Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi




Download 87.5 Kb.
bet1/8
Sana13.03.2023
Hajmi87.5 Kb.
#45167
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
siyosiy tizim 17
8 “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja, MAVZU MALIKA TRX, kiberxavsizlik betlik, ziyodullo amaily mashg\'ulot kiberxavfsizlik

Jamiyatning siyosiy tizimlari

Reja:
1. Siyosiy tizim tushunchasi
2. Siyosiy tizim turlari
3. Totalitarizm
4 Avtoritarizm
5.Demokratiya

Siyosiy tizim tushunchasi
Siyosiy tizim tushunchasining paydo bulishi politologiya fani rivojlanishi mantiiqi bilan bog'lik. Politologiya fani, xususan undagi bixevioristik yondashuv natijasida siyosiy faoliyatning alohida ko'rinishlari, alohida siyosiy institutlar va tashkilotlar faoliyati to'g'risida katta hajmda empirik ma’lumotlar to'plandi. Bu ma’lumotlar siyosatning shakli va mazmuniga doir etarli tasavvurlarni shakllantirgani holda jamiyatdagi siyosiy o'zgarishlar, xarakatlar, jarayon haqida keng ko'lamda fikr yuritishga hali imkom bermas edi. Siyosatni, uni tashkil etgan tarkibiy qismlar o'zaro aloqadorligi, jarayon sifatida o'rganish ham amaliy, ham nazariy dolzarb masala bo'lib qoldi.
Amerikalik sotsiolog olim T.Parsons (1902-1979) o'zi yaratgan ijtimoiy tizim nazariyasida uning qarashlariga nemis idealizmi M. Veber orqali kuchli ta’sir ko'rsatganini va u yana o'ziga zamondosh olimlar Xenderson, Pareto, Shumpeter, Emersonlar yaratgan nazariyalardan foydalanganini ta’kidlab o'tadi. Uning ta’kidlashicha, Pareto tizim modelini mexanikadan olgan va bu modelni iqtisod va sotsiologiyaga nisbatan qo'llashga xarakat qilgan.
Shu tarzda "ijtimoiy tizim" tushunchasi vujudga keldi. Xenderson, o'z navbatida, fizik va ximik tizimlar tushunchasini oydinlashtirib berib, "jonli tizimlar" ning o'ziga xosligi haqida fikr yuritish imkonini berdi. Nihoyat, Emerson organik dunyodagi jonli tizimlar bilan insoniyatning ijtimoiy-madaniy tizimlari o'rtasida fundamental bog'liqlik va uzviylik g'oyasini ilgari suradi.
Shu tariqa, Parsons tashqi muhit bilan uzviy aloqadorlikda bo'lgan va unga doimo moslashib boruvchi ijtimoiy tizim nazariyasini yaratdi.
T.Parsons zamonaviy g'arb jamiyatini to'liq ob’ekti sifatida tanlaydi. Unga ko'ra, zamonaviy jamiyatni murakkab, ichki bo'lingan tizim sifatida o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Uning tuzilishini to'rt o'zgarmas ko'rsatkich: qadriyatlar (madaniy soha), me’yorlar (ijtimoiy soha), jamoalar (siyosiy soha) va rollar (iqtisodiy soha) asosida tahlil qilish taklif etiladi. Jamiyat yuqoridagi ko'rsatkichlarga amal qiluvchi to'rt kichik tizimga bo'linadi.
Ular bir kichik tizim o'ziga xos funktsiyalarni bajaradi, ular ayni vaqtda boshqa kichik tizimlar bilan doimiy va chuqur aloqadorlikda, o'zaro ta’sirda bo'ladi, hamma kichik tizimlar birligi yahlit faoliyat tizimini (jamiyatni) tashkil etadi. Natijada jamiyat taraqqiyotini tashqi muhitga uzluksiz moslashishi va nazorat jarayoni tarzida o'rganish imkoniyati tug'iladi.
Jamiyatni mustaqil, o'zaro bog'liq tarkibiy qismlar birligi sifatida o'rganish modeli muayyan jamiyatning muammolari, jarayonlari, istiqbollari haqida to'liq va to'g'ri bilimga ega bo'lish imkonini beradi. Go'yo yaxshi shifokor inson tanasining faqat kasal a’zosinigina emas, barcha a’zo va ruhiyatni davolagani singari, jamiyatshunoslikda ham jamiyatning holatini o'rganishda barcha omillar va muhit ta’sirini hisobga olish va xulosalar chiqarish imkonini aynan tizimlar nazariyasi yaratdi.
