• Reproduktiv huquq nima
  • Reproduktiv salomatlik tamoyillari nima
  • Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ta’kidlashiga ko‘ra, reproduktiv salomatlikka ta’sir qiluvchi faktorlar quyidagilar
  • Reproduktiv salomatlik nima?




    Download 192.1 Kb.
    bet1/2
    Sana10.01.2023
    Hajmi192.1 Kb.
    #37902
      1   2
    Bog'liq
    Reproduktiv salomatlik nima
    more true stories, Kafolat xati dQWEDgo, Hello, 28, 9 sinf ona tili fanidan konspekt, 194 kerakli belgilangan, Katherine Mansfield - Short Stories ( PDFDrive ), Amaliy dasturiy paketlar, eeb69a3cb92300456b6a5f4162093851, yomg\'ir, Документ Microsoft Word, Курс иши 3-курс готов 114414, Mavzu Parollarni boshqarish tizimlari (masalan, LastPass) va ul-www.kompy.info, Mavzu Parollarni boshqarish tizimlari (masalan, LastPass) va ul-www.kompy.info (1)

    Reproduktiv salomatlik nima?
    Reproduktiv salomatlik – sodda qilib aytganda, faqat insonning reproduktiv tizimi va funksiyalari hamda jarayonlariga oid barcha masalalarda xastalikning yo‘qligini anglatmaydi, balki uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan to‘liq mo‘‘tadil (farovon) holatini ifoda etadi.



    Reproduktiv huquq nima?
    Javob: Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning bolalar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq masuliyat hisi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan malumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish.
    РЕКЛАМА
    Reproduktiv salomatlik tamoyillari nima?
    Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishdagi 12 ta tamoyil quyidagilardan iborat:

    • Xavfsiz homiladorlik;

    • Bexatar tug‘ruqlar;

    • Chilla davridagi malakali yordam;

    • Istalmagan homiladorlik va uni oldini olish;

    • Tug‘ruqlar oralig‘ini 3 yil va undan ortiq muddatga saqlash;

    • Zamonaviy kontratseptiv vositalar haqida aholiga keng malumot berish;

    • Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashhislash va davolash (OIS/IIVni oldini olish);

    • Bepushtlikni oldini olish;

    • O‘sma kasalliklari va o‘sma oldi kasalliklarini oldini olish;

    • Ona suti bilan boqish targ‘iboti;

    • Onalik va bolalikni muhofazasi;

    • O‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasi.

    Binobarin, mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichi yildan-yil kamayib, yuqumli, virusli, o‘ta xavfli infeksiyalardan asrash sog‘lom muhit sharoitlari, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilayapti. Bemorlarga tegishli hajmdagi malakali tibbiy xizmat, jumladan shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashib bormoqda. Qishloq joylarida ko‘plab zamonaviy qishloq vrachlik punktlari barpo etildi. Tibbiyotning 10 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar tashkil etilgani ham zamonaviy tibbiyotimizning yutuqlaridan biridir. Xalqimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi uzaygani, navqiron avlodning jismoniy va intellektual salohiyati oshgani bu ezgu ishlarning samarasidir. Ta’kidlash joizki, sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan yutuqlar barobarida hali o‘z echimini kutayotgan dolzarb masalalar xam mavjud.
     Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ta’kidlashiga ko‘ra, reproduktiv salomatlikka ta’sir qiluvchi faktorlar quyidagilar:

    1. Juda erta tug‘ish – bu 16 yoshgacha qizlarning homilador bo‘lishi hisoblanib, bu qizlar bir qarashda jismonan rivojlangandek ko‘rinsa –da, ularda hali jinsiy a’zolarning to‘la etilmaganligi, gormonal tizimning shakllanmaganligi, aqliy mukammallik, qonuniy huquqlar yo‘kligi bir qancha muammolarga sabab bo‘ladi. Bu ayollarda homiladorlik, tug‘ruklar ko‘pincha asoratlar bilan tugallanadi. Dunyoning ko‘p qismlarida ota-onalar qizlarni erta turmushga berish moliyaviy, ijtimoiy foyda olib keladi, hamda oilaning moliyaviy sharoitini engillashtiradi degan umidda hali bola yoshidagi qizlarini turmushga chiqishlarini qo‘llab quvvatlaydilar. Haqiqatda esa, bolalar turmush qurishi inson huquqlarini buzish hisoblanadi, chunki bu qizlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, aksariyat hollarda erta homiladorlik va jamiyatdan ajralib chiqishiga olib keladi. Buning oqibatida:

    -qizlar past ma’lumotligicha qolib ketadi;
    -kerakli kasbiy ta’lim ololmaydi;
    – huquqiy jihatdan o‘zini himoya qilolmaydi. Nikoh yoshi etmaguncha nikoh qayd qilinmaydi, natijada ularning bolalari onaning nomiga qayd etiladi va yolg‘iz onalar soni oshadi.

    1. Juda tez tug‘ish – bu tug‘ruqlar orasidagi intervalning saqlanmasligi bo‘lib, har bir organizm tug‘rukdan keyin kamida 3 yildan 5 yilgacha intervalni saqlashi kerak. Bu ona organizmi uchun butun homiladorlik va tug‘ruq davrida yuqotilgan energiya ya’ni vitaminlar, mikroelementlar o‘rnini to‘ldirish imkonini yaratadi. Qolaversa xomiladorlik, tug‘ruq asoratlari kamroq kuzatiladi.

    2. Juda kech tug‘ish bu 35 yoshdan katta ayollarning tug‘ruqlari bo‘lib, bu xomiladorliklarning asoratli o‘tishi homilada turli nuqsonlar va irsiy kasalliklarning yuzaga chiqishi bilan xavflidir. Bunday ayollarda ko‘pincha tug‘ruqlar qon ketish, onalar o‘limi va go‘daklar o‘limi bilan asoratlanadi.

    3. Juda ko‘p tug‘ish 3 tadan ortiq farzand ko‘rgan ayollar bo‘lib, bu ayollar tug‘ruq va homiladorlik davrida organizmning charchashi kuzatiladi. Bu tug‘ruqlar ayolning 35 yoshdan yuqori yoshida yoki tug‘ruqlar orasidagi interval saqlanmaslik holatlari bilan kuzatiladi. Ayol organizmidagi mavjud bo‘lgan ekstragenital kasalliklar homiladorlikning va tug‘ruqning asoratli o‘tishiga sabab bo‘ladi.

    4. Kasal bo‘lsang tug‘ma! Demak, sog‘lom ayoldan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Statistika ma’lumotlari bo‘yicha onalar o‘limining sababi o‘rganilganda, qon ketishlar birinchi o‘rinni, tug‘ruq travmatizmi ikkinchi o‘rinni, septik asoratlar uchinchi o‘rinni egallaydi. Homiladorlikni rejalashtirgan har bir oilada ona va ota sog‘lom bo‘lishi kerak qolaversa, ular yashayotgan muhit sog‘lom bo‘lishiga erishish kerak.


    Download 192.1 Kb.
      1   2




    Download 192.1 Kb.