nafaqat
ilmiy jamoatchilik, balki xalqimiz ham milliy tilimizda kechayotgan har
qanday jarayondan boxabar bo'lishi kerak. Tilning o'zlashmalar
hisobiga boyib
borishi va ular orqali yangi-yangi narsa va hodisalarni nomlanishi,
ular orqali
anglashiladigan tushuncha va tasavvurlarning aniq bo'lishi, har bir til egasi va uning
suhbati uchun ham dolzarb hisoblanadi. Til egalari o'zlashma
va iboralarni bilib
qo'llasa hayotlarida anglashilmovchilik kam bo'ladi.
Ishning yangiligi. Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi shundaki,
biz konkret
misollar yig'dik, ular asosida lug'at tuzdik va ilmiy jamoatchilik ichida birinchilardan
bo'lib, 315 ta inglizcha o'zlashma so'zni morfologik va semantik tahlil qildik.
Ishning ilmiyligi. O'zlashmalarning morfologik va semantik tahlili obro'li izohli
lug'atlar, qomuslarga suyanilgan holda qilindi. Biz tomondan chop qilingan lug'at
bilan tanishgan har bir o'quvchi o'zlashmalar borasida o'zining
ilmiy va amaliy
bilimlarini oshirishi mumkin.