• 2.1. Iboralar va ularning soz yasalishidagi orni
  • IKKINCHI BOB. O'ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O'ZLASHMALI




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet13/20
    Sana12.05.2023
    Hajmi367.37 Kb.
    #59041
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
    Bog'liq
    7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
    report
    IKKINCHI BOB. O'ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O'ZLASHMALI 
    IBORALAR
    Ma'lumki so'z bilan gaplashib bo'lmaydi. Fikrni berish uchun to'liq gap tuzish kerak. 
    Gap fikrni to'liq ifodalaydi, chunki uning egasi, kesimi ma lum. So'z va gap o'rtasida 
    ayrim til birliklari borki, biz ularni iboralar deymiz. Iboralar fikrni to la anglatmaydi. 
    Zero, ularda na shaxs, na son, na zamon ifodalanadi. Ular fikrni tushunishga 
    yordamlashadi. Masalan, o'zbek tilini xorazm shevasini o'rganuvchi ingliz “uchak” 
    so'zini o'rganishi mumkin. Lekin “uchak” so'zini qachon qo'llaydi, faqat sharoit 
    taqozo qilib mavzu birovning uchaka chiqishi, uchakdan tushishi, uchakdan yiqilishi 
    yoki uchakda biror narsani mavjudligini bildirishi zarur bo'lgan hollarda u yuqoridagi 
    so'zga murojat qilishi uchun biror tilni o'rganganda faqat narsa va hodisa nomini 
    emas, balki o'sha narsa va hodisaning hayotning qaysi jabhalarida zarurligi va ular 
    anglatgan voqelikni amalga oshishini bildiruvchi iboralar zarur. Shu ma'noda til 
    o'rganuvchiga faqat “uchak” so'zi emas, balki uchaka chiqmoq, uchakdan tushmoq, 
    uchakdan yiqilmoq iboralari tanish bo' lishi zarur. Shu fikr mulohazalardan kelib 
    chiqib, biz ingliz tilidan qabul qilingan o' zlashmalar va ular bilan yasalgan iboralarga 
    to'xtalamiz. 
    2.1. Iboralar va ularning so'z yasalishidagi o'rni 
    Ibora mustaqil turkumlarga mansub ikki va undan ortiq leksema asosida tarkib topgan 
    lug'aviy birlik bo'lib, asosan nominativ ma'noni ifodalaydi, shunga ko'ra leksema bilan 
    bir qatorda qo'yiladi, leksemadan yirik nominative birlik deb yuritiladi. Masalan, 
    ko'nglidan o'tkazmoq iborasining ma'nosi fikrlamoq leksemasining ma'nosiga, ko'ngli 


    joyiga tushdi iborasining ma'nosi tinchlanmoq leksemasining ma'nosiga yaqin ma'no. 
    (16; 55-56 ) 
    Frazeologiya atamasi ( gr. phrasis - ifoda va logos - ta'limot) atamasi ikki ma'noda 
    ishlatiladi: 1)frazeologik tarkibni o'rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2)shu tilning 
    frazeologizm majmui. 
    Frazeologiyaning o'rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional 
    xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. 
    Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg'un birikma, barqaror birikma , frazeologik 
    birikma atamalari bilan ham yuritiladi. Frazeologiya leksikologiya bo'limining 
    tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko ra qo'shma leksema, so'z 
    birikmasi va gapga o'xshaydi. Biroq ular qo'shma leksema kabi til jamiyati ongida 
    tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda frazeologizm lisonda barcha 
    lisoniy birliklarga xos bo'lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida 
    namoyon bo'ladi. (13; 129) 
    Ibora, o'z tuzilishiga ko'ra birikma yoki gapga teng bo'ladi. Masalan, bir so'zli, 
    turgan gap, ko'z ochirmaslik, bosh olmoq iboralari o'z tuzilishiga ko'ra birikmaga 
    teng; toqati toq, tili uzun, boshi qotdi iboralari esa gapga teng. Ko'rinadiki, iboraning 
    ifoda planini izohlashdan avval birikma va gap haqida ma'lumot berish lozim. 
    Leksemalarning o'zaro sintaktik bog'lanishi bilan bog'lanma yuzaga keladi. Bunday 
    bog' lanma - nutq birligi, chunki u ma' lum tushuncha yoki fikrni anglatish talabi bilan 
    nutq jarayonida tuziladi; bular til xotirasida yaxlitligicha mavjud bo'lmaydi, balki 
    talabga ko'ra nutqda shu tilning grammatik qurilishiga xos qoliplar asosida yangidan 
    tuziladi. Masalan, Nurmatjon shu qanoat bilan besh-olti yilni o'tkazdi gapi malum 
    fikrni anglatish maqsadida nutq jarayonida tuzilgan. Fikr aytilgach, bu nutq birligi bir 
    butun holda saqlanib qolmaydi. Bu gap uchun qurilish materiali bo'lib xizmat qilgan 
    har bir leksema o'z ma'no mustaqilligini saqlab qatnashadi. Yuqoridagi xususiyatlari 
    asosida bunday nutq birligi erkin bog'lanma deb yuritiladi. (16; 56) 
    Ibora erkin bog'lanmadan qurilishi bilan farqlanmasa ham, grammatik qurilishining 
    mohiyati bilan farqlanadi. Ibora har gal nutq jarayonining o'zida tashkil topmay, balki 


