Reja: Soliq tizimini guruhlash tartibi haqida qisqacha Soliq nazorati va soliq bazasi




Download 18.08 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2022
Hajmi18.08 Kb.
#19468
1   2
Bog'liq
bevosita Soliq turlari 9,21
Amaliy mashg`ulot javoblari, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, dokumen.tips malumotlar-tuzilmasi-va-algoritmlar-asosida-nazariy-bilimlarini-hamda, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala, Amaliy-Xorijiy-til-fransuz-tili-1, 1, Ingliz tili grammatikasi (M.G apporov R.Qosimova), AKT Mustaqil ish, axborot-va-undan-yoshlarning-foydalanish-xususiyatlari, FALSAFA O\'UM SIRTQI TA\'LIM UCHUN 2022-2023, ITT mustaqil ish 4, Tu`sindiriw xati, A`meliy jumis, Презентация1
Soliq bazasi
Soliqlar nimaga asosan solinyotganiga qarab ham guruhlanishi mumkin, bu soliq solish bazasidir.
Soliqlarni to‘g‘ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob’ektiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘ri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo‘yiladigan tovarning iste’molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi.
Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to‘g‘ri soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to‘laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko‘pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.
To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qiladi.
Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (yer, uylar, qimmatli qog‘ozlar va hokazo) qiymati to‘g‘ri soliqlar ob’ekti bo‘ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z solig‘ining summasini aniq biladi.
Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.
To‘g‘ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi.
Real soliqlar soliq to‘lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (yer, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to‘lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o‘rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha daromadliligi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o‘tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo‘lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan

mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo‘yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to‘lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig‘i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o‘sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg‘a qilishdan olinadigan soliq, mol- mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va hokazo.

Soliq bazasining o’zi muammolar keltirishi mumkin. Masalan, qaysi daromaddan soliq solinishini aniqlash muammoli masala. BIRLASHGAN QIROLLIK soliq qonunchiligi daromadni aniqlamaydi, lekin turli xil daromad manbalarini e’tiborga oladi. Keltirilgan ko’pgina izohlar daromad tushunchasini ochib berishi mumkin. Masalan, Oksford iqtisodiy atamalar lug’atida quyidagicha izohlar keltirilgan.



Download 18.08 Kb.
1   2




Download 18.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Soliq tizimini guruhlash tartibi haqida qisqacha Soliq nazorati va soliq bazasi

Download 18.08 Kb.