Reja: Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish




Download 54.02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.11.2022
Hajmi54.02 Kb.
#30631
Bog'liq
Mavzu Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartla



Mavzu : Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va
korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yoʻllari .
Reja: 
1). Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish.
2) Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari bilan
tanishish. 
3) Korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yoʻllari.


¹. Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish
bilan 
bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin. 
1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish 
mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa
muddatda 
minimallashtirish masalasiga kiradi. 
2. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p
foyda 
keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani
maksimallashtirish 
masalasiga kiradi. 
3. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab
chiqarish 
hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda
foydani 
maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani
maksimallashtirish 
masalasini ko’rib chiqdik.


². Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham
darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni
rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas,
balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig
taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari
oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab
sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq
bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab
chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mav judki, uni
iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi
bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga
qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har
qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqador ligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim
mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar
aylanmasi hajmini ta’min laydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga
mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari,
mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx
siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini
ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof
monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan
bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z
mahsulotining o’ziga xos xislat lariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati,
reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar,
bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari,
raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
talabi aniqlanadi,
xarajatlari baholanadi,
raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgi lashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada
iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan
ustama narxlar yakunini ifodalaydi.


«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan
ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga
intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma
mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiya si agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf
keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim
tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar.
Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha
ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini
ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni
ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali
etarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga
ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:
eng yangi mahsulot;
texnikaviy ilg’or mahsulot;
original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy
masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.
Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati
darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib
kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi
mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday
hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil
tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga
harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini
amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki ishlab
chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibati dir. SHu sababli mahsulotning turiga
qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko’paytirish uchun narxlar
pasaytiriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir.
Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini
miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan
chegaralangandir.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni
ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini
oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi
xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib
chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova
ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini
amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u


savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish,
ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va
boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari
tashkil etadi degan fikrga asoslangan.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U
resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish
deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab
chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda
qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun
eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har
doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir
vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy
xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning
deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu
korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan
tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin.
Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish
haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy
korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga
qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi
normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda
xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham
farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib
tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy
tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
³. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
Bozor munosabatlari sharoitida h ar qanday ishlab chiqarish korxonasi 
rahbari tu rli xil oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga majbur 
bo'ladi.
"Xarajatlar — ishlab chiqarish hajm i — foyda" (Cost-Volume-Profit) 
o'zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar 
uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi
yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlarvamaslahatchilar korxona 
moliyaviy ahvolini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim 
tavsiyalar berishi mumkin.
Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to'liq 
qoplash nuqtasi bo'lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq 
usuli hisoblanadi.
Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga 
oid h ar bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxonaning moliyaviy 
ahvolida namoyon bo'ladi.
"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" quyidagi imkoniyatlarni 
beradi:


— ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;
— xarajat, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o'zaro bog'liqligi ta’siri 
natijasida xarajatning qanday o'zgarishi mumkinligini aniqlash;
— korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishlariga ko'maklashish;
— korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar 
orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.
"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlili tizimi nafaqat 
kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxona rahbarlari uchun ham 
ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim aham iyatga ega. 
Bu tizim ida xarajat, ishlab chiqarish jarayoni va moliyaviy natijalar 
bogliqligiga ta ’sir etuvchi turli xil omillar o'rganiladi. Bu holat korxona 
menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o'zgaruvchan va doimiy 
xarajat, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida 
qaror qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.
CVP-tahlili m arjinal darom ad, rentabellik ostonasi (zararsizlik 
nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning m arjinal zaxirasi 
kabi asosiy elementlardan iborat.
M arjinal darom ad korxonalarda m ahsulot (ish va xizm at)larni 
sotishdan olinadigan tushum va ulam i ishlab chiqarish tannarxi summasi 
o'rtasidagi tafovutni ifodalaydi.
Doimiy va o'zgaruvchan x arajatlarn i qoplovchi tushum hajmini 
hisoblash uchun korxonalarda m arjinal daromad hajmi va koeffitsienti 
ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
Maijinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlam i qoplash va 
foyda olishga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Uni hisoblashning ikki usuli 
mavjud:
— birinchi usulda mahsulotni sotishdan tushgan tushum dan barcha 
o'zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlanadi;
— 
ikkinchi usulda esa m aijinal daromad hajmi korxona doimiy 
xarajatlari va foydasini qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.
Maijinal daromadning o'rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan 
o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar o'rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu 
ko'rsatkich mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan doimiy xarajatlarni 
qoplashga qo'shilgan hissa va olingan foydani aks ettiradi.
Maijinal daromad koeffitsienti mahsulot sotishdan olingan tushumdagi 


maijinal daromadning ulushi yoki tovar bahosidagi maijinal daromadning 
o'rtacha ulushini ifodalaydi.
Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida 
CVP - tahlilini o'tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular 
ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zararsizlik 
nuqtasini aniqlash va unga ta ’sir etadigan omillarni hisoblash uchun 
ko'plab formulalar qo'llaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o'zi ham 
shunday har tomonlama qulay formulani qo'llashni talab etadiki, u CVP
- tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o'zaro aloqadorligini 
ta ’minlash va ancha oddiy yo'l bilan h a r bir omilning ta’sirini aniqlashga 
imkon tug'dirishi lozim. Bunday m aqsadga erishish uchun quyidagi 
formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
X.+F 
XH+F 
Mf=— — = — —

