Reja: Termoelektrik termometrlar




Download 58.48 Kb.
Sana15.04.2023
Hajmi58.48 Kb.
#51476
Bog'liq
6-mavzu
Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati referat, 1-mavzu Axborot tizimlari, z5amgpv4x8cpbsdw5ygnq5z5cvs69bhx, ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ВЫСШЕМ И ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ, 3-amaliy. HTML da forma grafika va multimedia bilan ishlash

6-Mavzu: Termoelektrik termometrlar va ularning ishlash prinsiplari. Turlari. Uzaytiruvchi elektrod simlar.
REJA:
1. Termoelektrik termometrlar.
2. TEYuK ni kompensasion usul yordamida o'lchash.
3. Millivoltmetr va potensiometrlar.
So'nggi paytda energetika va boshqa sanoat sohalarini texnologik jarayonlarini jadal sur'atlar bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. Issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-15 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o'lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda energetikani zamonaviy o'lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O'lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega. Har qanday o'lchash natijasi, xatoligi, o'lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o'lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o'lchashni bajarish, o'lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o'rganish mumkin emas. Turli o'lchash vositalari mavjudligi o'lchash texnikasini to'g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o'lchash aniqligi va o'lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega. Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so'ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, issiqlik texnik o'lchovlari muhim ahamiyatga egaligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. “Issiqlik texnik o'lchovlari” fani sanoatda, jumladan issiqlik energetikasida keng qo'llaniladigan o'lchov asboblari, harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o'lchash xatoliklari to'g'risida amaliy va nazariy ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradi
Termoelektrik termometrlar. Termojuftlangan elektr o'lchash asbobi termoelektrik asbob deyiladi. U haroratni 50 dan 25000С gacha o'lchash uchun qo'llaniladi va boshqa asboblarga solishtirilganda qator afzalliklarga ega: o'lchashlarda aniqligi yaxshi, ularning mutlaq qiymatlarini katta haroratlar oralig'ida o'lchash mumkinligi, bir nechta termojuftlarni qayta ulagich yordamida bitta elektr o'lchash asbobiga ulash bilan harorat nazoratini markazlashtirishga imkon beradi. Haroratni o'lchash uchun termoelektrik termometrlar ishlatishi termojuftning termoelektr yurituvchi kuchi haroratga bog'liqligiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuch ikki xil o'tkazgichdan tuzilgan zanjirda, bu o'tkazgichlar ulangan joylarida haroratlar farqi natijasida hosil bo'ladi (1-rasm). Termoelektrik termometrlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga qator talablar quyiladi: issiqlikka chidamlilik, issiqlikka mustahkamlik, kimyoviy chidamlilik, barqarorlik, tiniqlik, darajalangan tavsiflari chiziqliligi, yuqori sezgirligi va boshqalar. Ularning orasida majburiy va ma'qul keladiganlari bor. Majburiy talablar qatoriga darajalangan tavsiflar barqarorligi va ma'lum termoelektrik xossalarga ega kerakli miqdorda materiallarni qayta ishlab chiqarish kiradi. Qolgan talablar esa ma'qul keladigan bo'ladi.

Termoelektrodli materiallarni tanlashda ularni tayyorlash texnologiyasini inobatga olish kerak, hamda ularning narxi uncha yuqori bo'lmasligiga harakat qilish kerak. Termoelektrik termometrlarning ishonchli o'lchashi faqat termoelektrod materiallar sifati va xossalari bilan emas, balki armaturasining sifati va konstruksiyasi bilan ham belgilanadi. Termojuftlarning (2-rasm) termoelektrod materialining tavsifiga ko'ra ikki guruhga bo'lish mumkin: qimmatbaho va qimmatbaho emas metallardan tayyorlangan metall termoelektrodli termojuftlar, qiyin eruvchan birikmalardan yoki ularning grafit va boshqa materiallar bilan kombinasiyasidan tayyorlangan termoelektrodli termoelektrik termojuftlar. Qimmatbaho metalli termojuftlar yuqori haroratlarga va tajovuzkor muhitlarga qarshi o'ta chidamli hamda doimiy TEYuK ga ega bo'lib, sanoatda va laboratoriya tadqiqotlarida keng qo'llaniladi. Ikkinchi guruh termoelektrik termometrlar haroratning texnologik nazorati vositasidan ko'ra amaliy tadqiqot ishlari ob'ektlari sifatida ishlatiladi. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan termoelektrodli termojuftlar, asosan, platina guruhlari, haroratni 300 dan 16000С sohasida o'lchash uchun keng qo'llaniladi. Texnikaviy platinali termojuftlarning qo'llanilish sohasi -260+11000С.
Haroratni o'lchash uchun termoelektrik termometrlar ishlatilishi termojuftning termoelektr yurituvchi kuchi haroratga bog'liqligiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuch ikki xil o'tkazgichdan tuzilgan zanjirda, bu o'tkazgichlar ulangan joylarida haroratlar farqi natijasida hosil bo'ladi

Download 58.48 Kb.




Download 58.48 Kb.