Reja: XX asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat




Download 25,04 Kb.
Sana27.11.2023
Hajmi25,04 Kb.
#106796
Bog'liq
Referat tarix fanidan


Mavzu: ''1980-yillarning 2-yarmida [85-89] o'zbekistondagi ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy vaziyat’’
Reja:

  1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.

2.Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi”, “O’zbek ishi” nomli kompaniyalar. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojeasi. Farg’ona voqealari.
Mamlakatimizda so’ngi 29 yil ichida erishgan yutuq va marralarimizni holis va munosib baholash uchun mustaqillik ostonasida ijtimoiy-siyosiy hayot qanday murakkab vaziyatda bo’lganini, bu vaziyatni tubdan yangilangan yo’nalishga burib yuborish uchun ulkan donishmandlik va jasorat , insoniylik va ezgulik tamoyillariga yo’g’rilgan, ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ladigan vazmin siyosat talab etilganini esga olishimiz va o’zimizga aniq tasavvur etishimiz muhimdir.
Demak mamlakatimiz mustaqillikka erishishi arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holatlarning fojiali tus olishi, qaror topgan xo’jalik, ishlab chiqarish va moilaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada kuchayishiga yo’l qo’ymaslik nihoyatda muhim zaruriyat edi. Quyidagi muammolarning negizi, ularning mohiyat mazmunini hal etishdek mas’uliyatli ish Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov zimmasida edi yurtboshimiz bu murakkab muammolarni o’z donishmandligi sababli samarali hal etdi. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida mamkakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan edi.
50-80 yillarning birinchi yarmi vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir.Bir tomondan mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi.Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.2
Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi.Biroq 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurish demokratik jamiyatni yarayish uchun urinishlar bo’lda. Bu urinishlar natejasida jamiyatda biroz bo’lsada boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi. Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligi kengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning barcha qatlamlariga yetib bormadi va konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi. Jamiyatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.
Bu holatni biz nafaqat ishchilar haqqi masalasida balki jamiyatning har bir ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. Jumladan sog’liqni saqlash va xalq maorifi sohalarida ham ko’rib o’tishimiz mumkin. Davlat budjetidagi mablag’ bu o’z navbatida ushbu sohalardagi moddiy texnik bazasining eskirishiga, ta’lim jarayonini va aholining tibbiy yordam olishining yomonlashuviga olib keldi Yurtimizda yosh avlod ta’lim olishi uchun o’quv qurollari u yoqda tursin hatto o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi.
Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi. O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi. Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi. Milliy tahqirlash va kamsitish ayniqsa, kadrlar siyosatida yaqqol ko’zga tashlanardi. O’zbekistondagi respublika, viloyat, shahar va tuman partiya va sovet tashkilotlarining rahbar hodimlari, bo’lim boshliqlari Moskva “nomenktatura”sida bo’lib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi.5
Mahalliy rahbarlar faqat nomiga qo’yilgan asosiy ish mahalliy rahbar bo’lmagan ikkinchi rahbar qo’lida edi. Kadrlar tanlashda O’zbekistonning hech qanday o’rni va roli bo’lmagan. Bu haqidagi quyidagi I.Usmonxo’jayevning iqrori nihoyatda ahamiyatlidir: “Bir so’z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo’lardi.Hattoki obkomning bo’lim boshlig’idan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi.Moskva topshirig’iga ko’ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi bo’la olmasdi.U har qancha ishbilarmon bo’lsin, baribir Moskva uning nomzodini o’tkazmasdi”. Kadrlarni tanlash ish o’rinlariga va lavozimlarga qo’yishda xodimning ish qobiliyati, ishbilarmonligi, saviya darajasi, o’z sohasining chuqur bilimdonligi va kasb mutahassisligi kabi zarur belgilar hal qiluvchi rol o’ynamasdi. Balki hodimlarning rus tilini qay darajada bilishi, Markazga shaxsan sadoqatliligi va “baynalminalligi” hisobga olinar edi. Mustamlakachilik va milliy tahqirlash siyosatining yorqin ko’rinishlaridan biri
