|
Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
|
bet | 12/20 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 3,85 Mb. | | #113874 |
1.3 Masalaning qo‘yilishi
Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasini tizimining asosiy vazifalari Nashriyotningning mijozlar bilan ishlash samaradorligi darajasini amalga oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, vaqtdan yutish, ovoragarchiliklarni oldini olish hamda mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun sifatli va yaxshi loyixalashtirilgan ma’lumotlar bazasi talab qilinadi. Yaratiladigan baza foydalanuvchilarga har tomonlama qulaylik tug‘dirishi zarur. Ushbu Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasi tizimi xodimlar ishini bir necha barobar osonlashtiradi.
Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minoti hodimlar ishlarida aniqlikni oshirish va oshiqcha vaqt talab etadigan qog‘ozbozlikni oldini olish, hodimlar ish samaradorligini oshirish va baholashga imkon beradi.Ish samaradorligini oshirish va oshiqcha mijozlar sonini ko‘paytirish maqsadida shu kabi online ma’lumotlar bazasi tizimlari nafaqat barcha sug’urta, balki yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlar, ishlab chiqarish sektori va hukumat organlarida joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Oddiy holda loyixa yagona diagrammadan tashkil topishi mumkin, lеkin bu amaliyotda qo‘llanilishi qiyin, chunki qoidaga ko‘ra aloqa - jarayonlari juda murakkab va juda ko‘p vaqt talab qiladi. Jarayonlarning bunday modеli o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− Ob’еktlar va jarayonlar. Ob’еktlar jarayonlarda foydalaniladigan rеsurslarni ifodalaydi.
− Axborot tizimini modеllashtirish maqsadlari quyidagicha shakllantiriladi: Kelgusi yillarda o‘rnatiladigan va kelgusida yaratilishi kerak bo‘lgan barcha dasturiy vositalarning bu tizimga to‘laqonli javob berishi shart. Loyiha ishidan maqsad yuqoridagi qo‘yilgan talablar va kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda yurtimizdagi aholi uchun kerakli bo‘lgan avtomatlashgan tizimni yaratish va shu bilan birgalikda ularga yetarli darajada qulayliklar yaratish. Bu tizim hozirda qulaylik va samaradorlilik darajasi bo‘yicha yuqori bo‘lib turgan MySQL da yaratilgani ham bu tizimning qanchalik ahmiyatli ekanini isbotlaydi deb aytsak hech ham adashmagan bo‘lamiz.
− Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasini tizim loyixalarni avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotga bo‘lgan talablarni shakllantirish uchun baza yaratish: Bu juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki hozirgi kunda barcha nashriyotlarda obunalarni avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotlarga bo‘lgan talab keskin o‘smoqda. Bu esa yetarli darajada qulayliklar yaratmoqda.
1.Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasi tahlili.
2.HTML, CSS, PHP, Visual Studio va MySQL haqida umumiy tushuncha.
3.phpMyAdmin muhitida Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasini yaratish.
4.Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotning interfeysi.
|
| |