).
Ma’lumki, gaz va bug‘lar odatdagi fizikaviy sharoitlarda elektrik neytral muhit hisoblanadi. Gazda elektr zaryadlari bo‘lgan zarrachalar mavjud bo‘lgani taqdirdagina undan elektr toki o‘ta boshlaydi. Gazda elektronlar, musbat ionlar, manfiy ionlar bo‘lganda bunday gaz ionlashgan gaz deb ataladi. Moddaning elektr toki bilan zaryadlangan zarrachalari ionlashgan gaz muhitida elektr energiyasini tashiydi.
Elektrod bilan asosiy metall orasida harakatdagi elektronlar gazni ionlashtirishi
3.3-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan.

Download 206.16 Kb.
  1   2   3




Download 206.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash

Download 206.16 Kb.