M„ 
В - X
d

uz
bu erda,
Mf — m ahsulot hajmi;
Xd — doimiy xarajatlar summasi;
F — foyda summasi;
Mb — m arjinal daromadning m ahsulot birligiga to'g'ri keladigan 
summasi;
Bm — m ahsulot birligi bahosi;
Хцг— o'zgaruvchan xarajatlam ing mahsulot birligiga to'g'ri keladigan 
summasi.
Quyida 100000 so'mlik foydani olish uchun rejalashtiriladigan sotish 
hajmini aniqlaymiz.
Хл+Ғ 
5 0 0 0 0 0 + 1 00000
Mf= — *
— = ------------------------- = 7500 kg
В - X


2 0 0 - 120

uz
1. Bu erda mahsulotni zararsiz sotish hajmi quyidagi ni tashkil etadi:
X, 
5 0 0 0 0 0
M = ------ * - = ------------------------- = 6250 kg
г 
B - X
2 0 0 - 120
2. B erilgan k o o rd in atla rd a g i k u tilay o tg a n foyda sum m asini 
aniqlaymiz:
F = M /B - X J - X d=7500(200 - 120) - 500000 = 100000 so'm
3. Berilgan koordinatlardagi doimiy xarajat summasini aniqlaymiz:
Xd= M /B - Xu2)-F = 7500(200 - 120) - 100000 = 500000 so'm
4. Sotuvning rejalashtirilgan bahosini aniqlaymiz:


X,+F 
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
M = X + —------ = 120 + -------------------------- = 200 so'm
Mf 
7 5 0 0
5. O'zgaruvchan xarajatlam ing m ahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan 
summasini aniqlaymiz:

X,+F 
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
X = B - — ------ = 2 0 0 ---------------------------- = 120 so m
Mf 
75 0 0
6. M arjinal darom adning m ah su lot birligiga to'g'ri keladigan 
summasini aniqlaymiz:
X.+F 
5 0 0 0 0 0 + 1 0 0 0 0 0
M = --------- = ------------------------- = 80 so'm
Mf 


7 5 0 0
"Xarajat— ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlilining muhim sharti 
korxona xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchanlarga bo'lish hisoblanadi. 
Doimiy xarajat ishlab chiqarish va sotuv hajmiga bog'liq bo'lmaydi, 
o'zgaruvchan xarajat esa - bu ikkita omilning o'zgarishiga mutanosib 
ravishda o'zgarib turadi. Shu bois, yuqorida keltirilgan formulalarga 
asosan zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulotni zararsiz cotish 
koeffitsienti ko'rsatkichidan foydalanish m aqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz.
U quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
қ- J L .
bu erda,
K2 — mahsulotni zararsiz sotish koeffitsienti;
Mz
— mahsulotni zararsiz sotish hajmi;
Mf
— mahsulotni foydali sotish hajmi.
Quyida mahsulotni zararsiz sotish koeffitsientini hisoblaymiz:
К _ j>250_ _ о eg 
7 5 0 0
Bu koeffitsient yordamida mahsulot sotish hajmiga bogTiq zararsizlik 
ko'rsatkichini aniqlaymiz.
1. 
M ahsulot sotish hajmini qiymat ko'rinishida aniqlaymiz.
1500000 х 0,83 = 1245000 so‘m
2. Mahsulotning zararsiz narxini belgilaymiz.
100 x 0,83 = 83 so'm
3. M ahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o'zgaruvchan xarajatlarni 
aniqlaymiz.
60 x 0,83 = 49,8 so'm
4. Mahsulot birligiga to'g'ri keladigan m aijinal daromad summasini 
aniqlaymiz.
40 x 0,83 = 33,2 so'm
SVR - tahlil tizimi hisob-kitoblami soddalashtiradi va ulaming mehnat 
talabliligini kam aytiradi, shuningdek, qabul qilinadigan boshqaruv 
qarorlari samaradorligini oshirishga imkon beradi.
SVR - tahlili amaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham 


yuritiladi.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab 
chiqarishining shunday hajmi va tushum i tushuniladiki, bunda barcha 
x arajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta ’minlanadi, ya’ni, 
m ahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha 
xarajatlari yig'indisiga teng bo'ladi. Bu sotuvning shunday hajmiki, unda 
korxona foyda ham, zarar ham ko'rmaydi.
Mazkur nuqta "Xatarli”, "O'lik" yoki "Muvozanat" nuqtasi deyiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani ВЕР ("Break-even point") sifatida 
belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.
Adabiyotlar
;
1. Karimov I.A. O'zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li. T., «O'zbekiston», 1993.
2. Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtarish yo'lida. T., "O'zbekiston", 1995.
3. Karimov I.A, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T. «O'zbekiston», 1992.

Download 54.02 Kb.




Download 54.02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish

Download 54.02 Kb.
Pdf ko'rish