1.14.
[Вид] (Ko’rinish) –foydalanuvchilar
ushbu lenta yordamida, listlar ko’rinishini
o’zgartirish, bir va bir nechta listlarni yonma –yon qilib ko’rish, slayd maketlarini o’zgartirish,
ko’rinuvchi oynalarni almashtirish, yangi makros ya’ni makro buyruqlarni kiritish, umuman listlar
ustida amaliy ishlarni bajarishlari mumkin.
Biz yuqorida MS Power Point 2013 dasturining menyulari va ularning lentalari bilan tanishib
chiqdik. Shuni yodda saqlangki har bir menyu lentalarining o’z vazifalari bor.
MS Power Point 2013 dasturida taqdimotlarni tayyorlash strukturasi.
Quyida biz, Power Point 2013 dasturida ishga tushirilgan slayd ya’ni listning ko’rinishi va uning
strukturasi nimadan iboratligini yoritib o’tamiz.
Sichqonchaning chap tugmasini Powr Point 2013 dasturi ustiga ikki marta bosib uni ishga
tushuramiz. Ishga tushurilgan dasturning [Главная] (Asosiy) lentasida joylashgan “Создат слайд”
(Slaydni yaratish) buyrug’ini bosamiz. Ushbu buyruq
tarkibida, yaratilinayotgan slayd uchun bir qancha maketlar mavjud.
Foydalanuvchilar yaratilinayotgan elektron hujjat
maqsadidan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy
slaydlarga ixtiyoriy maketlarni joylashtirishlari mumkin.
20-rasm. Standart slayd (list)ning ko’rinishi
Standart ravishda slayd strukturasi beshta asosiy qismdan tashkil topgan bo’ladi. Bular:
1.
“Загаловок слайда” (Slayd sarlavhasi) – slaydning yuqori qismida joylashadi;
2.
“Текст слайда” (Slaydning matni) –yaratilinayotgan slaydning asosiy qismi.
Ushbu qism
o’ziga matn, jadval, diagramma, maxsus figura (chizma), audio va vidoe kengaytmali faylni va boshqa
obyektlarni oladi;
3.
“Дата и время” (Sana va vaqt) –slaydning pastgi chap burchagida turuvchi obyekt;
4.
“Нижний колонтитул” (Quyi kolontitul) –foydalanish kerak bo’lganda ishlatilinuvchi
obyekt;
5.
“Номер слайда” (Slayd raqami) –ish jarayonida slaydga avtomatik o’rnatiluvchi maxsus
obyekt.
Shuni yodda tuting, siz yuqoridagi ixtiyoriy obyektni o’zgartirishingiz yoki o’chirib tashlashingiz
mumkin.
Taqdimot slaydlarini dizaynlash uchun [Дизайн] lentasi mavjud.
Dizaynlash slayd bet
xususiyatlarini sozlashdan boshlanadi. [Дизайн] lentasining [Настроить] bo’limidagi [Размер
слайда] bu ishni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Unda slayd betining turi, o’lchamlari va
betlashni boshlash uchun raqam ko’rsatish lozim. [Ориентация слайдда]
betni kitobga oid
[Книжная] yoki albomga oid [альбомная] ko’rinishga o’tkazish uchun xizmat qiladi.