To‘rtinchi avlod (1975-1989)




Download 440.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana15.05.2023
Hajmi440.05 Kb.
#59774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2
8-mart bayramiga senariy, file, GUL CHET CHANG, 7-laboratoriya ishi (2), 61e56a448e8ec, furye-qatori-funksiyalarni-furye-qatoriga-yoyish, 192057, Презентация Microsoft PowerPoint, 5-amaliy mashg’ulot, Intro, Pedagogik amaliyot yo\'llanmasi
To‘rtinchi avlod (1975-1989).1965 yildan keyin kremniy chiplarga 
joylangan elektron kompyuterlarning o‗rtacha miqdori har yili ikki martadan ortib 
boradi. Bu taraqqiyot keng ko‗lamli integrasiyalanish (LSI) davriga olib keldi, bunda 
bitta chipda 30 000dan ortiq elektron komponentning integrasiyalashuvi mumkin 
bo‗ldi, keyin yirik ko‗lamli integrasiya (VLSI)davri keldi, bunda bitta chipda bir 
millionga yaqin elektron komponentlarni integrasiyalash mumkin. Bu taraqqiyot esa 
keskin rivojlanishga mikroprosessor arifmetik mantiqiy va nazorat funksiyalarini, 
hamma kompyuterlar faoliyatining asosiy turlarini bajarish uchun zarur bo‗ladigan 
hamma sxemalarni bitta chipda saqlaydi. Shu tariqa, mikroprosessorli to‗liq 
kompyuter, birlamchi ma‘lumot saqlash qurilmalarining bir qancha qo‗shimcha 
mikroxemalari, shuningdek, qo‗llab-quvvatlovchi boshqa sxemalarini yaratish
mumkin bo‗ldi. U yangi ijtimoiy inqilobni – shaxsiy (personal) kompyuterlar (ShK) 
inqilobini boshladi. Ular ishlab chiqarishda uncha qimmat bo‗lmay qoldi va ko‗pchilik 
odamlarda kompyuterga egalik qilish imkoni tug‘ildi. 
1978 yilda Apple Computer Inc. kompanyaisidan Apple II va Radio Shack dan 
Tandy Corporation 
bo‗limining TRS-80 modeli etakchi shaxsiy kompyuterlar 
bo‗ldilar. 1980 yilga kelib, IBM shaxsiy kompyuterlar bozori ko‗p narsa va‘da 
qiluvchiligini anlaydilar va 1981 yilda IBM PC sifatida ma‘lum bo‗lgan o‗zlarining 
xususiy PKlari bilan chiqdilar. Boshqa birqancha ishlab chiqaruvchilar IBMning 
tasniflari (spesifikasiyasi) dan foydalanib, o‗zlarining keng ommaga ma‘lum bo‗lgan 
IBM birgalikdagi xususiy kompyuterlarini yoki klonlarini yaratdilar. IBM PC va uning 
klonlari to‗rtinchi avlod davomida PK industrisida ommaviy standartga aylandi.
To‗rtinchi avlodda magnit o‗zakdagi yarim o‗tkazguvli ma‘lumot yig‘uvchilar 
o‗rnini katta xajmdagi qisqa murojaat vaqtiga ega bo‗lganlari bilan almashdi. Qattiq 
disklar arzon, xajmi kichik va quvvati yuqori bo‗lib qoldi. Magnit tasmalarga 
qo‗shimcha ravishda qayishqok disklar dasturlarni va ma‘lumotlarni bir kompyuter 
tizimidan boshqasiga o‗tkazishda portativ tashuvchi sifatida ommalashdi. 
To‗rtinchi avlod davrida yirik ko‗lamli kompyuter tizimi sohasida ham sezilarli 
siljishlar bo‗ldi. To‗rtinchi avlod meynfreymlar tizimiga yaxshilanishlarga qo‗shimcha 
ravishda 
vektorli 
va 
simmetrik 
multiprosessorli 
texnologiyalar 
asosidagi 
superkompyuterlarning paydo bo‗lishi bilan o‗zini ko‗rsatdi. Parallel vektorli ishlov 
berish texnologiyasi asosida qurilgan superkompyuter yuqori o‗tkazish xususiyatiga 
ega tarmoqning nostandart koordinata kommutatori orqali xotiraning umumiy 
moduliga yuqori tezlikda murojaat qiluvchi qator xotira uskunalari bilan bog‘liq 
nostandart vektorli prosessorlarning uncha ko‗p bo‗lmagan miqdoriga ega bo‗ladi. 
Boshqa tomondan, ko‗p prosessorli simmetrik texnologiyalar asosida qurilgan 
superkompyuterda yuqori tezlikdagi shinalar yoki kommutatorning ko‗nadalang 
tarmog‘i orqali umumiy xotiraga ulangan seriyali mikroprosessorlardan foydalaniladi. 
Birinchi kategoriyali superkompyuterlar ishlab chiqaruvchilarga Gray Research va 
ETA Sistems ni, oxirgi kategoriyalarga IBM, Silicon Graphies va Digital Equipment 
Corporationni kiritish mumkin. 


