“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi




Download 21.4 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi21.4 Kb.
#39253
1   2   3
Bog'liq
“Qo‘l ishlari haqida umumiy ma’lumot, qo‘l ishlaridan namunalar tikish” mavzusini guruhlarga bo‘lib o‘qitish metodikasi.
MILLIY XAVFSIZLIKNI TA\'MINLASH BORASIDA, Mustaqil ish topshiriqlari, informatikadan slayd, mix letter by me1, mix letter by me, 5-amaliy.maxmasalayeva-yulduz, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari (1), Ishlari vazirligi, issiqlik otkazuvchanlik masalalarini chekli ajirmali sxemalar yordamida echish, Английский (Математика), 713-20 guruh Azamatov Firdavs, Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi, AXMAD DONISHNING PEDAGOGIK QARASHLARIDA OILA TARBIYASI MASALALARI
2. “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Texnologiya ta’limi yo‘naIishlari bo‘yicha ta’lim mazmunining uzviyligi va o‘zaro bog‘liqligi; o‘quv moddiy bazasining tashkil etilishi (o‘quv materiallari va moslamalar bilan ta’minlanishi); Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqish mezonlari va unga qo‘yiladigan talablarni, kasb tiplari, kasbga yaroqlilik, kasb tanlashga ta’sir etuvchi om illarni bilishi kerak;
- o‘quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlar mazmunini; o‘quv jarayonini tashkil etish va Texnologiya ta’limiga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni islilab chiqish, Texnologiya ta’hmi darslarini olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- Ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatishni bilish, malaka xosil qilish va aalda qollay bilish mashg‘ulotlarni o‘tkazish, o‘quv jarayonini rejalashtirish,tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish, bandlik xizmati bilan ishlash,o‘quvchilarning individual hususiyatlarini aniqlash bo‘yicha turli testlar tuzish va ulardan foydalana olish, ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” umumkasbiy fan hisoblanib, 5, 6 va 7 - semestdarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborot texnologiyasi, chiz machilik, radioelektronika va h.k.), umumkasbiy (pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya va h.k.) va ixtisoslik (materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, o‘quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
O‘quvchilar fanni o‘zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar, ularda qo‘llaniladigan texnologik jarayoiilai hamda ishlab chiqarish munosabatlari to‘g‘risida to‘liq tassavvurga ega bo‘ladilar. Umumiy o‘rta ta’lim maktabiarida o‘quvchilarni mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash tarkibida kasbga yo‘naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlagan holda bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. Mazkur dastur bo‘Iajak texnologiya ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchilarining Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi asosida umummehnat tayyorgarligi bilan birga kasbga yo‘naltirish ishlarini xalq xo‘jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar sohalashtirilgan-ligini hisobga oigan holda bajarishiga xizmat qiladi.
3. “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
O‘quvchilarni texnologiya fanini o‘qitish metodi-kasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zIashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashina va mexanizimlarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommuni-katsiya texnologiyalaridan, jumladan:
- o‘quv faniga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so‘rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, “Bumerang”, musobaqa, “Aralash mantiqiy zanjirlar”, muammoli dars, “6x6x6” va shu kabi pedagogik texnologi yalaridan;
- fan bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-B-B, rolli o‘yinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiya-laridan foydalanish nazarda tutilgan.
“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganish, umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi Texnologiya faniining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo‘llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘yicha o‘quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxona-larida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o‘rganilishi lozim.
Pedagogika fanining tarmog‘i sifatida “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” fani oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo‘yiladi, ya’ni Texnologiya ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiya-viy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
Texnologiya ta’limi vazifalarini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologiya ta’limi oэquvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o‘quvchilarda ongli dunyo-qarashning shakllanishiga, ularni xalq xo‘jaligida mehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi.
“Texnologiya ta’limini o‘qitish metodikasi” fani o‘quv ustaxonalarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan boshqa o‘quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o‘qitishning o‘zaro didaktik bogliqligini ochib beradi, shuningdek, boshlangich, o‘rta va yuqori sinflardagi Texnologiya ta’limining izchilligini ta’minlash yoillarini ko‘rsatadi.
Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og‘zaki tushuntirish bilan emas, balki o‘quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yoii bilan shakllantiriladi.

Download 21.4 Kb.
1   2   3




Download 21.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi

Download 21.4 Kb.