Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi




Download 438.75 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi438.75 Kb.
#59269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu
Nurtemir pdf, Korrelyatsiya, Ibrohim bbb, 6 tarix majburiy bugun, ALKANLARNING RADIKAL VA ELEKTROFIL ALMASHINISH REAKSIYALARI, 14, Foizlar-5-sinf, 14. Yaxlitlash, sonlar test, 4-mavzu, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, O’zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi., Sanoat va transport taksikontlarining inson salomatligiga ta\'siri
Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan, deyiladi. Qur‘oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar o’zining to’g’ri va faolligi bilan ajralib turadi.
Qur‘oni Karimdagi asosiy g’oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug’lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtiriladi.
Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto, hasad qilish katta gunoh, deb ko’rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi va yolg’on ishlatish, o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur‘oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, o’zaro yordam berish haqidagi g’oyalar hamda soliq turlari va miqdori to’g’risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, dehqonchilik, qo’ychivonlik bilan shug’ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Qur‘oni Karimdagi iqtisodiy g’oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug’lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
«Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo bo„yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o’rtalaringizda nohaq (ya‘ni o’g’rilik, qaroqchilik, sudxo’rlik, poraxo’rlik, qimor kabi) yo’llar bilan yemangiz! Balki o’zaro rizolik bilan bo’lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Sudxo’rlik, poraxo’rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanadi.
Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa, omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh, deb hisoblanadi.
Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta‘kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi, yolg’on ishlatish, o’g’rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo’l qo’yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, ozini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat).
Alloh Taoloning Qur‘oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g’oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan, deb e'lon qilingan. Shuningdek, o’zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.


Download 438.75 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 438.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi

Download 438.75 Kb.