Reja: Termoelektron emissiya




Download 23 Kb.
Sana27.01.2024
Hajmi23 Kb.
#147035
Bog'liq
Mavzu Termoelektron emissiya-fayllar.org


MUSTAQIL ISHI . Bajard:Qodirov Doniyor


Qabul,qildi:F.Kalilayev Mavzu:Termoelektron emissiya
Reja:
1 .Termoelektron emissiya
2. Vakuumda elektr toki
3. Triod va diod
4. Elektron emmissiya
5.Xulosa. Termoelektron emmissiya
Qizdirilgan metalldan elektronlarning ajralib chiqish hodisasini termoelektron emissiya hodisasi deb aytiladi.Termoelektron emissiya deb qizdirilgan katoddan elektronlarning sochilish jarayoniga aytiladi.Termoelektron emissiya,Richardson effeti-o’tkazgichlar,qattiq va ba’zan suyuq jismlardan issiqlik energiyasi ta’sirida elektronlarning vakuum yoki boshqa muhitlarga chiqish hodisasi.Bu hodisa vakuumda toza metellar (W,Mo,Ta)dan 2000-2500K trada va murakkab yarimo’tkazgichli katodlardan 1000K trada kuzatiladi.
Elektronlar metalldan tashqariga chiqishi uchun A=e*u chiqish ishini bajarishi bajarishi shart.Elektronlarni metallardan ajralib chiqish uchun bajarish kerak bo’lgan ishga chiqish ishi deyiladi.Chiqish ishi quyidagicha topiladi.
A=e*(φ1-φ2)
Elektronlar jism sirti(emitter)dan tashqariga chiqishi uchun jism chegaradagi potensial to’siqni yengishi zarur; past tradarda bu to’siqni yenga olmaydi.Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib sirtdan o’tib sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi.Fazoviy zaryadning elektr maydoni Termoelektron emmissiya jarayonini susaytiradi.
Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan ma’lum masafoda elektrod(anod)ga musbat potesial berilib fazoviy zaryad tortib olinadi,ya’ni termoelektron tok hosil qilinadi.Termoelektron tok emitter –katod xossasiga anod kuchlanishiga va traga bog’liq.Termoelektron emmissiya ko’pgina elektrovakum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi.
Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan ma’lum masofada elektrod(anod)ga musbat potensial berilib fazoviy zaryad tortib olinadi, ya’ni termoelektron tok hosil qilinadi.Termoelektron emmissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi.Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish,elektrvakum va gazrazryad qurilmaning asosini tashkil etadi.Yuqori temperaturadagi metallardan elektronlarning ajralib chiqish hodisasiga termoelektron emmissiya deyiladi.
VAKUUMDA ELEKTR TOKI
Valuumda elektr toki termoelektron emissiya natijasida ajralib chiqqan elektronlarning yo`nalgan harakatidan iborat. Vakuumda elektr tokini faqat elektronlar tashiydi.Vakuumda elektr tokining faqat magnit ta’siri kuzatiladi. Issiqlik va kimyoviy ta’sir kuzatilmaydi. Elektronni metalldan ajralib chiqish uchun bajarish kerak bo`lgan ishga chiqish ishi deyiladi
Vakuumda elektr toki termoelektron emmisiya natijasida ajralib chiqqan elektronlarning yo’nalgan harakatidan iborat.
I=U*3/2 Bu formula Boguslaviskiy-Lengmyur formulasidur.Bunda a-elektrodlarning shakliga va ularning o’zaro joylashishiga bog’liq bo’lgan koeffitsient .U kuchlanish Uqiymatga erishganda tokning keyingi o’sishi tamomila to’xtaydi.Bunda tok to’yinish toki qiymatiga erishadi.
Elektron emissiya- qattiq jism yoki suyuqlikning elektr maydon,qizdirish, elektromagnit nurlanish, elektronlar oqimi va boshqalar tashqi omillar ta’sirida elektronlar chiqarishi. Uning avtoelektron emissiya termoelektron emmissiya turlari mavjud.
Tashqi omillar ta’sirida qattiq jism yoki suyuqlikdagi elektronlarning bir qismi jism sirti chegarasidagi potensial to`siqni yengib o`tishda yetarli energiya olganda yoki elektr maydon ta’sirida potensial to`siq jism ichida eng yuqori energiya olgan elektronlar uchun kuchsiz(shaffof) bo`lib qolganda Elektron emmissiya yuz beradi
Elektron emisiyani kuzatish uchun jism ( emitter ) sirtida elektronlarni tezlashtiruvchi tashqi elektr maydon vujudga keltirish lozim. Bu elektr maydon emitter sirtidan elektronlarni “so`rib oladi”. Elektron emissiya tekshirish ishlarida elektron asboblar va lampalar yaratishda ishlatiladi.
DIOD va TRIOD
Diod bu- ikki elekrodli elektron lampa. Bir tomonlama otkazuvchanlik xususityatiga ega. Vakuum va yarim o`tkazgich diodlar bo`ladi. Vakuum diod,anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa elektrnlar oqi,I anodga qarab yo`naladi va anod toki hosil bo`ladi. Katod va anod orasidagi potensiallar farqi kichik bo`lsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi.Katod-(yunoncha kathodos pastga yo`nalish qaytish) tok manbaning manfiy qutbiga ulanadigan elektr va radiotexnika asboblari elektrodli vanna va qurilmaning elektrodi. Katodni 1834-yilda ingliz fizigi M.Faradey taklif qilgan.Tashqi ta’sir natijasida katoddan elektronlarning chiqishiga qaran termoelektron, fotoelektron turlari farqlanadi.
XULOSA
Termoelektron emissiya hodisasi hozirgi zamon elektrotexnikasi va radio texnikasi katta rol o`ynaydi. Kinotronlar,kuchaytirgich lampalar va shu kabilarning ishlashi termoelektron emisiya hodisasiga asoslangandir.Bu mavzuni yoritib ana shunday qiziq va muhim ma’lumotlarga ega bo`ldim.Termoelektron emissiya mavzusi hayotda juda ko`p ishlatiladi.Uni dastlab 1900-1901 yillarda O.U.Richardson o’rgangan.Richardson – Deshman formulasi yarimo’tkazgichli emitterlar uchun ham o’rinli ammo bunda Termoelektron emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi.Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish elektrovakuum va gazrazryad qurilmaning asosini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Fizika kursi (M. Ismoilov. P.Habibullayev. M. Xaliullin)
Ziyonet. Internet saytlari
TATU kutubxonasi
(Usmonov. X. F.Zikrillayev)
Foydalanilgan adabiyotlar
Fizika kursi (M. Ismoilov. P.Habibullayev. M. Xaliullin)
Ziyonet. Internet saytlari
TATU kutubxonasi
(Usmonov. X. F.Zikrillayev)
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
http://fayllar.org
Download 23 Kb.




Download 23 Kb.