    ungacha bir butun holga kelgan bo'ladi, til xotirasida yaxlitligicha yashaydi, nutqqa 
    ham yaxlitligicha kiritiladi. Masalan, Nurmatjon Adolatxonga ko'z tikdi gapi 
    ko'rinishida to rt so'z shaklidan tuzilgan, ammo uning tarkibida uch lug'aviy birlik 
    qatnashgan: Nurmatjon, Adfolatxon, ko'z tikmoq. Birinchi va ikkinchi birliklar - 
    leksema, uchinchisi esa ibora. Bu ibora tarkibida bor bo'lgan leksemalar ham aslida 
    ikki lug'aviy birlik (ko'z, tikmoq), ammo ibora shu ikki leksema asosida tashkil 
    topgan alohida lug'aviy birlikdir. Yuqoridagi gapda ko'z va tikmoq leksemalari emas, 
    balki ko'z tikmoq iborasi qatnashgan. Bunday til birligi, nutq birligiga zid qo'yilib, 
    turg'un bog'lanma deb nomlanadi. 
    Turg'un bog'lanma terminining ma'nosi juda keng. Bunday til hodisalarini dastlab 
    ikkiga guruhlash mumkin: 1) to'g'ri ma'noli turg'un bog'lanmalar; 2) ko'chma ma'noli 
    turg'un bog'lanmalar. Turg'un bog'lanmalarning bu ikki turi o'z ma'nosiga ko'ra bir-
    biridan farqlanadi: har ikkisida ma lum bir voqelik anglatiladi, lekin birinchisi, 
    odatda, voqelikni nomlash bilan chegaralansa, ikkinchisida ko'chma ma'no, obrazlilik 
    ham qatnashadi. 
    To'g'ri ma'noli turg'un bog'lanmalarning asosiy ko'rinishlari quyidagicha: 
    a) Sostavli terminlar: madaniy-oqartuv muassasasi, elektron hisoblash mashinasi 
    kabi; 
    b) Takroriy konstruktsiyalar: kuchga kuch qo'shildi, husniga husn qo'shib turibdi, 
    kundan kunga, tildan yilga kabi. 
    Frazema deb ko'chma ma'noli turg'un bog'lanmalarga aytiladi: ter to'kmoq, 
    xamirdan qil sug'urganday kabi. 
    Iboralarning ifoda plani deyilganda, birinchi navbatda, ularning grammatik 
    qurilishi tushuniladi. Hozirgi o'zbek tilida iboralarning grammatik qurilishining 
    umumiy tavsifi quyidagicha: 
    1. Iboralarda hozirgi o'zbek tilidagi sintaktik bog'lanishlarning barcha turlari o'z 
    aksini topgan. Iboralarning ko'pchilik qismi birikmaga tengdir. Gapga teng 
    qurilishlari ham anchagina. Birikmaga teng, shuningdek, gapga teng qurilishli 
    iboralar, o'z navbatida, xilma-xil ko'rinishlarga ega. 


