Reja. Qurilish shartnomalarining turlari




Download 40.2 Kb.
bet1/7
Sana04.03.2024
Hajmi40.2 Kb.
#166454
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21-mavzu. Qurilish shartnomalarida tushumni tan olish xus.

21-mavzu. Qurilish shartnomalarida tushumlarni tan olishning xususiyatlari.

REJA.

  1. Qurilish shartnomalarining turlari.

  2. Qurilish shartnomalarida xarajatlarning qamrab olinishi.

  3. Qurilishdagi shartnoma bo‘yicha daromad va xarajatlarni tan olish.


Qurilish shartnomalarida tushumlarni tan olish o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.

Қурилиш шартномаси бу – объект ёки комплекс объект қурилишини махсус назарда тутувчи шартномадир, қайсики конструкцияси, технологияси ва функциялари, уларнинг охирги мўлжалланганлиги ёки фойдаланиши бўйича ўзаро алоқада ва ўзаро боғлиқликда бўлади.


Qurilish shartnomasiga fikslashgan bahodagi shartnoma va “xarajatlar plyus” shartnomalari kiritiladi:
Fikslashgan bahodagi shartnoma – bu sharnomaga muvofiq pudratchi shartnomaning fikslashgan bahosiga yoki har bir mahsulot birligi bo‘yicha fikslashgan stavkaga kelishadi, qaysiki xarajatlarning o‘sishi sababli oshib ham ketishi mumkin.
Xarajat plyus” shartnomasi – bu qurilish shartnomasi bo‘lib, unga muvofiq pudratchiga yo‘l qo‘yilgan yoki boshqacha aniqliqdagi xarajatlar hamda plyus ushbu xarajatlardan foiz yoki fikslashgan rag‘batlantirishlar qoplaniladi.
Qurilish shartnomasi bitta ob’ektning qurilishi va jihozlanishi bo‘yicha tuzilishi mumkin. Bularga misol qilib, ko‘prik, bino (zavod yoki fabrika), dambalar, trubaprovodalar, yo‘l, aeroport, sudna yoki tunnel qurilishlarini kiritish mumkin. Ushbu shartnomalar bir-biri bilan konstruksiyasi, texnologiyasi yoki funksiyasi, yoki oxirgi mo‘ljallanganligi yoki foydalanishi bo‘yicha o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda bo‘lgan qator ob’ektlarning qurilishi uchun ham tuzilishi mumkin. Bularga neftni qayta ishlovchi zavod yoki boshqa murakkab bo‘lgan qurilishlarni kiritish mumkin.
Qurilish shartnomalarining turlarga quyidagilar kiradi:
a) Ob’ekt qurilishi yoki loyihani boshqarish yoki arxitektura qo‘llab quvvatlanishiga doir ob’ektlar bo‘yicha shartnomalar;
b) ob’ektlarni buzib tashlash yoki tiklash bo‘yicha shartnomalar;
s) buzib tashlangandan keyin atrof-muhitni tiklash yoki ob’ektlarni qayta tiklash bo‘yicha shartnomalar.
Qurilish shartnomasi bo‘yicha tushumga kirishi shart:
(a) SHartnomada kelishilgan daromadning boshlang‘ich summasi;
(b) shartnoma shartlaridan farqlanishlar, da’volar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlari:
Shartnomani bajarilish davomida dastlabki shartnomada kelishilgan tushum o‘zgarishi mumkin. Bu quyidagi holatlar bilan bog‘liqdir:

  1. Buyurtmachining talabi bilan bajariladigan ishlarning hajmini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha talablari;

  2. pudratchining boshlang‘ich smetada ko‘zda tutilmagan xarajatlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha da’volari;

  3. inflyasiya va materiallar narxining o‘sishi yoki qurilish ishchilarining mehnatiga haq to‘lash xarajatlarining oshishi;

  4. buyurtmachi tomonidan kontraktni bajarish muddatlarini buzganligi yoki ishning past sifatdaligi uchun shtraf sanksiyalari;

  5. qurilishning yuqori sifatligi uchun pudratchiga mukofat to‘lovlari.

  1. misol. Firma “Leng Alarko Marubeni” Samarqand aeroportini qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. 1999 yili 10-yanvarda tuzilgan kontraktning boshlang‘ich qiymati 15.000.000 AQSH dollarini tashkil etadi. Qurilish smetasi 12.000.000 AQSH dollari miqdorida tasdiqlangan. 1999 yil15-oktyabrda aeroportda kutish zalini ta’mirlash va bojxona terminalini qurish bo‘yicha buyurtmachining (O‘zbekiston havo yo‘llari) talabi olindi va rozilik bildirildi. Natijada, to‘g‘irlash kiritilgan smeta 14.500.000 AQSH dollari, shartnoma bo‘yicha tushum 18.000.000 AQSH dollarga etkazildi.

1999 yil 31-dekabr hisobot sanasida shartnoma bo‘yicha xarajatlar
3.000.000 AQSH dollarini tashkil etdi.
Agar kontraktda o‘zgarish bo‘lmaganda edi, xarajatlar bo‘yicha ishlarni bajarish foizi 25% ($3.000.000 / $12.000.000 x 100%).
Ushbu hisobot davrida tan olinadigan tushum 3.750.000 AQSH dollari miqdorida baholanadi ($15.000.000 x 25% / 100%).
YAlpi foyda 750. 000 AQSH dollarni tashkil etadi ($3.750.000 –
$3.000.000).
Kontraktdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qurilish ishlarining bajarilish foizi 20.69 %ga teng ($3.000.000 / $14.500.000 x 100%).
Tan olinadigan tushum 3.724.200 AQSH dollariga teng (18.000.000 x 20.69% / 100 %).
YAlpi foyda 742.200 AQSH dollarini tashkil etadi ($3.742. 200 –
$3.000.000).

Download 40.2 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 40.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja. Qurilish shartnomalarining turlari

Download 40.2 Kb.