Tabiiy va gumanitar fanlar




Download 80.58 Kb.
bet5/12
Sana01.08.2022
Hajmi80.58 Kb.
#25047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
МТ 5.11.02.01-Maktabgacha ta\'lim
abdurahim kurs ishi 5, 11-sinf-informatika-va-at, Amaliy mash 1(Sotvoldiyev Javohirbek), 3-amaliy mashg'ulot
Tabiiy va gumanitar fanlar

1.01

Kasbiy kommunikatsiyada xorijiy til

-Sohaga doir tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozishga doir umumiy bilimlarga ega bo‘lish;
-keng ko‘lamli nutq yoki qator murakkab fikrlar bayonini;
e’lon va xabarlarni;
tanish va notanish kontekstdagi murakkab autentik nutqni;
o‘rganilayotgan til egasi bo‘lgan so‘zlashuvchilarning suhbat yoki
munozarasining aksariyat qismini;
radio, internet va televideniya dasturlari, intervyularning aksariyat qismini;
tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy/ayrim jihatlarini; jadval, grafiklarning qisqa izohini;
maxsus rasmiy va norasmiy noma/xatlarni tushunish
-metallurgik mashinalar va jihozlar haqida ingliz tilida ayta olish;
- metallurgik mashinalar va jihozlar ishlashi haqida ingliz tilida yo‘riqnomalar bera olish .

Akademik ko‘nikmalar-tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmasiga doir mashqlarni bajara olish; amaliy mashg‘ulotlarda o‘tilgan mavzular yuzasidan qo‘shimcha materiallarni mustaqil yoki guruhlar bilan o‘qish, tahlil qilish va ularni ixtisosliklariga bog‘lash;
tinglash: o‘qituvchi tomonidan belgilangan audio yoki video materiallar bilan ishlash;
gapirish: tayyorlangan taqdimotlarni guruh oldida og‘zaki taqdim etish,
savol-javoblarda ishtirok etish va fikr bildirish;
yozuv: mashg‘ulotlarda yoritilgan mavzular asosida berilgan yozma ishlarni amalga oshirish, portfolio talablariga asosan o‘z fikrlarini qisqacha yozma bayon qilish Metallurgiya sohasiga oid bo‘lgan terminlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish.

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.1,KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10

1.02

O‘zbek/rus tili (kasbiy faoliyatda)

- rus (o‘zbek) tilini muloqotning turli sohalari va vaziyatlarida mustahkam egallash va undan samarali foydalanish;
- o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda aniq va ravshan ifodalay olish, shakl, savollarga to‘g‘ri javob bera olish va ularga mos javob bera olish;
- ijtimoiy moslashuv qobiliyati, nutq me’yorlariga rioya qilish
odob-axloq, hamkorlikda ishlay olish;
- suhbatdoshning fikrini hurmat qilib, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish, ularni til vositalari yordamida ishontirish;
- munozarali vaziyatlarda o‘z-o‘zini nazorat qila olish, muammolar yoki kelishmovchiliklarga konstruktiv yechim topish;
- mutaxassislik faoliyatiga doir termin va texnik so‘zlashuv qoidalarini va tartibini aniqlash;
- so‘zlashuv konstruksiyalari me’yorlarini bilish va ularjdan foydalanish;
- mutaxassislik faoliyatiga doir so‘zlashuv va so‘z birikmalarini nutqda to‘g‘ri ishlatish va foydlanish;
- nutqdagi rasmiy ish, ilmiy, publitsistik va badiiy uslublarni bilish va farqlay olish.

- mavjud axborot manbalaridan foydalana olish, jumladan: kitoblar, darsliklar, lingvistik lug‘atlar, ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, kataloglar, internet, elektron pochta, televidenie, radio, audio va video yozuvlar, shuningdek, ko‘nikmalar yordamida axborot qurilmalar (mobil telefonlar, kompyuter va hokazo.);
- topish, tanlash, aylantirish, saqlash, uzatish, axborot vositalari resurslaridan, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda (ya’ni axborot manbasini ko‘rsatgan holda);
- turli axborot manbaalaridan foydalanib xabar tayyorlay olish;
- ma’lumotlar bazasini yaratish, asosiysini tanlash va uni tahlil qilish;
- guruhda va har kuni turli hujjatlar bilan ishlay olish(insho yozish, hisobotlar, muddatli qog‘ozlar, darseslatma,o‘zi haqida ma’lumot varaqalarini to‘ldirish, tabriklar yozish va hokazo.);
- doimiy ravishda o‘z ustida ishlay bilish;
- o‘z bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish.



UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10
















1.03

Kasbiy faoliyatda AKT

-informatika va axborot texnologiyalari tushunchasi;
-shaxsiy kompyuter arxitekturasi;
-kompyuterning dasturiy ta’minoti;
-arxivlash dasturlari va unda ishlash asoslari;
-antivirus dasturlari bilan ishlash;
-ofis dasturlari va ularning imkoniyatlari;
-ma’lumotlar ombori va unda ishlash asoslari;
-grafik dasturlar;
-AutoCAD dasturida ishlash;
-internet tarmog‘i va unda ishdash asoslari;
-elektron pochta bilan ishlash;
-avtomatlashtirilgan tizimlar;

-jamiyatda axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish;
-kompyuterda asosiy va qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish;
- Windows operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash;
-fayllar va kataloglar bilan ishlash;
-kompyuterda antivirus dasturlarini o‘rnatish;
- ofis dasturlarida ishlash;
- AutoCAD dasturida ishlash;
-internet tarmog‘ida ishlash;
-lokal kompyuter tarmog‘ida ishlash;
-elektron pochta bilan ishlash;
-avtomatlashtirilgan tizimlarda ishlash;

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10

1.04

O‘zbekiston tarixi

- O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyotining tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bog‘liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligini;
- O‘zbekiston tarixining jahon xalqlari tarixi bilan bog‘liqligini,
- tarixni o‘rganishda vorisiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik,milliy g‘oyaga asoslanish tamoyillarini;
- tarixni yoritishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urfodatlari, diniy e’tiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan tarixiy madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan yondashuvlarni;
- mustamlakachilik va qaramlik davrida O‘zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari, turli davrlarda istilochilarga va mustabid tuzumga qarshi ozodlik yo‘lidagi kurashlar hamda vatanparvalik jasoratlari haqida bilishi,
- O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlarini bilishi kerak

- O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyotining tadrijiy bosqichlari to‘g‘risida, ularning uzviy bog‘liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim;
- mustamlakachilik va qaramlik davrida O‘zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari, turli davrlarda istilochilarga va mustabid tuzumga qarshi ozodlik yo‘lidagi kurashlar hamda vatanparvalik jasoratlari haqida bilishi, Vatanimizning rivoji yo‘lida faol ishtirok etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishi, ularning ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish his-tuyg‘usiga ega bo‘lishi zarur;
- O‘zbekistonda davlat mustaqil-ligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida to‘laqonli bilimga ega bo‘lishi kerak;
- O‘zbekiston tarixida kechgan jarayonlarga nisbatan o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi, xulosa chiqara olishi va o‘zining jamiyat tarraqqiyotida tutgan o‘rnini anglash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10

1.05

Falsafa

- Falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish;
- falsafiy g‘oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga amal qilish;
- xilma-xil falsafiy oqim, ta’limot va turli qarashlarni bir butun jarayonning ifodasi bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida xolis talqin etish;
- mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog‘lab tavsiflash, ularni izohlashda umumbashariy va milliy miqyosdagi dalil va misollarga tayanish;
- har bir mavzuni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tushuntirish.

- Falsafa, uning jamiyat hayotida inson ma’naviy kamolatida tutgan o‘rnini keng yoritib berish;
- Falsafaniig o‘ziga xos dunyoqarash fan ekanligini, uning xar bir kishi hayotiy faoliyati uchun metodologik ahamiyatini teran anglatish;
- Falsafiy qarashlar rivojlanishining bosqichlari, ularning tarixiy shaklllarini tahlil etish;
- Umumiy aloqadorlik, bog‘liqlik va rivojlanishning falsafiy mummolari mohiyati sabablari va yo‘nalishini misollar orqali yortib berish;
- Qadimgi Sharq va Antik dunyoda falsafiy fikrlarni o‘rganishdagi zaruriyati va uning jahon madaniyati va fanidagi ahamiyatini bilish;
- Inson bilishining asosiy boqkichlari,ilmiy bilishning mohiyati va uslublari. Bilishda empirizm va ratsionalizmning o‘ziga xos jihatlarini aniglash;
- Hozirgi davrda bilish va haqiqat muammosi, uni o‘rganish zarurati;
- Insonning jamiyatdagi o‘rnini zamonaviy talqinlari;
- Odam va olam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy talqinlarini o‘rganishning yosh avlod ma’naviy kamolotidagi o‘rni.

