• Yangi tezkor xotira tizimlari
  • DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha; DDR2




    Download 36.95 Kb.
    bet2/3
    Sana31.05.2022
    Hajmi36.95 Kb.
    #22511
    1   2   3
    Bog'liq
    Baxrom 2
    Aholi Daromadlari
    DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;

  • DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;

  • DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.

    Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor.
    Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG shinada ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu chastotaga moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga oʻrnatilganda, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida 1000 MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa, shunda tezkor xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar uchun javobgardir.
    Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. Buning uchun esa RAM ( Random Access Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham keng bo‘lishi kerak.
    Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida dastlab tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror internet sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib, kompyuterni o‘chirmasdan ikkinchi marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada tezroq ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida o‘chib ketadi.
    Yangi tezkor xotira tizimlari
    Ayniqsa bugungi rang-tasvir va harakatga boy o‘yinlar operativ xotiraning kattaroq bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida bo‘lmasa, ilovalarning ochilish jarayoni sekinlashadi. Hozir birgalashib sizning kompyuteringizga qanday turdagi tezkor xotira zarurligi, DDR3 va DDR4 kabi yangi tezkor xotira tizimlari bilan tanishamiz.
    2005 yildan 2009 yilgacha kompyuterlar DDR2 tizimidagi tezkor xotiraga ega bo‘lishgan. Bugun esa aksariyat qurilmalarda DDR3 tizimidagi RAM’dan foydalaniladi. 2007 yilda taqdim qilingan DDR3 zamonaviy, yangi operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha.
    Operativ xotira chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu – vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
    Sizga qancha axborot hajmiga ega operativ xotira zarurligini kompyuterdan nima maqsadda foydalanishingizga qarab aniqlash mumkin. So‘nggi yillarda ishlab chiqaruvchilar noutbuk qurilmalarida foydalanuvchi tomonidan yangilash mumkin bo‘lgan tezkor xotira tizimlarini yaratmoqdalar.
    Apple’ning MacBook Air noutbukining RAM tizimi 4 GB. Biroq Dell, HP kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor xotirali qurilmalarni taklif qilmoqdalar.
    Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32 gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ xotirasi 8 gigabaytdan yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki o‘ta zamonaviy o‘yinlarni o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4 gigabaytdan past noutbuklarni esa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Eng yaxshi variant 4 GB operativ xotiraga ega noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, kamida 8 GB xotirali noutbukni tanlang.
    1990-2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi 2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi 10 yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor xotiraga ega qurilmalarga o‘rnatish mumkin.

    Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4 GB tezkor xotira hajmi kifoya qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda qulay texnologiya. Bu video va audio tahriri uchun ayni muddao.

    Download 36.95 Kb.
  • 1   2   3




    Download 36.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha; DDR2

    Download 36.95 Kb.