O’zbekiston KP MQning 1984-yil iyunida bo’lib o’tgan XVI Plenumidan so’ng Markazdan respublikaga yuborilgan “kadrlar desanti” bo’ldi. Bu hodimlar O’zbekiston Kompartiyasining faoliyatiga musaffo oqim baxsh etmoqdalar, eng yirik partiya tashkilotlarining tajribasini jamlab, undan foydalanishga yordamlashmoqdalar” deb maqtanar edi I.Usmonxo’jayev O’zbekiston KPsining XXI syezdidagi hisobat ma’ruzasida.
O’zbekitonda malakali kadrlar yo’q edimi yoki Rossiyada ishchi kuchi mavjud emasmidi? Bu say-harakatlarning tub zamirida boshqa g’oya yotar edi u ulug’ davlatchilik shovinizm siyosatining tarkibiy qismi sanalib, u kichik millitlarni assimilyasiya qilib yuborishdan iborat bosh maqsadga xizmat qiladi. Shovinizm siyosatining barcha ijtimoiy siyosiy jabhalarda ta’siri keng ko’lamli va u xalq yashash sharoitini yanada og’irlashtirib borgan. Buni biz xususan qishloq xo’jaligi sohasida ham ko’rib o’tishimiz mumkin.Demak qishloq xo’jaligida sifat ko’rsatgichlari yildan yilga pasayib bordi.Mehnatkash aholi o’z mehnatiga yarasha haq olmaganligi sababli mehnat layoqati pasaydi.Markaz borgan sari paxta buyurtmasini oshirib bordi, lekin aholiga to’lanadigan haq kamligicha qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a’zosiga to’g’ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so’mni tashkil etgan bir paytda, O’zbekistonda o’z tamorqasidan tushadigan daromad bilan birgalikda hisoblanganda 58,9 so’mga teng bo’lgan. Natijada O’zbekiston xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR mintaqasida oxirgi o’rinlarga tushib qoldi.
Bundayin ijtimoiy larzalarda xalqimizning o’ta qiyinchilik bilan hayot kechirgan shunday alamli sharoitda sho’rolar xalqining o’zligini, tilini yo’q qilib rus bo’lmagan millatlarni umuman millat sifatida tobtab assimilyasiyani amalga oshirgan. Bu jarayon, xususan KPSS XXII syezdining “ Kommunizm qurish” dasturi qabul qilingach, bevosita kun tartibiga qo’yildi. SSSRda “sotsializm to’la va uzil kesil g’alaba” qilgach, bevosita SSSR xalqining yangi tarixi birligi sovet xalqi paydo bo’ldi. Bu birlik: “Yagona Vatan-SSSR; “Yagona til-rus tili”; “yagona maqsad kommunizm”; “Yagona mafkura- marksizm leninizm” ga asoslanadi, degan g’oyalardan kelib chiqib, “Yagona xalq- sovet xalqi”; “Yagona pasport-Sovet pasporti” qoidasini ilgari surishgacha borib yetdilar.
“Baynalminal tarbiya” bayrog’i ostida, sistemali sur’atda, 70-yidan ortiq vaqt mobaynida xaspo’shlab olib borildi. Demak bu g’oyalarning asl maqsadi millatning o’zligini yo’q qilish xalqni sovet xalqiga aylantirish edi. Barcha davlat idoralarida hujjat rus tilida olib borilishi odat tusiga kirdi. O’zbek tili o’z yurtda ikkinchi darajali tilga aylandi. Misol uchun 1970-yilda 1-million nusxada chop etilgan bo’lsa, shundan 600 ming (60%) nusxada rus tilida u faqat 300-400ming (30-40%) o’zbek tilida edi xolos. Holbuki, o’zbeklar O’zbekistonda 73 foizdan ortiqni tashkil etganlar. Bu mustaqillik e’lon qilinishi arafasida Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida o’rganish jarayonida ijtomoiy hayotning barcha sohalarida sof shovinistik mustamlakachilik siyosati olib borilganiga guvoh bo’ldim. Xalqimizning juda boy tarixi uning madaniyati, o’ziga xos noyob xususiyatlarni bilmagan va bilishni ham xoxlamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos kiyish qoloqlik deb baholandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shavqatsiz jazolandi. Bu qadar xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini to’ldirib bordi.
Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’ldi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha o’quv –uslubiy qo’llanmada ijtimoiy-siyosiy jarayon mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros haqida aytib o’tilgan.
Mustabid tuzumning repressiv siyosati oqibatlar.
Ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi
Ozgina uchqun chiqsa, lovullab yonib ketish mumkin bo’lgan vaziyat
Hukmron repressiv siyosat
Mustabid mafkura kuchning saqlanishi
Keng tarqalgan qo’rquv va vahima
Xalq kayfiyatdagi tushkunlik.11
Mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros
Sog’liqni saqlash ishlarda o’ta ayanchli ahvol
Oddiy ichimlik suvi bilan taminlanmaganligi
9 million kishining daromadi eng zarur darajadan ham pastligi
60 foiz ijtmoiy infratuzilmaning nobopligi
Bir millionga yaqin ishsiz mavjudligi
“Paxta ishi”-tuxmat, tazyiq, taqib nohaq qamalishlar.12
Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar tajribasini har tomonlama o’rganish, millatmizning asriy qadriyatlarni urf-odat va boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi. Shundayin bir tarixiy sharoitda Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi xalqimizning yorug’ istiqboli uchun qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.

