• 2.2. Ozbek tilidagi inglizcha iboralarning morfologik xususiyati
  • Soz birikmasi va turgun boglanma
  • O'z va o'zlashgan qatlam iboralari




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet16/20
    Sana12.05.2023
    Hajmi367.37 Kb.
    #59041
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
    report
    O'z va o'zlashgan qatlam iboralari 
    O'zbek tili iboralari tarixan ikki qatlamga ajratish mumkin: o'z qatlam iboralari va 
    o'zlashgan qatlam iboralari. 
    1. O'z qatlam iboralari o'zbek tilining o'ziniki bo'lgan yoki umumturkiy manbaga 
    mansub iboralardir. Bunday iboralar asosida bevosita o'zbek xalqi hayotiga xos 


    voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ko'zi tort bo'lmoq (variant: ko'zi 
    to'rt bo'lmoq) - ma'nosi: “intizor bo'lmoq”; bel bog'lamoq (variant: belini 
    bog'lamoq) - ma'nosi: “shaylanmoq”. 
    2. O'zlashgan qatlam iboralari - o'zbek tiliga boshqa tillardan o'tib, o'zlashib qolgan 
    iboralar. Bunday iboralarning aksariyati kalka usulida o'zlashtirilgandir: pashshaga 
    ozor bermaslik (ruscha муxинеобидеть iborasining kalkasi) - ma'nosi: “beozor”. 
    Boshqa tillardan iboralarning o'zicha o'zlashtirilishi o'zbek tilida juda kam 
    uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut - alomati rizo (tojik tilidan) kabi. (8; 
    224) 
    2.2. 
    O'zbek tilidagi inglizcha iboralarning morfologik xususiyati 
    Ikki va undan ortiq mustaqil so'z grammatik va ma'no jihatdan birikib, so'z 
    birikmasini hosil qiladi. So'z birikmasi hokim va tobe so'zdan tuziladi. Tobe so'z 
    hokim so'zni aniqlab, to'ldirib, izohlab keladi. Turli turkum so'zlari hokim so'z 
    vazifasida kela oladi. 
    So'z birikmasi va turg'un bog'lanma 
    So'z birikmasida so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'ladi: tushuncha anglatadi
    turg'un bog'lanma (ibora)larda esa so'zlar ma'noviy butunlik uchun birlashgan - 
    yaxlitlangan bo'ladi va bir leksik ma'no anglatadi. 
    Turg'un bog'lanma (ibora)ga bir so'z sifatida qaraladi, lug'atlarda so'zlar qatorida 
    beriladi, chunki ular ham so'zlar kabi ma'no ifodalaydi. Masalan, ko'zini yog' bosgan 
    iborasi - “mag'rurlangan”, yog' tushsa yalaguday iborasi - “toza” ma'nosini beradi, 
    ammo bu ma'nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi. 
    So'z birikmalaridagi so'zlarni, erkin bog'langani uchun, almashtirish mumkin, 
    turg'un bog'lanmalardagi so'zlarni almashtirib bo'lmaydi, ular bir ma'no ifodalash 
    qonuniyati asosida turg'unlashgan, yaxlitlangan bo'ladi: bo'yniga qo'ymoq (iqror 
    qilmoq), o'pkasi yo'q (hovliqma) kabi. So'z birikmasi va turg'un bog'lanma gapda 
    o'xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin bir tushuncha, biri leksik ma'no ifodalaydi. 
    Nemis tilida ot, fel, sifat, sifatdosh, infinitiv, ravish yoki olmosh ko'pincha hokim 
    so'z bo'lib keladi hamda o'ziga xos so'z birikmasini tashkil etadi: 


    a) Otli birikma. Bu birikmada ot hokim so'zdir: das Wasser in Brunnen. 
    b) Felli birikmada hokim so'z fel sanaladi: eine Vorlesung halten. 
    c) Sifatli birikmada hokim so'z sifatdir: der Arbeit fahig. 
    d) Sifatdoshli birikmada sifatdosh hokim so'z bo'ladi: schnell schreitend. 
    e) Infinitivli birikmada hokim so'z infinitiv sanaladi: den Kranken zu besuchen. 
    f) Ravishli birikmada ravish hokim so'zdir: ziemlich oft. 
    g) Olmoshli birikmada hokim so'z bo'ladi: wir alle. 
    Ingliz tilida so'z birikmasi uchga bo'lib o'rganiladi: 
    a) Otli birikma. 
    b) Felli birikma. 
    c) Predlogli birikma. 
    Tilshunoslar M. Niyozov R. Sayfullayev, B. Mengliyev, G. Boqiyeva Z. 
    Yunusovalar fikriga ko'ra, o'zbek tilshunosligida so'z birikmasidagi hokim so'zning 
    qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo'linadi: otli so'z 
    birikmasi, felli so'z birikmasi. 
    Ba'zi bir tilshunoslar esa so'z birikmasidagi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z 
    bilan ifodalanishiga qarab, uch guruhga bo'ladilar: otli so'z birikmasi, felli so'z 
    birikmasi va boshqa turkumdagi so'z birikmalari. 

    Download 367.37 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 367.37 Kb.
    Pdf ko'rish