To‗rtinchi avlod davomida, yuqori tezlikda ishlovchi gi kompyuter tarmoqlari 
ham yaratildi. Bu bir necha kompyuterlarni o‗zaro muomala qilish va ma‘lumot 
almashish uchun birgalikda ishlashiga imkon berdi. Lokal hisoblash tarmoqlari (LHT) 
kompyuterlarni tashkilot yoki universitet shaharchasi ichida ommaviylashdi. Aynan 
shu tarzda global tarmoqlar ham (WAN) katta masofalarda joylashgan kompyuterlarni 
ulash uchun ommalashdi. Bular kompyuter tarmoqlari va taqsimlangan tizimlarga olib 
keldi. 
Dasturiy ta‘minot sohasida to‗rtinchi avlodning yangi texnologiyalariga mos 
holda, ayrim yangi ishlanmalar ham paydo bo‗ldi. Masalan, dasturchilar xususiy 
kompyuterlar uchun bir qancha operasion tizim ishlab chiqdilar. Ularning orasida MS-
DOS, MS-Windows va Apple kompaniyasidan firmaga oid Mac OS tizimlari mashhur 
edi. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida malakasi bo‗lmagan odamlarga 
mo‗ljallanganligi uchun kompaniyalar ancha do‗stona foydalanuvchi grafik 
interfeysini (GUI) ishlab chiqdilar. Foydalanuvchi grafik interfaysi (GUI) 
foydalanuvchilar ―sichqoncha‖ yordamida tanlay oladigan belgichalar (rasmlar) va 
menyu (tanlov ro‗yxati) dan iborat. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar va 
dasturiy ta‘minot ishlab chiquvchilar PKlarni qudratli vositaga aylantirish uchun 
shaxsiy kompyuterlar asosida bir qancha yangi takliflar ishlab chiqdilar. Ularning 
orasida hujjatlarga, elektron jadvallarga ishlov berishni soddalashtirish imkonini 
beruvchi, matnlarga ishlov berishning kuchli paketlari alohida o‗ringa ega bo‗lib, u 
ustun va qator ko‗rinishida, tashkil etilgan ma‘lumotlarni hamda grafik paketlar ustida 
engil manipulyasiya o‗tkazish va tahlil qilishga imkon berar, bu esa rasm va 
diagrammalarni chizishni osonlashtirishga imkon berardi. To‗rtinchi avlod davrida 
ommalashgan yana bir o‗ta foydali konsepsiya terminalning bitta oynasida bir qancha 
oyna (daricha)lar bilan ishlay olish imkoniyati edi. Bu xususiyat foydalanuvchilarga
terminalning bitta ekranida bir vaqtning o‗zida ilovalarning bir qancha qanchasi 
holatini alohida darchalarda kuzatish imkonini berdi. 
Katta kompyuterlar uchun dasturiy ta‘minot sohasida ko‗p prosessori operasion 
tizimlar va dasturlashtirishning parallel tillari ommalashgan asosiy texnologiyalar 
qatoriga qo‗shildi. Ko‗p prosessorli operasion tizim yordamida meynfreym tizimlarida 
bir nechta prosessordan foydalanishi mumkin (asosiy prosessor va tobe prosessorlar), 
shu tariqa, tobe prosessorlar foydalanuvchilar terminallari va periferiyali qurilmalarni 
boshqara olishlari mumkin, bu esa asosiy prosessorni asosiy dasturlarga ishlov 
berishga 
jalb 
etilishiga, 
umumiy 
samaradorlik 
oshishiga 
imkon 
beradi.
Superkompyuterlar, 
shuningdek, 
bu 
tizimda 
foydalaniladigan 
ko‗p 
sonli 
prosessorlardan maksimal unumdorlik olmoq uchun ko‗p prosessorni operasion 
tizimdan ham foydalanadilar. Bir vaqtning o‗zida dasturlash tillari dasturchilarga o‗z 
ilovalarini bu ko‗p prosessorli tizimlar qismlari parallel ravishda bajara oladigan tarzda 
yozishga imkon berib, ushbu ko‗p prosessorli tizim imkoniyatlaridan samarali 
foydalanishga qo‗shimcha ravishda yordam berdilar. Ushbu turning eng kuchli tili 
ADA edi. 
To‗rtinchi avlodda UNIX operasion tizimi ham keng yirik ko‗lamli tizimlarda
foydalanish uchun o‗ta ommalashdi. Bundan tashqari, kompyuter tarmoqlarining 
tarqalishi munosabati bilan bir necha kompyuterning bir-biri bilan muomalaga kira 
olishi va o‗sha tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanishga imkon berish uchun bir 
qancha yangi funksiyalar mavjud operasion tizimga ulandi.


