XULOSA.............................................................................................................. 42




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana12.05.2023
Hajmi367.37 Kb.
#59041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
report
XULOSA.............................................................................................................. 42 
ADABIYOTLAR RO'YXATI .................................................................................45
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ialom Karimovning 2012 yil 10- dekabrda 
PQ-1875 sonli “Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risi”dagi Qarori chet tili ta'limini rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh 
avlodni zamon talablariga mos yetuk mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu-
maqsadlarga yo'naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur Qarorning 
ahamiyatli jihati shundaki, unda ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tilini 
uzluksiz o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, o' qituvchilar malakasini oshirish 
hamda 
zamonaviy 
o'quv-uslubiy 
manbalar 
bilan 
ta'minlashni 
yanada 
takomillashtirish
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish, o'sib 
kelayotgan yosh avlodning chet tillariga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish va o'z 
navbatida , chet tillarida erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini 
tubdan takomillashtirish, shu bilan bir qatorda, ularning jahon sivilizatsiya yutuqlari 
hamda jahon axborot resurslaridan keng ko'lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik 
va muloqotni rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko'zda tutildi. 
Ma'lumki, ilmiy-texnika revolyutsiya jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchlari 
va ular o'rtasidagi munosabatlarga, ulardagi miqdor va sifat ko'rinishlariga ta'sir 
qilibgina qolmay, balki u hayotimizning hamma sohalarida o'zgartiruvchi faoliyat 
ko'rsatmoqda. Binobarin, bu faollikning asosiy omili, avvalo, til hisoblanadi. Chunki 
hayot va jamiyatdagi har qanday o'zgarishlar, dastlab, tilda va uning vositasida 
amalga oshadi. 
Har qanday milliy tilning lug'at tarkibi, uning jami so'z boyligi mazkur millatning 
butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. U doimo harakatda va 
o'sishda bo'ladi. Tilning rivojlanish samarasi esa, asosan ikki omilga, uning ichki va 
tashqi o'sish manbalaridan qanday foydalana bilishga bog'liq bo'ladi. 
Xalqaro aloqalarning kengaya borishi, millatlar muvaffaqiyati va yutuqlarining 
samimiy umumlashuvi, ayniqsa, fan, madaniyat, sanoat, siyosat va xalq xo'jaligi 
sohalarida ilg'or tajriba almashuvlar, dunyoning turli burchaklaridan kelgan xabar va 


ma'lumotlarni har kim o'z ona tilida qayta ishlab chiqishi kabi obyektiv va zaruriy 
omillar tillar rivojiga, ular lug'at tarkibining tashqi manbalar hisobiga boyib borishiga 
barakali ta' sir qilmoqda. 
Shu ma'noda biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda o'zbek tiliga ingliz tilidan 
kirib kelgan o'zlashma so'z va iboralarning kundalik hayotimizga kirib kelishi, 
xalqimizning 
ulardan 
o'z 
nutqida 
foydalanishi, 
mazkur 
o'zlashmalarning 
qo'llanilishiga ijobiy yondashib ulardan yangi-yangi til birliklari yasalilgani va 
yasalayotganligini tahlil qilishga harakat qildik. Bunda ishimizda asosiy aspekt 
sifatida inglizcha o'zlashmalar bilan yasalgan iboralar turdi. Zero, o'zlashmalar bilan 
qabul qiluvchi tilda muayyan iboralarning yasalishi mazkur o'zlashmaning tilga 
allaqachon singishib ketganligidan dalolat beradi. Tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, 
inventarimizda qayd qilingan 315 ta o'zlashmaning deyarli barchasi bilan o'zbek xalqi 
iboralar yasab ulgurgan. Darhaqiqat, bu o'zlashmalar o'zbek xalqi hayotining barcha 
jabhalarida uchrovchi va zarur bo'lgan, ayniqsa ijtimoiy hayotimizda kechayotgan 
yangi o'zgarishlarni nomlash va umumuloqot uchun zarur bo'lgan til birliklari edi. 

Download 367.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA.............................................................................................................. 42

Download 367.37 Kb.
Pdf ko'rish