Rossiya imperiyasi davridagi migratsion jarayonlar Reja Ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari




Download 384,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.11.2023
Hajmi384,06 Kb.
#100914
Bog'liq
14-mavzu



Rossiya imperiyasi davridagi migratsion jarayonlar 
Reja 
1.
 
1.Ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari.
2.Yangi shaharlarning payda bo‘lishi va aholi tarkibidagi o‘zgarishlar 
Adabiyotlar
1
.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – Toshkent,1998. 
2.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: 
O’zbekiston, 2012. 
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent, 1997.
4.Asqarov A.A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. O‘quv qo‘llanma. – 
T.: Universitet, 2007. 
5.Rasulova N. “O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” fanidan seminar 
mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish: Metodik 
qo‘llanma. – T.: TDPU, 2012. 
6.Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. – T.: Sharq, 2001. 
7.Sagdullaev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. Toshkent,1996. 
8.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.1.—T.12. – T.: “O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2006.  
Rus mustamlakachilarining o’lkaga rus aholisini ko’chirib keltirish siyosati. 
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlagan asosiy va bosh 
maqsadi o’lkani Rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga 
aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib 
o’rnashtirish edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi yer suv munosabatlari O’rta 
Osiyoda o’z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan o’z 
manfaatlari yo’lida foydalanishni ko’zda tutgan edi. 
1886 yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga ko’chib kelishlari uchun 
katta imtiyozlar berildi. Shuningdek, bu nizomga ko’ra, «bo’sh yotgan davlat 
yerlariga» birinchi navbatda harbiy hizmatdan bo’shatilgan harbiy xizmatchilarni 
qo’yish ko’zda tutildi. 
-Imperiyaning Turkistondagi yer suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat 
amalga oshirildi: 
-Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga 
yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy 


dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa 
bo’lib foydalanish uchun topshirildi; 
-O’troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib 
qo’yildi; 
-Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bo’lsa, keyinroq bu mulklar butunlay 
tugatilib yuborildi; 
-Shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer 
ajratish ta’qiqlandi; 
Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish 
mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi. 
Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 
yildayoq boshlab yuborildi.1869 yilda Yettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari 
to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik 
aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik aholisi 
bo’lgan 19 ta rus qishlog’i barpo etildi.1886 yilig Nizomga ko’ra, o’lkaga rus 
aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir ko’chib keluvchiga 10 
desyatinadan kam bo’lmagan yer ajratilishi ko’zda tutildi.Yuqorida aytganimizdek, 
1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab o’tgan 15 yil 
davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus 
qishlog’i barpo etilgan bo’lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 
yillarda Turkistonga ko’chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 
25 ta rus qishlog’i paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar 
ortdi.O’lkada rus dexqonlarining salmog’i bir oz ortgach, rus mustamlakachi 
ma’muriyati ularni qurollantirish va zurur bo’lgan hollarda mahalliy aholi 
noroziliklari, qo’zg’olonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga 
oshira boshladi. Shu maqsadlar 1896 yilda Sirdaryo viloyatiga ko’chib kelgan 
kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897 yilda yana 3000 ta miltiq, Yettisuvda 
300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu 
bilan Rossiya ko’chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga 
oshirilganligini ko’rsatdi.Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda o’z 
manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira 
boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda 
temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi. Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni 
harbiy 
strategik 
va 
iqtisodiy 
maqsadlarni 
ko’zlab 
qurildi. 
Rus 
mustamlakachilarining o’lkaga rus aholisini ko’chirib keltirish siyosati. 

Download 384,06 Kb.




Download 384,06 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rossiya imperiyasi davridagi migratsion jarayonlar Reja Ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari

Download 384,06 Kb.
Pdf ko'rish