Reja: Texnologiya tushunchasi




Download 440.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.09.2022
Hajmi440.66 Kb.
#26023
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza



1.7. Axborot texnologiyalari va ularning turlari
Reja: 
1. Texnologiya tushunchasi.
2. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
3. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. 
4. Axborot texnologiyalarining ta’minoti. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: texnologiya, axborot texnologiyasi, kommunikatsion 
texnologiya, mexanik texnologiya, Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
 
1. Texnologiya tushunchasi.
Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, mahorat, malaka ma’nosini 
anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun 
usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan 
belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar 
orqali qatiq, tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. 
Tvorog (rus.) - sutni sut achitqi bakteriyalar bilan ivitib, zardobini ajratib 
tayyorlanadigan mahsulot. Qaymog‘i olingan yoki olinmagan sutdan tayyorlanishga qarab 
yogʻli (18%), kamyogʻ (9%) va yogʻsiz boʻladi. 
Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish 
natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» 
tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so‘zini qo‘shish mumkin. Bu 
narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish 
mumkinligini aniqlab turadi. 
Texnologiya — bu sun’iy obyektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni 
boshqarishdir.
Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-
sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu 
yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, 
balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. 
Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera 
sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita 
boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. 
 

Download 440.66 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 440.66 Kb.
Pdf ko'rish