1989-yil 23-iyun kuni O’zbekiston kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. Bo’lajak yurtboshimiz boshliq yangi rahbariyat millatimizning o’z-o’zini anglashi kuchayib borayotganligini ilk bor etirof etgan.Xalqimiz asriy orzu-umidlari erkin farovonlik uchun kurashish milliy mustaqillikka erishish tomon zabardast qadamlar tashlandi.


1989-yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi. Qayd etilishicha, ana shunday mushkul pallada Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi.

«Islom Karimov O‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkentda, 1990 yil iyun oyida O‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham «titul» millat, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi», deyiladi maqolada.


Orol dengizi – Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgani maʼlum. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari Orol dengizining gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi Ustyurt tegisligi yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan.

Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.

Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 22-yillarning oxiridagi darajadan 1950 m pastroqda 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) Gʻarbiy va Sharqqa boʻlingan. 2001-yilda. 2003-yilda dastlabki maydonning toʻrtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz oʻrniga umumiy maydoni 38000 km2 boʻlgan yangi qum va tuzli choʻllarDengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.

Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11%”. Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. T ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, – 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.

Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—1960-yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—1960-yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi – kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi – 8—13g/l); ikkinchisi – nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi – 69— 72 g/l); uchinchisi – eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi – 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.

1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi.[1] Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.

2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.[2]

1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.


Xulosa

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki men ushbu mustaqil ish mavzusini oʻrganib chiqish davomida 1980 -1989 yillarida yurtimizda roʻy bergan voqea va hodisalar jumladan Paxta ishi va boshqa siyosiy va iqtisodiy holatlar haqida maʼlumotga ega boʻldim. Shu jumladan Orol dengizining qurishi negizida shuni angladimki, agarda qo’limizdagi bor narsalarni tejamasdan ishlatish va atrof muhitga beparvolikda bo’lish tuzatib bo’lmas muammolarni yuzaga keltirishi mumkin va bu muammolar nafaqat bir millatning balki butun dunyoning muammosiga aylanishi mumkin ekan.



Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1 A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012 99-sahifa
2 Usmonov Q, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.2012 190-sahifa
3 Q.Usmonov, M.Sodiqov.O’zbekiston tarixi.T. “Sharq” 2012 191-sahifa.
4 Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova.O’zbekiston tarixi. T. “Iqtisod-Moliya”, 2006. 381-sahifa
5 Narzulla Jo’rayev, Shodi Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011. Ikkinchi kitob 596-sahifa
6 Jo’rayev N,Karimov Sh.O’zbekiston tarixi-T.:2011,II-kitob,597-sahifa. 8O’sha manba,297-sahifa.
7 Narzulla Jo’rayev, Shodi Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011. Ikkinchi kitob,597-598-sahifalar.
Download 25,04 Kb.




Download 25,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: XX asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat

Download 25,04 Kb.