• Klaviatura
  • MP - mikroprotsessor bloki;  I




    Download 440.05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana15.05.2023
    Hajmi440.05 Kb.
    #59774
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2
    8-mart bayramiga senariy, file, GUL CHET CHANG, 7-laboratoriya ishi (2), 61e56a448e8ec, furye-qatori-funksiyalarni-furye-qatoriga-yoyish, 192057, Презентация Microsoft PowerPoint, 5-amaliy mashg’ulot, Intro, Pedagogik amaliyot yo\'llanmasi
    MP - mikroprotsessor bloki; 
    - interfeys qurilmasi - uning asosiy vazifasi magistral kanali va ulanuvchi 
    qurilmalarning axborot shakllari bo‗yicha muvofiqlashtirish. 
    OXQ - operativ xotira qurilmasi SHKga kiritilayotgan axborotlarni qabul qilib 
    olish, qisqa muddat davomida xotirlab turish va ularni joy-joyiga tarqatish
    DXQ - doimiy xotira qurilmasi. Ushbu xotira SHK ishlab chiqarilayotgan davrda 
    ma‘lumotnoma ko‗rinishidagi tez-tez ishlatib turiladigan axborotlar, ADPlari, ilovalar 
    va axborotlar bilan to‗ldiriladi. U faqatgina axborotlarni o‗qish rejimida ishlaydi. Unga 
    qo‗shimcha axborotlar yozish mumkin emas. 
    TXQ - tashqi xotira qurilmasi, boshqacha nomi qattiq diskli xotira - vinchester 
    deb ham ataladi. Uzoq vaqt saqlanadigan va kerakli vaqtlarda ishlatiladigan 
    axborotlarning hammasi TXQ - vinchesterda saqlanadi. 
    Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Printer - SHKdan chiqariladigan axborotlarni qog‗ozga chop etib chiqarish 
    uchun mo‗ljallangan. 
    Monitor - displey ekrani bo‗lib, unda SHKda bajarilayotgan ishlar, buyruqlar
    axborotlar, ular bilan vizual tanishish va kerak bo‗lsa, o‗zgartirishlar kiritish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Boshqaruv, adreslar va ma‘lumotlar shinalari magistral shinalar bo‗lib, 
    mikroprotsessor bilan ulanuvchi qurilmalarni ulash va mos ravishda buyruq va 
    axborotlarni qurilmalar va MP orasida ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Ular juft-juft 
    simlarning to‗plami sifatida magistral tarkibi shaklida yasalgan. Shinalarning umumiy 
    miqdori - 56 juft simlar to‗plamidan iborat. Shundan boshqaruv shinasi 20 juft simdan, 
    adreslar va ma‘lumotlar shinalari mos ravishda 18 juft simlardan iborat. Magistral 
    shinalarning yuklama quvvati bir vaqtning o‗zida ketma-ket MPga 8 ta qurilma 
    ulanishiga kuchi yetadi. SHKlarning sifati va narxi MPning turi, tezligi, yordamchi 
    soprotsessorlarning mavjudligi (soni), tezkor va tashqi xotiralar sig‗imi, shuningdek, 
    MP tarkibidagi taktli chastotalar generatorining tezligi bilan belgilanadi. 
    Qo‗shimcha tashqi qurilmalar SHKning tizimli blokidan tashqa-rida joylashadi. 
    Bular - printer, sichqoncha, djoystik va boshqa qurilma-lardir. 
    Tizimli blok ichiga joylashtiriladigan qo‗shimcha ichki qurilmalarga modem yoki 
    faks-modem, kompakt disklar uchun diskovod, strimmer va boshqalar kiradi. 
    Boshqa turdagi SHKlar bilan moslashuvchan qurilmalar ishini boshqarish uchun 
    turli xil usullarda ulanadigan elektron sxemalar-kontrollerlardan foydalaniladi. 

    Download 440.05 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 440.05 Kb.
    Pdf ko'rish