Rentgen apparatlari va rentgen nurlanishi




Download 123.91 Kb.
bet2/4
Sana31.10.2022
Hajmi123.91 Kb.
#28675
1   2   3   4
Bog'liq
Tibbiyot elektronikasi

Potensiallar ayirmasi U boʻlgan elektr maydonidan oʻtgan elektronning kinetik energiyasi eU = ^S— boʻladi, bunda e — elektron zaryadi, V — uning erishgan tezligi. Agar urilish jarayonida elektron qattiq tormozlanib oʻz tezligini nolgacha kamaytirsa, uning tuda kinetik energiyasi Rentgen nurlarining energiyasiga aylanadi, yaʼni = hv yoki max hc/eU; bunda X—Rentgen nurlarining toʻlqin uzunligi, v — nurlanayotgan elektromagnit toʻlqin chastotasi, h—Plank doimiysi, c — yorugʻlik tezligi. Demak, potensiallar ayirmasi qancha katta boʻlsa, Rentgen nurlarining toʻlqin uzunligi shuncha qisqa boʻladi.

Toʻlqin uzunligi juda qisqa rentgen nurlari qattiq R. N,. Deyiladi. Odatda, rentgen trubkalariga 50 kv gacha kuchlanish beriladi. Bunday potensiallar farqidan oʻtgan elektron 0,4 c ga yaqin tezlikka erishadi. Betatronda elektronlarga juda katta tezlik berilishi mumkin. Betatronda tezlatilgan elektronlar dastasini biror qattiq nishonga yuborib, juda qisqa toʻlqin uzunlikli rentgen nurlari hosil qilinadi. Toʻlqin uzunligi qanchalik qisqa boʻlsa, nurlar moddada shunchalik kam yutiladi. Shuning uchun betatronda yuzaga kelgan rentgen nurlari, ayniqsa, katta oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi. Elektronlar tezligi yetarlicha darajada katta boʻlganida elektronlarning tormozlanishi natijasida yuzaga kelgan nurlanishdan tashqari, harakteristik nurlanish, yaʼni anod atomlarining ichki elektron krbiklarining uygʻonishi natijasida vujudga keladigan nurlanish ham kuzatila boshlaydi.

Rentgen nurlarining optik xususiyatlarida yorugʻlikning barcha xususiyatlariga oʻxshash sinish va qaytish, qutblanish va difraksiya kabi hodisalar kuzatiladi. U yorugʻlikning yutilishiga oʻxshash qonunga boʻysunadi, yaʼni 1=1^", bunda 10 — yutuvchi qatlamga kelayotgan rentgen nurlari intensivligi, 1x qatlamdan oʻtgan rentgen nurlari intensivligi, (i. — Rentgen nurlari intensivligining susayish koeffitsiyenta. Rentgen nurlari intensivligining susayishida, ularning moddadagi kuchli bogʻlangan elektronlar (yaʼni atom ichki qobigʻidagi elektronlar)da, kogerent sochilishi, shuningdek, tashqi kuchsiz bogʻlangan elektronlarda kogerentsiz sochilishi (kompton hodisasi) va fotoelektr yutilishi muhimdir. Rentgen nurlari ning yutilish spektrlari atom elektron qobigʻining energetik satx/iap strukturasini aniqlashda qoʻllaniladi. Rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsiyenti yorugʻlik yutilishi koeffitsiyentiga nisbatan kichik. Shu tufayli rentgen nurlari turli moddalardan osongina oʻta oladi.


Download 123.91 Kb.
1   2   3   4




Download 123.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rentgen apparatlari va rentgen nurlanishi

Download 123.91 Kb.