Parsons g'oyasining uzviy rivoji tarzida D.Istonning siyosiy tizim nazariyasi yaratildi. Iston yondoshuvi siyosatning jamiyatdagi o'rnini oydinlashtiradi va undagi ijtimoiy o'zgarishlar mexanizmini tushuntirib beradi. Siyosat — Insonga ko'ra — nisbatan mustaqil soha bo'lib, uning asosiy vazifasi — resurslarni taqsimlashdan iborat.
D.Iston nazariyasi asosida "talab" — manbalarning taqsimlanishiga doir hokimiyatga qaratilgan norozilik yoki rozilik impulslaridir. "Madad" hokimiyatning faoliyatini qo'llab — quvvatlovchi impulslar, ularning ko'payishi — siyosiy tizim kuchayishini, kamayish esa aksincha, zaiflashishini anglatadi. Madadning shakllari xilma-xil: ular soliqlarni vaqtida to'lash, harbiy burchni ado etish, qonunlarni hurmat qilish kabilardan iborat.
Talab va madad impulslarining haddan tashqari, ortib yoki kamayib ketishi tizim faoliyatini yomonlashtiradi.
Apatiya siyosiy loqaydlik; siyosiy voqea - hodisalarga nisbatan befarqlikni anglatadi. U siyosiy jarayonlarga ta’sir ko'rsatish imkoni va qobilyati yo'qolganida tug'iladi.
Siyosiy qarorlar "kirish" dagi talab, madad va partiyaga siyosiy tizim javobi tarzida vujudga keladi. U qonunlar, imkoniyatlar va maqsadlar haqidagi bayonnomalar shaklida bo'ladi. Qarorlar bajarilishiga oid hokimiyatning xatti- harakatlari ham belgilab beriladi.
Biz tizimli yo'nalish asoschilarining faqat ikkitasigagina tegishli nazariyalarni juda umumiy tarzda yoritib berdik, xolos.
Shuni ta’kidlash lozimki, g'arb politologiyasida jamiyat siyosiy tizimiga yagona qarash mavjud emas. Uning bir nechta mustaqil nazariyalari bor. Yuqorida sanab o'tilgan D. Iston tizimli tahlili G. Almond K. Doych siyosiy tizim nazariyasi bilan to'ldiriladi. Bundan tashqari, D. Trumen nazariyasi, G. Pauell va M. Kaplan nazariyalari mavjud v.h. Dastlabki ma’ruzalarimizda ta’kidlaganimizdek, tizimli yondashuv XX asrning o'rtalaridan boshlab siyosatni mustaqil, ichki bo'lingan, lekin doimiy aloqadorlikdagi rivojlanish sohasi sifatida o'rganuvchi fan yo'nalishiga asos soldi. Zamonaviy politologiya ko'p darajada — tizimli politologiyadir.
Siyosiy tizim nazariyalarining ko'p xilligi ular ta’riflarining ham xilma — xilligini keltirib chiqaradi. Ular ba’zan bir — birini inkor etadi. Eng umumiy tarzda jamiyat siyosiy tizimi — siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar, me’yorlar, qadriyatning umumlashgan ifodasidir. Tushuncha siyosiy faoliyatning barcha turlarini va sohalarini qamrab olish va tahlil qilish imkonini beradi.
Politologlarning aksariyati siyosiy tizim nazariyasining ahamiyatini — ta’kidlab, uni "ijtimoiy va siyosiy tahlilning nihoyatda qimmatli vositasi" deb baholashadi, ko'p hollarda uni hatto "muammolarni hal qiluvchi" kontseptsiya, deb ham atashadi. Bu bilan ular siyosiy tizim nazariyasining nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini ham ko'rsatadi.
Jamiyat siyosiy tizimi tushunchasi "barqarorlik", "turg'unlik", "muvozanat" kabi hodisalarning mohiyatini chuqurroq ochib beradi va ularning rivojlanishidagi u yoki bu bosqichi holatiga to'g'ri baho berish, ahvolni tuzatish bo’yicha oqil yo'l-yo'riqlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ushbu nazariya, shuningdek, davlat, partiyalar, ijro etuvchi hokimiyat, sud organlari, jamoat birlashmalari kabi institutlarni jamiyat siyosiy tizimining tarkibiy qismlari sifatida o'rganadi, ularning mohiyatini o'zaro aloqadorlikda va o'zaro ta’siri jarayonida ochib berish imkonini oshiradi.

Download 87.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 87.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi

Download 87.5 Kb.