Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi




Download 438.75 Kb.
bet6/6
Sana13.05.2023
Hajmi438.75 Kb.
#59269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu
Nurtemir pdf, Korrelyatsiya, Ibrohim bbb, 6 tarix majburiy bugun, ALKANLARNING RADIKAL VA ELEKTROFIL ALMASHINISH REAKSIYALARI, 14, Foizlar-5-sinf, 14. Yaxlitlash, sonlar test, 4-mavzu, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, Fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari, O’zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi., Sanoat va transport taksikontlarining inson salomatligiga ta\'siri
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga yer soliq to’’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak.
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda – odamlardan tashkil to’gan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi, na nasil».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o’z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zaxirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta‘minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish tizimlarini qurish, – deyiladi unda – hosilning manbayi hisoblanadi...» Sug’orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri ishlashi uchun «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan.
«Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayaptimi, yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol qilishning har xil usullarini o’rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga–«daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi.

Xulosa
Dastlabki iqtisodiy g’oyalar insoniyatning paydo bo’lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.av.2-mingyillikka to’g’ri kelib, ko’proq qadimiy Osiyo xalqlarining xojalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma’lum darajada amaliiyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana bo’shladi.
Qullikka asoslangan natural xo’jalik, ayniqsa qishloq xo’jaligi qo’llav-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mahnat deb hisoblangan. Hindistonda ,, Buyumning qiymati’’ni ,,Ish kunlari’’ bilab belgiab, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiy qiymati o’rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko’tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvuu qo’llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g’oyalar ancha rivojlangan bo’lib, tabiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat tahsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukumdorlar mulki o’rtasdagi bog’lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o’tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko’proq patrirxal shaklda bo’lsa, antic dunyoda u klassik ravishda ro’y bergan, natural hunarmandchilik, dahqonchilik xo’jaligiga qo’llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo’rlik ham qo’llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg’arish) funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish, boylik jamg’arish zarari deb hisoblangan. ,,Ekonomiya’’, ,,Xrematistika’’ tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qoyilgan, qiymat kategoriyasi, tovarning almashuv tamoyillari (ilk yonalish)keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy g’oyalarda natural xo’jalik(nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.


1


Download 438.75 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 438.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja sivilizatsiyaning vujudga kelishi

Download 438.75 Kb.