3
“akaemik rivojlanish ko'nikmalari” fani masalalari doirasida talabalar:
- ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari, zaruriy shartlari, ilmiy izlanishga xos
asosiy tushunchalar, ilmiy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasi, mavzuni tanlash bosqichlari, tadqiqot
rejasini tuzish, ilmiy bilishda umumiy va xususiy metodlar, ilmiy-metodik adabiyotlardan
foydalanish, fanning oʻziga xos xususiyatlari, ilmiy tadqiqotning amal qilish mexanizmlari haqida
tasavvurga ega boʻlishi, tadqiqot tuzilishini
bilishi va ulardan foydalana olishi;
- tadqiqot jarayonini tasvirlash, xulosalarni taʼriflash va olingan natijalarni baholash, ilmiy
tahlil qilish, empirik va nazariy tadqiqot usullarini farqlash, kengaytirilgan tadqiqot rejasini ishlab
chiqish, ilmiy tadqiqotning metodologik tamoyillari, ilmiy loyihalarni tuzish, ilmiy izlanishlarning
yoʻnalishlari, olimning ahloqiy fazilatlari xaqidagi
koʻnikmalariga ega boʻlishi;
-bilimning konstruktiv xarakteri, ilmiy faoliyat mahsulining amaliy ahamiyatini anglash,
ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish va ularga havola berish usullari, mavzuni yoritish uchun
matndan daliliy misollar tanlash, ularning miqdorini belgilash, qoʻlyozmani tahrir qilish, ilmiy ishni
ilmiy-mantiqiy uslubda ravon va savodli yozish
malakalariga ega boʻlishi lozim.