Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda bozorlar iste’mol tavsiflari bir-biriga o‘xshash, ya’ni vazifasi, xossalari va sifati bir XIL bo‘lgan mollar bilan to‘lib ketgan




Download 58.54 Kb.
Sana15.04.2023
Hajmi58.54 Kb.
#51629
Bog'liq
Bozor kompleksi
kimyo, 3-курс. КОНФЛИКТ (1), Mavzu To’plamlarda akslantirishlar, ularning xossalari funksiya, 2-ma’ruza she’r yodlash usullari. Badiiy o‘qish vositalari haqi

 Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda bozorlar iste’mol tavsiflari bir-biriga o‘xshash, ya’ni vazifasi, xossalari va sifati bir xil bo‘lgan mollar bilan to‘lib ketgan. Masalan, AQShda avtomobil xarid qilishni xohlovchilarga yengil mashina va mikroavtobuslarning salkam 300 markasi, pivo ishqibozlariga esa qariyb 400 xil pivo taklif qilinadi. Bunday bozorga muvaffaqiyatli o‘rnashib olish uchun uni avvaldan kompleks tadqiq qilish lozimligini tushunish mushkul emas.Xaridor xatti-harakatlarining motivlarini o‘rganish bunday tadqiqotning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Masalan, amkrikalik marketing mutaxassisi D. Shvarsning konsepsiyasiga muvofiq, xaridorlar asosan, 1) emotsional (hissiy) motivlar-ustuvorligi tuyg‘usi, urf bo‘lgan va o‘ziga xos narsalar vositasini (tomosha yoki dorini) izlashga majbur etuvchi qo‘rquv, kino yulduzlar, mashhur sportchilarga o‘xshashga intilish, ommaviy madaniyat sanamlariga taqlid qilish (ayniqsa yoshlarga xos); 2) samarali motivlar-tejamkorlik (o‘zining iste’mol xususiyatlariga ko‘ra o‘xshash mollar o‘rtasida ko‘proq arzonroqlari xarid qilinadi) uzoq muddatli kafolat dalolati mavjud va tezda, qiyinchiliksiz servis xizmati ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan sharoitda yanada sifatli mahsulotlar hamda keng iste’mol mollarini xarid qilishga intilish singari motivlarga asoslanadilar
.Sub’ektlari firmalar bo‘lgan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mollar bozori kelsak, bunda qiymat, sifat, servis va hokazo shu singari samarili motivlar belgilovchi ahamiyatga ega.Bozorni atroflicha o‘rganish tizimiga xaridorlik xulq-atvori motivlarini tahlil qilishdan tashqari xaridorlar turli toifalarining potensial talabini aniqlash kiradi. Buning uchun marketing mutaxassislari bozorni segmentatsiyalaydilar, ya’ni xaridorlarni muayyan belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratadilar. Har bir bozor segmentining vakillari bir yoki bir necha umumiy belgilarga ega bo‘ladilar (masalan, og‘ir jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan va shahar nohiyalaridan birida yashovchi 30-40 yoshli erkaklar) va, odatda, firmaning marketingga oid tadbirlariga (masalan, reklamaga) bir xilda munosabatda bo‘ladilar. Segmentlarga bo‘lish ishbilarmonlarga marketingning samarador strategiya va taktikasini amalga oshirish, o‘z faoliyatini bozorda mavjud bo‘lgan xaridorlar guruhlarining o‘ziga xos tavsiflariga asoslanib qurish imkonini beradi.Bozorni kompleks tadqiq etish o‘z ichiga firma bevosita aloqada bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari-xom ashyo va uskunalarni yetkazuvchilar, korxona mollarini sotishdagi vositachilar, raqobatchilarning faoliyatini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Bozordagi vaziyatni firma ishlaydigan mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy-huquqiy vaziyatni, ana shu mintaqalarda yashovchi xalqlarning o‘ziga xos madaniy xususiyatlarini hisobga olmay turib amalsha oshirib bo‘lmaydi.
Download 58.54 Kb.




Download 58.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda bozorlar iste’mol tavsiflari bir-biriga o‘xshash, ya’ni vazifasi, xossalari va sifati bir XIL bo‘lgan mollar bilan to‘lib ketgan

Download 58.54 Kb.