• «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar
  • «Artxashastra» ta‟limoti
  • Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi




    Download 438.75 Kb.
    bet5/6
    Sana13.05.2023
    Hajmi438.75 Kb.
    #59269
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu
    Nurtemir pdf, Korrelyatsiya, Ibrohim bbb, 6 tarix majburiy bugun, ALKANLARNING RADIKAL VA ELEKTROFIL ALMASHINISH REAKSIYALARI, 14, Foizlar-5-sinf, 14. Yaxlitlash, sonlar test, 4-mavzu, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, O’zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi., Sanoat va transport taksikontlarining inson salomatligiga ta\'siri
    («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xo’jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo’yadi.
    Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb ta‘kidlaydi.
    Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoy asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalari bilan cheklangan.1
    Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».
    Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar sifatida mashhur. U o’z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli bir qator g’oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif nazariyasining taxmini bo’lgan uning ―yengil-og’ir‖ nazariyasidir.
    Guan Szi tovar agar u mo’l bo’lsa, uning vazni yengillashgan va uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning vazni og’irlashgan va narxi ko’tarilgan bo’ladi. Tovarning yengilligi va og’irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu tarzda yengil-og’ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi bo’lgan. Guan Szi yengil-og’ir nazariyasidan pulning miqdor nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og’ir bo’lganida uning narxi ko’tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo’lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko’tariladi). Bu tebranishni to’xtatish uchun u pul og’ir bo’lganida (buning yordamida narx darajasi ko’tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil bo’lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini ko’paytirish imkonini bergan.
    Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
    Guan Szi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko’ra Guan Szini o’rganish G’arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko’ra muhimroq.

    «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar


    Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma‘lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. av. 589–512-y.) bo’lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan.
    «Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy nazar ularning ro’shnolik hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o’z aksini to’pgan. «Avesto»da Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududida joylashgan.
    «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi (ko’chmanchilik) o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati beqiyos.
    «Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q…» deyilib, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», –deyiladi unda. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e‘tibor berilgan.
    «Avesto»da yer, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi.
    Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma‘naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.
    Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‘naviy hayot haqida g’oyat muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir.

    «Artxashastra» ta‟limoti


    Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslahatchisi Kautilya yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma‘nosini bildiradi.
    Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash masalalari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi.

    Download 438.75 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 438.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi

    Download 438.75 Kb.