sohalarga mo‘ljallangan texnik vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter
tarmoqlari ishlatila boshlandi.
4. Axborot tizimlarining ta’minotlari.
Qo‘llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini
qayta ishlashning
deyarli barcha tizimlari ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to‘plamini o‘z ichiga
oladi. Ularni dasturiy texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga
ajralishi qabul qilingan.
Axborot ta’minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni
tasniflash va kodlashtirish tizimlari hujjatlashtirishning
unifikatsiyalashgan tizimlari, hujjat
aylanmasi va hujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o‘z
ichiga olgan axborotni
joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.