To‗rtinchi 
avlod 
davomida 
ommalashgan 
ayrim 
boshqa 
dasturiy 
texnologiyalarga S dasturlashtirish tili, dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan 
loyihalashtirilishi va ob‘ektga yo‗naltirilgan dasturlashtirishlar kiradi. S tili o‗zida 
assembler samaradorligi bilan yuqori darajali dasturlashtirish tillari xususiyatlarini 
jamlaydi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishining asosiy 
vazifasi dasturni umumlashtirish va ob‘ekt deb ataluvchi dasturiy kodlarning takroriy 
foydalaniladigan qismlarini birlashtirish yo‗li bilan dasturiy tizimni yaratish 
hisoblanadi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishini 
engillashtirish (osonlashtirish) uchun dasturlashtirishning bir qancha ob‘ektga 
yo‗naltirilgan tillari kiritildi. Ulardan SQQ eng ommaviy ob‘ektga yo‗naltirilgan til 
sifatida paydo bo‗ldi.
To‗rtinchi avlod kompyuterlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar 
hisoblanadi. 
1. PK meynfeymlar yoki uchinchi avlod mini EHMlariga nisbatan kichik va 
arzon edi. 
2. To‗rtinchi avlod meynfreymlari va superkompyuterlari uchun ular turgan bino 
(xona) kondisioner bilan ta‘minlanishi talab qilinishiga qaramay, xususiy 
kompyuterlarga kondisioner talab etilmaydi. 
3. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) 
sarflardi. 
4.Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq, apparatlarning 
ishlamay qolishga moyilligi kamroq, texnik xizmat ko‗rsatishga kam xarajat talab 
qilardi. 
5. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga taqqoslaganda tez ishlar, birlamchi va 
ikkilamchi saqlanishiga ko‗rakatta xotiraga ega edi. 
6. Ular umumiy foydalanishga mo‗ljallangan mashina edi. 
7. Ularni tayyorlash elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‗lda 
yig‘ishni talab qilmasdi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushi va moliyaviy 
xarajatlar pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga, BIS va SBIS fishkalar tayyorlash 
uchun o‗ta murakkab texnologiya va qimmatbaho qurilmalar talab qilinar edi. 
8. Bitta kompyuter uchun yozilgan dasturni boshqa kompyuterga oson 
o‗tkazuvchi va bajaruvchi dasturlashtirishning yuqori standart tillaridan foydalanish 
9. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) kompyuterni endi o‗rganayotgan 
foydalanuvchilarga kompyuterdan foydalanishni tez o‗rganishga imkon berdi. 
10. PK-ilovalar PKni ofis uchun ham, uyda foydalanish uchun ham kuchli 
vositaga aylantirdi. 
11. Kompyuterlar tarmog‘i disklar, printerlar v.b. kabi resurslarni bir qancha 
kompyuterlar va ularning foydalanuvchilari tomonidan birgalikda foydalanishga 
imkon berdi. Ularga, shuningdek, geografik jihatdan olis joylardagi kompyuterdan 
foydalanuvchilar orasidagi o‗zaro aloqalar bilan bog‘liq takliflarning bir qancha yangi 
turlarini ham qo‗shdilar. Korporativ ishlarni ta‘minlovchi kompyuterlar (computer 
Supported Cooperative Working - CSCW) yoki guruhli ishlar ana shunday takliflardan 
biri hisoblanib, uzoq (olis) joylarga joylashgan bitta loyihada ishlovchi bir necha 
a‘zolar kompyuter tarmoqlari yordamida bir-birdari bilan hamkorlik qiladilar. 
12. Ixchamlashtirilgan dasturiy ta‘minotga qo‗shimcha ravishda bu tizim ham 
apparatning ustqurmasi funksiyasini bajaradi. Bunda foydalanuvchilarga mablag‘larni 


faqat o‗z ehtiyojlari va qimmatini hisobga olgan holda, apparat va dasturiy 
ta‘minlashning konfigurasiyasiga investisiyalashga imkon beradi. 
13. To‗rtinchi avlod PKlari kompyuter narxlarini hatto alohida shaxslar uylarida 
shaxsan foydalanish imkonini beradigan darajaga keltirdilar.
14. To‗rtinchi avlodning superkompyuterlari bu tizimda foydalaniladigan katta 
miqdordagi prosessorlarda ilovadarning turli qismlariga parallel ravishda ishlov 
berishga imkon yaratdi. Bu o‗z navbatida, katta vaqt sarfini talab qiladigan ilovalar 
bilan ancha tez ishlashga imkon berdi. 

Download 440.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 440.05 Kb.
Pdf ko'rish