Rentgen nurlari zaryadlangan zarralar




Download 196.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.05.2023
Hajmi196.03 Kb.
#56139
Bog'liq
Rentgen nurlari - Vikipediya
CHALA 104 GACHA BULDI KI fak. BMI 2022-2023 yil, 17-mavzu. O\'tkazgichlar elektrostatik maydonda Reja, DOST777ON, лаб№10 МТА, O‘ZBEKISTON TARIXI TAQDIMOT2, IBRAGIMOVA UMIDA REFERAT Diqqat turlari, G`ildirak 22222222, BDU huzuridagi pedagog, Laboratoriya rus, ОГЛАВЛЕНИЕ, Chaqiruv qog`ozi-353211105997, 16DvLZMVc24151QQ5uEOtxD1JK2xerwd0HOCLjB2, amaliiy ish 1, khgyfgh


Rentgen nurlari
Rentgen nurlari — zaryadlangan zarralar
yoki fotonlarning muhitni tashkil etuvchi
atomlari bilan oʻzaro taʼsirlashishlari
natijasida vujudga keluvchi elektromagnit
nurlanish. Ularning toʻlqin uzunliklari
YU"14 m dan 10 ~7m gacha boʻlgan
qiymatlarga teng boʻlishi mumkin.
Rentgen nurlarini 1895-yilda V. K. Rentgen
kashf qilgan. Rentgen bu nurlarni Xnurlar
deb atagan (hozirgi vaqtgacha ham ayrim
mamlakatlarda Xnurlar deyiladi). Ular


katta tezlikdagi elektronlarning moddada
tormozlanishi natijasida paydo boʻladi.
Rentgen nurlari amalda rentgen trubkasi
yordamida hosil qilinadi.
Rentgen nurlari kashf qilingach, ularning
tabiatini uzok, vaqtgacha aniqlash qiyin
boʻlgan. Chunki Rentgen nurlari elektr yoki
magnit maydoni taʼsirida oʻz yoʻnalishini


oʻzgartirmaydi, toʻlqin uzunligi
kisqaligidan toʻlqin xususiyatini (Mas,
difraksiyasini) oʻrganish, isbotlash qiyin
boʻlgan. 1912-yilda nemis fizigi M. Laue
va uning shogirdlari kristalldan Rentgen
nurlari oʻtganida rentgen nurlari
difraksiyasi sodir boʻlishini kashf qildilar.
Elektron anod moddasiga kelib urilganda,
oʻz energiyasining maʼlum qismini
Rentgen nurlarini hosil boʻlishiga
sarflaydi. Potensiallar ayirmasi U boʻlgan
elektr maydonidan oʻtgan elektronning
kinetik energiyasi eU = ^S— boʻladi, bunda
e — elektron zaryadi, V — uning erishgan
tezligi. Agar urilish jarayonida elektron
qattiq tormozlanib oʻz tezligini nolgacha
kamaytirsa, uning tuda kinetik energiyasi


Rentgen nurlarining energiyasiga
aylanadi, yaʼni = hv yoki max hc/eU;
bunda X—Rentgen nurlarining toʻlqin
uzunligi, v — nurlanayotgan elektromagnit
toʻlqin chastotasi, h— Plank doimiysi, c —
yorugʻlik tezligi. Demak, potensiallar
ayirmasi qancha katta boʻlsa, Rentgen
nurlarining toʻlqin uzunligi shuncha qisqa
boʻladi. Toʻlqin uzunligi juda qisqa
Rentgen nurlari qattiq R. n,. deyiladi.
Odatda, rentgen trubkalariga 50 kV gacha
kuchlanish beriladi. Bunday potensiallar
farqidan oʻtgan elektron 0,4 c ga yaqin
tezlikka erishadi. Betatronda
elektronlarga juda katta tezlik berilishi
mumkin. Betatronda tezlatilgan
elektronlar dastasini biror qattiq


nishonga yuborib, juda qisqa toʻlqin
uzunlikli Rentgen nurlari hosil qilinadi.
Toʻlqin uzunligi qanchalik qisqa boʻlsa,
nurlar moddada shunchalik kam yutiladi.
Shuning uchun betatronda yuzaga kelgan
Rentgen nurlari, ayniqsa, katta
oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi.
Elektronlar tezligi yetarlicha darajada
katta boʻlganida elektronlarning
tormozlanishi natijasida yuzaga kelgan
nurlanishdan tashqari, harakteristik
nurlanish, yaʼni anod atomlarining ichki
elektron krbiklarining uygʻonishi natijasida
vujudga keladigan nurlanish ham kuzatila
boshlaydi.


Rentgen nurlarining optik xususiyatlarida
yorugʻlikning barcha xususiyatlariga
oʻxshash sinish va qaytish, qutblanish va
difraksiya kabi hodisalar kuzatiladi. U
yorugʻlikning yutilishiga oʻxshash
qonunga boʻysunadi, yaʼni 1=1^", bunda
10 — yutuvchi qatlamga kelayotgan
Rentgen nurlari intensivligi, 1x qatlamdan
oʻtgan Rentgen nurlari intensivligi, (i. —
Rentgen nurlari intensivligining susayish
koeffitsiyenta. Rentgen nurlari
intensivligining susayishida, ularning
moddadagi kuchli bogʻlangan elektronlar
(yaʼni atom ichki qobigʻidagi
elektronlar)da, kogerent sochilishi,
shuningdek, tashqi kuchsiz bogʻlangan
elektronlarda kogerentsiz sochilishi


(Kompton hodisasi) va fotoelektr yutilishi
muhimdir. Rentgen nurlari ning yutilish
spektrlari atom elektron qobigʻining
energetik satx/iap strukturasini
aniqlashda qoʻllaniladi. Rentgen
nurlarining moddada yutilish koeffitsiyenti
yorugʻlik yutilishi koeffitsiyentiga nisbatan
kichik. Shu tufayli Rentgen nurlari turli
moddalardan osongina oʻta oladi.
Rentgen nurlari koʻzga koʻrinmaydi, ularni
qayd qilish uchun maxsus usullar
(fotografiya, ionlash) ishlab chiqarilgan.
Fotografiya usulida Rentgen nurlari
faqatgina qayd qilinib qolmasdan,
ularning intensivligi ham aniqlanadi. Lekin
bu usul bilan Rentgen nurlari intensivligini


oʻlchashdagi xatolik ionlash usuli bilan
oʻlchashga nisbatan kattadir. Ionlash
usuli Rentgen nurlari taʼsirida moddadan
chiqqan elektronlarning gazni
ionlashtirishni oʻlchashga asoslangan.
Bunday ionlashgan gazdan oʻtayotgan
tok kuchi (gazda maʼlum potensiallar
ayirmasi mavjud boʻlganda) Rentgen
nurlari intensivligiga toʻgʻri proporsional.
Rentgen nurlari fan va texnikaning
koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Ular
yordamida atom molekulalar tuzilishi va
kristallarning strukturasi oʻrganiladi.
Rentgen nurlaridan tibbiyot, biologiya, q.
h. va boshqa sohalarda keng
foydalaniladi.


Abror Noʻmonxoʻjayev.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 18:25 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Rentgen_nurlari&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Rentgen_nurlari&oldid=28563
37" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 196.03 Kb.




Download 196.03 Kb.
Pdf ko'rish