    2. Ayni bir ibora ham birikmaga, ham gapga teng shaklda bo'la oladi. Bunday hodisa 
    anchagina uchraydi va asosan ibora tarkibidagi fel qismining nisbatini o'zgartirish 
    bilan voqe bo'ladi. Masalan, ko'nglini ko'tarmoq - birikmaga teng qurilishli ibora, 
    ko'ngli ko'tarildi - shu iboraning gapga teng qurilishli ko'rinishidir. 
    Iborani qayta tuzish bilan ham bir ibora birikmaga va gapga teng shakllarga kiradi. 
    Masalan, ochiq ko'ngil - birikmaga teng qurilishli ibora, ko'ngli ochiq - shu iboraning 
    gapga teng qurilishli ko'rinishidir. Bunday qayta tuzishga ikki leksemadan tashkil 
    topgan bazi iboralar yo'l qo'yadi. Yuqoridagi o'zgartirish natijasida sifatlovchi-
    sifatlanmish munosabati ega-kesim munosabatiga va, aksinchaga, aylanadi. 
    3. Birikma deganda, odatda, ikki mustaqil leksemaning o'zaro grammatik hamda 
    semantik munosabatga kirishuvi asosida tuziladigan sintaktik birlik tushuniladi. 
    Bunda grammatik jihatdan birinchi qism tobe, ikkinchi qism esa hokim bo'lib, tobe 
    qism so'zshakl bilan, hokim qism esa leksema bilan ifodalanadi (bunday leksema 
    ma lum shakl olgan bo'lishi mumkin, lekin so'zshakl darajasida grammatik 
    shakllanmaydi). Masalan, tiniq suv, tez gapirmoq, hovli supurmoq birikmalarining 
    qismlarini chizmada shunday ko'rsatish mumkin: 
    [(tiniq) (suv=)]= 
    [(tez) (
    g
    a
    p
    ir
    =
    )]

    [(hovli) (supur=)]= 
    so'zshakl leksema 
    Yuqoridagi 
    misollar 
    erkin 
    birikmaga 
    teng. 
    Turg'un 
    birikmalar, 
    shu 
    jumladanbirikmaga teng qurilishli iboralar ham, asosan, huddi shu qolipni aks ettiradi: 
    [(tosh) (yurak=)]= 
    [(yerga) (qarat=)]= so'zshakli leksema Birikmaga teng 
    qurilishli iboralarning kichik bir qismi, erkin birikmalardan farqli holda, 
    so'zshakllardan tarkib topgan deb qaraladi, chunki ular tarkibidagi hokim qism ayni 
    shu shakldagina namoyon bo'ladi, grammatik shakl o'zgarmaydi: 
    [(bir) (shingil)] (gap) 
    [(katta) (ko' cha)] so'zshakli so'zshakli Birikmaga teng 
    qurilishli iboralar ikkitadan ortiq leksemadan tarkib topgan bo'lishi mumkin. Bu holat 


    yig'iq birikma va yopiq birikma tushunchalarini kiritishga olib keladi. Yopiq 
    birikmaga teng qurilishli iboralarga misollar: gapini 
    og'zidan olmoq, tirnoq ostidan kir qidirmoq, suv bo'yiga olib borib, sug'ormay olib 
    kelmoq kabilardir. 
    4. Tarkibida ayrim so'z shakl bilan ifodalangan ega bo'lagi bo'lsa, shunday ibora 
    qurilishiga ko'ra gapga teng hisoblanadi: joni chiqdi kabi. 
    Birikmaga teng qurilishli fel iboralar matnda kesim bo'lim keladi va shu vazifasiga 
    mos holda mayl, zamon va shaxs-son shakllarini oladi, lekin shu asosda bunday 
    iborani gapga teng qurilishli deb qarab bo'lmaydi. Chunki bunday ibora til birligi 
    sifatida nutqqa kiritilmasdan avval kesimlik shakllariga ega bo'lmaydi. Masalan, 
    joniga tegmoq iborasi birikmaga teng qurilishli bo'lib, matndagina kesim kabi 
    shakllanadi: Jonimga tegdi bu xarxashalar, ketaman shaharga. 
    5. O'z ichida ergash gapli yerning tagida ilon qimirlasa , bilmoq kabi iboralarni 
    birikmaga teng qurilishli birliklar qatoriga kiritish to'gri. Chunki qo'shma gap 
    ko'rinishli bunday iboraning bir butun holda olingandagi grammatik mohiyati 
    uning ikkinchi qismiga ko'ra belgilanadi. Yuqoridagi kabi iboralarda ergash 
    gapdan (yerning tagida ilon qimirlasa) tashqari qism (bilmoq) gapga teng emas. 
    Chunki bu qismning o'z ichida ayrim so'zshakl bilan ifodalangan ega bo'lagi yo'q. 
    Bunday iboralarning fel qismi kesimlik shakllarini nutqda oladi. 
    Demak, yoyiq birikmaga teng iboraning ichki qurilishida to'liq shakllangan 
    soda gap bo'lishi mumkin, ammo bunday sodda gap iboraning ichki qurilishiga 
    mansub bo'lib, iborani bir butun holda gapga teng deyish uchun asos bo'la olmaydi. 
    6. Iboralar orasida qo'shma gapga teng qurilishli birliklar ham uchraydi: begim 
    deguncha, beli sinadi kabi. Ba'zi iboralar aslida dialogdan o'sib chiqqan: tuya 
    ko'rdingmi, yo'q kabi. Ergash gap ko'rinishli qismlardan tuzilgan iboralar ham bor: 
    ana-mana deguncha, kampir shaftoli yeguncha kabi. Mana bu iboraning birinchi 
    qismi birikmaga, ikkinchi qismi esa gapga teng qurilishli: qushbegi bilan shovla 
    yemaydi, tirnog'I kuyadi va boshqalar. 
    7. Ibora qismlarida tartib erkin bog'lanmalardagi tartibdan farq qilmaydi. Ba'zi 


