• Texnik ta’minot
  • Lingvistik ta’minot
  • Reja: Texnologiya tushunchasi




    Download 440.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana17.09.2022
    Hajmi440.66 Kb.
    #26023
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-maruza

    Dasturiy ta’minot - hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini 
    yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy va 
    amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi. 
    Amaliy dasturiy ta’minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni 
    avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. 
    Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasi 
    boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi 
    turli xil obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin. 
    Texnik ta’minot - ma’lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun 
    qo‘llanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy 
    operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi.
    Huquqiy ta’minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi 
    huquqiy me’yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning 
    huquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o‘rtasidagi shartnomaviy o‘zaro 
    munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o‘z ichiga 
    oladi. 
    Lingvistik ta’minot - inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash 
    samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan 
    foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. 
    Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi
    muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining 
    vazifasi – tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qog‘oz hujjatlarni qayta 
    ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, 
    iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog‘liq bo‘la boradi. 
    Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko‘rinishda bugungi kunda biznesda 
    juda tez rivojlanmoqda. 

    Download 440.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 440.66 Kb.
    Pdf ko'rish