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10

1.06

Biznesni tashkil etish va yuritish

- biznesda analiz qilish;
- kapital sarflar;
- xususiylashtirish modeli haqida tasavvur;
- biznes tushunchasi;
- mehnatni tashkil qilish usullari;
- rejalashtirish haqida tushuncha.

- rejalashtirishning uzluksizligi;
- korxona bo‘limlaridagi raqamli ko‘rsatkichlar;
- ishlab chiqarish samaradorligi;
- ijtimoiy mahsulot sig‘imi;
- biznes strategiya;
- tadbirkorlik salohiyati;
- biznes g‘oyalarni izlash.

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10

1.07

Bolalar anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi

-maktabgacha yoshdagi bolalar organizmini o‘sishi, rivojlanishi, tuzilishi, fiziologik xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lish.


-nerv sistemasi, sezgi organlari, yurak qon-tomir xususiyatlari, tayanch harakat apparati, teri gigienasi haqidagi bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

UK-3
UK-6
UK-7
KK-1.7
KK-1.8
KK-1.11

1.08

Oliy matematika

- matritsalar va ular ustida amallar va xossalari, teskari matritsa;
- yuqori tartibli determinantlar, minor va algebraik to‘ldiruvchi, xosmas matritsa;
- chiziqli tenglamalar sistemasi;
- dekart koordinatalar va qutb koordinatalar sistemasi, arifmetik n- o‘lchovli fazo;
- vektorlar va ular ustida amallar, vektorlarning skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalari;
- tekislikda to‘g‘ri chiziq tenglamalari;
- ikkinchi tartibli egri chiziqlar, ellips, giperbola va parabola;
- funksiya va uning berilish usullari, sonlar ketma-ketligi va uning limiti, funksiya limiti;
- funksiya uzluksizligi va uzluksiz funksiyalar xossalari;
- funksiya hosilasi va differensiali, asosiy elementar funksiyalarning hosilalari;
- yuqori tartibli hosilalar, funksiyaning ekstremumlari, funksiyaning eng katta va eeng kichik qiymatalri;
- funksiya grafigining asimptotasi, funksiyani hosila yordamida to‘la tekshirish;
- boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral;
- integrallashning ba’zi qoidalari;
- kasr-ratsional funksiyalarni sodda kasrlarga ajratish va integrallash;
- aniq integral ta’rifi va xossalari;
- aniq integralning geometriyaga tadbiqlarini bilishi kerak.



  • matritsalar ustida amallar bajara olish;

  • minor va algebraik to‘ldiruvchilarni hisoblay olish;

  • tenglamalar sistemasini yecha olish va amaliyotda tadbiq qila olish;

  • koordinatalar sistemasini tasavvur qila olish;

  • vektorlarni skalyar, vektor va aralash ko‘paytmalarini hisoblay olish va amaliyotda qo‘llay olish;

  • tekislikdagi to‘g‘ri chiziqning tenglamalarini topa olish va amaliyotga tadbiq qila olish;

  • ellips, giperbola va parabolalarning chizmalarini chiza olish va tasavvurga ega bo‘lish; funksiyaning berilish usullarini bilish, sonli ketma-ketlik limitini hisoblay olish;

  • uzluksiz va uzilishga ega funksiyalarni ajrata olish;

  • funksiya hosilasi va ifferensiallarini hisoblay olish;

  • yuqori tartibli hosilalarni hisoblay olish va funksiya ekstremumlarini topa olish;

  • funksiyani hosila yordamida to‘la tekshirib grafigini chiza olish;

  • boshlang‘ich funksiyani topa olish;

  • integnrallash qoidalarini bilish;

  • kasr-ratsional funksiyalarni sodda kasrlarga yoyish va integrallashni bilish;

aniq integralni ta’rifga ko‘ra hisoblay olish.

UK-1,UK-2,UK-3, UK-4,UK-5,UK-6,UK-7,UK-8,UK-9,UK-10, KK-1.5, KK-1.7, KK-1.10
















2.00


Download 80.58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 80.58 Kb.