    istisnolar poetik nutq yoki so'zlashuv nutqi sintaksisi hisobiga (sichqon sig'mas 
    iniga), tojik tili sintaksisi hisobiga kelib chiqadi. 
    Misollardan ko'rinib turibdiki, iboraning ifada plani deb uning tarkibidagi 
    leksemalargina emas, balki iboraning doimiy tarkibiy qismi sifatida qatnashuvchi 
    morfemalar ham qaralishi lozim. Chunki bunday morfemalar, leksemalar qatori, 
    iboraning ichki grammatik qurilishiga mansub bo'ladi. Nutqda ishlatish munosabati 
    bialn qo'shiladigan qismlargina iboraning ifoda planiga mansub bo'lmaydi. Masalan, 
    Shumliging o'zingning boshingga yetsin gapida qatnashgan boshinga yetsin 
    iborasining ifoda plani deyilganda avvalo bosh, yetmoq leksemalari, shuningdek, -ga 
    morfemasi tushunilishi lozim. Bu ibora tarkibida qatnashayotgan tuslovchi (shaxs-son 
    affiksi) nutqda kesim vazifasida kelishi munosabati bilan qo'shiladi, demak, bu 
    iboraning ifoda planiga kirmaydi. (16; 5758-59) 
    H. Jomolxonov frazemalarni frazeologik monosemiya va polisemiyaga bo'lib 
    o'rgangan. 
    Frazeologik monosemiya - iboraning semantik tarkibida bitta frazeologik ma'noning 
    bo'lishi. Masalan, ko'ngliga qo'l solmoq iborasining semantik tarkibida “yashirin fikr-
    o'yini bilishga harakat qilmoq” ma'nosidan boshqa frazeologik ma'no yo'q: “Rizaning 
    yuragiga qo'l solib ko'rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo'ldi”. “Kechagi 
    ishdan maqsadim u yerdagi xotinlarning ko'ngliga qo'l solib ko'rish, undan keyin 
    o'zimga ba'zi bir ishonchliroqlarini tanlab olish edi”. Keltirilgan gaplarning 
    birinchisida ko'ngliga qo'l solmoq iborasining variatsiyasi _ “yuragiga qo'l solib 
    ko'rmoq” ishlatiligan, har ikki holda ham frazeologik ma'no - “yashirin fikr-o'yini 
    bilishga harakat qilmoq” nazarda tutilgan. 
    Frazeologik polisemya - iboraning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq 
    frazeologik ma'noning bo'lishi. Masalan: boshim ayalandi iborasining semantic 
    tarkibida ikkita frazeologik ma'no bor: 1) “Behud bo'lmoq” ma'nosi: “stol yoniga 
    kelguncha unung boshi aylanib ketdi. “Muncha darmonsiz bo'lmasam”,- o'yladi u”. 2) 
    Esankiramoq ma'nosi: “...muloyim qarab qo'yishlarini, ...jilmayib gapirishlarini 
    sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi”. 


    Leksemalarda bo'lganidek, iboralarda ham polisemiya hodisasi ma'no ko'chish 
    qonuniyatlariga asoslanadi. (8; 219) 

    Download 367.37 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IKKINCHI BOB. O'ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O'ZLASHMALI

    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish