Iboralarning ma'no munosabatiga ko'ra turlari




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana12.05.2023
Hajmi367.37 Kb.
#59041
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
report
Iboralarning ma'no munosabatiga ko'ra turlari 
H. 
Jamolxonovning fikriga ko'ra bunday munosabat asosida 
frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi. 
1. Frazeologik sinonimiya bir necha iboraning bitta frazeologik ma'no atrofida 
birlashishidir. Masalan: 1)pixini yorgan - “ayyor”, 
2) ilonning yog'ini yalagan - “ayyor” kabi. Leksik sinonimiyada bo'lganidek, 
frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: pixini yorgan va 
ilonning yog'ini yalagan iboralari “ayyor” ma'nosi bilan bitta sinonimik qatorni hosil 
qilmoqda. Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo'yoq, odatda, bo'rtib turadi. Aslida, 
frazeologik birliklar xuddi shu maqsadda - voqelikni nomlashda uni o'tkir baholab 
berish uchun, shu voqelikka ijobiy va salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, 
shuning uchun ular nutqning ta'sirchan, obrazli bo'lishini ta'minlovchi muhim uslubiy 
vosita sanaldi. Masalan: 1) Bunga Botirning achchig'i keldi, buni Bo'ston sezdi. 
2) Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi. 
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko'proq har bir tilning o'z iboralari doirasida 
uchraydi: Qilidan quyrug'igacha - ipidan iganasigacha; Quvonchi olamga sig'maydi - 
sevinchi ichiga sig'maydi kabi. Boshqa tildan ibora o'zlashtirish juda passiv 
bo'lganligidan, o'zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda 
kam uchraydi. 
Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiydan farqlash kerak: 
frazeologik sinonimiyada bir necha ibora bir ma'no atrofida birlashadi, demak, bitta 
sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta iboraning ko'rinishlari 
nazarda tutiladi, bunday ko'rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) 
ko'zini yummoq; 


2) bandalikni bajo keltirmoq; 
3) jon bermoq. 
Bu uch ibora bitta ma'noni “vafot etmoq”ni bildiradi, shunga ko'ra bitta sinonimik 
qatorga birlashadi. Qo'lini bigiz qilmoq va barmog'ini bigiz qilmoq qo'shilmalari esa 
ikkita ibora emas: ular bitta iboraning ikkita ko'rinishidir. Bu ibora tarkibidagi “qo'l” 
va “barmoq” so'zlari o'rtasida sinekdoxa yo'li bilan ma'no ko'chishi bor, bu hol “qo'l” 
so'zi o'rnida “barmoq” so'zining qo'llanishiga yo'l ochgan, ammo bir ibora o'rnida 
butunlay boshqa ibora yuzaga kelmagan, shunga ko'ra ular bitta iboraning ichki 
ko'rinishlar - variatsiyalari sanaladi. Demak variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. 
Ba'zan leksema bilan ibora bir sinonimik qatorga birlashadi: qaramoq (lekema) - ko'z 
qirini tashlamoq (ibora), xursand (leksema) - boshi osmonda (frazema) kabi. Bular 
leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksik-frazeologik sinonimlar qatorida leksema 
dominanta sanaladi. Demak lug'aviy sinonimlar uch xil bo'ladi: 
1) leksik sinonimlar; 
2) frazeologik sinonomlar; 
3) leksik-frazeologik sinonimlar; 
2. Frazeologik antonimiya ikki iboraning o'zaro zid ma'no ifodalashidir: oshig'i olchi 
va ishi o'ngidan kelmaslik kabi. 
Antonimiya hodisasi ikki ibora o'rtasidagina emas, leksema bilan ibora o'rtasida 
ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema) - dili siyoh (ibora), landavur 
(leksema) - yulduzini benarvon uradigan (ibora) kabi. Bular bular lug'aviy 
antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug'aviy birliklar o'zaro zid 
ma'no anglatishiga ko'ra leksik antonimlar, frazeologik antonimlar va leksik-
frazeologik antonimlar kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin. (8; 222) 

Download 367.37 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iboralarning ma'no munosabatiga ko'ra turlari

Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish